xristianlik ilohiyoti va falsafasi asoslarini ishlab chiqishda beqiyos hissa
qo‘shganlar.
Xristianlik ta’limotining asoslari quyidagilardan iborat:
1)
xudoga ishonish.
Xristianlikda xudo bitta, lekin u uch qiyofalidir. U
Ota xudo, O‘g‘il xudo (Iso Masih) va Muqaddas Ruhdan iboratdir. Ota
xudo tug‘ilish yo‘li bilan paydo bo‘lmagan, uni hech kim yaratgan emas.
Olam va undagi mavjudotlar uning faoliyati mahsulidir. O‘g‘il xudo (Iso
Masih) mo‘jizali ravishda tug‘ilgan. U – xristianlikning asoschisi.
Muqaddas Ruh esa Ota xudodan paydo bo‘lgan
8
. Xristianlikdagi xudo
obrazi boshqa dinlardagi xudo obrazlaridan farq qiladi. Masalan,
Qadimgi
Gretsiya xudolari kabi shuhratparastlik, odamlar taqdiriga befarqlik, aysh-
ishratga moyillik, manmanlik, shafqatsizlik, qasoskorlik va odamlarga xos
boshqa illatlar unda yo‘q. Xudolar o‘rtasida hokimiyat uchun o‘zaro
keskin kurash ham yo‘q. Xristianlikda xudo odamlarning
aql-idroki bilan
tushunib bo‘lmaydigan tilsimot bo‘lib, u ilohiy dunyoda mavjud. Xudo
muhabbatdir. U odamlarga hech qachon yomonlik qilmaydi. Yomonlik
insonning birlamchi gunohkorligi va «noto‘g‘ri» turmush tarzining
natijasidir
9
;
2)
Iso Masihning xaloskor-messiya ekanligiga ishonish.
Xudo Adam
(Odam Ato) va Yeva (Momo Havo)larning «birlamchi gunohi»ni afv etish
va odamlarga ilohiy haqiqatni yetkazish maqsadida o‘z o‘g‘lini yer yuziga
yuborgan. Iso Masih yerdagi hayot iztiroblari va o‘limi bilan ularning
gunohlarini o‘z zimmasiga olgan. Odamlarga xalos bo‘lishning to‘g‘ri
yo‘lini ko‘rsatib, xristianlikka asos solgan;
3)
Iso Masihning qayta tirilishiga ishonish.
Iso Masih o‘ldirilganidan
keyin uch kun o‘tgach qayta tirilgan va 40
kundan keyin osmonga
ko‘tarilgan. U yer yuziga yana bir marta oxiratda Dajjol (Antixrist)ni
o‘ldirib, o‘liklar va tiriklarni so‘roq qilish va ilohiy podsholikni qurish
uchun qaytib keladi;
4)
odamning gunohkorligi va undan xalos bo‘lishiga ishonish.
Xudo
odamlarning ajdodi Adam va Yevani o‘zining jismiga o‘xshash qilib
yaratgan va ularga boqiy hayot baxshida etgan, moddiy dunyoga egalik
qilish va boshqarishni buyurgan. Jannatda yashayotgan Adam va Yeva
xudodek bo‘lishga intilib, man qilingan «donishmandlik»
daraxtining
mevasini yeganlar. Oqibatda odam boshqa jonzodlar bilmaydigan
yaxshilik va yomonlikni farqlay boshlagan, uyat nimaligini tushungan. Shu
8
:
. .
[$ ^. – ., 1983. – . 86.
9
^ _< / `. . w. ^. {. – ., 1996. – . 220.
102
bois insoniyat hayotida cheksiz muammolar paydo bo‘lgan. Xudo ularni
bu qilmishlari uchun jazolagan: birinchidan, odamlar yalpi gunohkorlikka
mahkum qilinganlar;
ikkinchidan, boqiy hayot imtiyozi bekor qilingan.
Xristianlikda birlamchi gunoh oqibatlaridan qutulish yo‘llari
ko‘rsatilgan. Bu ish bir necha bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda Iso
Masih yerga kelib, yerdagi iztiroblari va o‘limi bilan birlamchi gunohni
o‘z zimmasiga olgan. Ikkinchi bosqichda Iso Masih yerga oxiratda yana
qaytib keladi, Antixristni yengib abadiy hayot, baxt-saodat hukmron
bo‘lgan ilohiy podsholikni vujudga keltiradi.
Shu vaqtdan boshlab,
odamlarga berilgan «birlamchi gunoh» jazosi bekor qilinadi, insonlarning
baxtli va boqiy hayot davri boshlanadi;
5)
jannat va do‘zaxga ishonish.
Jannat va do‘zax – odamlarning
o‘lganidan keyin yerdagi xulq-atvorlariga ko‘ra ruhlari oxiratgacha
turadigan joy;
6)
oxiratga ishonish.
Xristianlik ta’limotiga binoan, oxirat
boshlanishidan oldin yerga Antixrist keladi va qiyomat-qoyim boshlanadi.
Oxir-oqibatda
Iso Masih yerga qaytib kelib, Antixristni yengadi. O‘lganlar
qayta tiriladi, tiriklar va o‘lganlar qayta ajrim qilinib, yangi hayot
boshlanadi;
7)
axloq qoidalarining diniy ta’limotdagi katta ahamiyati.
Xristianlik
axloqidagi ustuvor qoidalar xudoni sevish va yaqin kishiga bo‘lgan
muhabbatdir. Yaqin kishini sevish odamning o‘z yaqin qarindoshlarinigina
emas, balki u bilan bevosita muloqotda bo‘lgan odamlarni ham sevishini
bildiradi. Xudo asosiy axloqiy qadriyat sanaladi va odamlardagi
mo‘minlik,
haqiqatni izlash, rahmdillik va tinchliksevarlik fazilatlari
ulug‘lanadi.
Xristianlikda (boshqa dinlardagi kabi) diniy marosimlar va
bayramlarga alohida e’tibor beriladi. Zero, ular orqali kishilar ongida
xudoga ishonch, e’tiqod mustahkamlanadi, o‘zaro ilohiy munosabatlar
o‘rnatiladi. Kishilar ongiga hissiy-obrazli ta’sir etish bilan diniy ta’limot
mustahkamlangan va avloddan-avlodga o‘tkazib kelingan. Masalaning
murakkabligi
shundaki, xristianlikning marosim va bayramlari uzoq vaqt
davomida shakllangan va bu jarayon undagi turli yo‘nalish va oqimlarning
vujudga kelishi bilan bir vaqtda amalga oshgan. Shu bois xristianlikning
marosim va bayramlari masalasiga yo‘nalishlarini tahlil qilganda to‘xtalish
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
103