O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a a. V. Narbekov dinshunoslik asoslari toshkent



Yüklə 489,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/69
tarix24.10.2023
ölçüsü489,79 Kb.
#160199
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   69
Dinshunoslik

indulgere
marhamat qilish, shafqat qilish degan ma’nolarni anglatadi) sotishdek 
noxush hodisani vujudga keltirgan. Qayd etish joizki, XII asrgacha 
indulgensiyalar cherkovga xush keladigan ishlarni bajaruvchilarga, ya’ni 
cherkov o‘rnatgan tartiblarga qat’iy amal qilganlar, muqaddas joylarni 
ziyorat qilganlar va salib yurishlarida ishtirok etganlarga berilgan. XII 
asrdan boshlab indulgensiyani sotish tartibi joriy qilingan. Masalaning 
salbiy jihati shundaki, mulkdor kishi «kechirilmas gunohi»dan tashqari, 
barcha sodir etgan gunohlarini pul to‘lab yuvishi mumkin bo‘lgan. Hattoki 
kishi qaysi gunohi uchun qancha pul to‘lashi kerakligi to‘g‘risidagi jadval 
ishlab chiqilgan. Cherkov indulgensiyalarni sotish tartibini XIX asrgacha 
qo‘llab kelgan. 
Katolitsizmda Bibi Mariyamni ulug‘lashga katta e’tibor beriladi. 1854 
yilda papa Piy I Bibi Mariyamning ilohiy homiladorlik bilan tug‘ilganligi 
to‘g‘risidagi aqidani tasdiqlagan. Keyinchalik Bibi Mariyam xudoning 
marhamati bilan birlamchi gunoh ta’siridan himoyalanganligi e’lon 
qilingan. Keyinchalik Bibi Mariyamning vafot etganidan keyin jasadi va 
ruhi osmonga ko‘tarilib ketganligi qayd etilgan. Ushbu aqidaga asoslanib, 
1954 yilda «falakning malikasi» sharafiga bag‘ishlanuvchi diniy 
bayramning o‘tkazilishi joriy qilingan. Katoliklar Bibi Mariyamni 
avliyolar kabi ulug‘lash bilan birga xotin-qizlarning gunohlarini xudodan 
so‘rab beruvchi homiy deb biladilar. 
Katolitsizmda Rim papasi xristianlarning rahbari ekanligi to‘g‘risida 
aqida mavjud. Katoliklar o‘z e’tiqodlarini xristianlik ta’limotini to‘liq 
ifodalaydigan yo‘nalish deb biladilar. Shu bois Rim papasi Isoning yerdagi 
noibi, Rimning birinchi yepiskopi, havariy Pavelning vorisi deb tan 
olinadi. 1870 yilda Vatikanda Rim papasining benuqsonligi haqidagi aqida 
qabul qilingan. Unga binoan, papaning rasmiy chiqishlarida din va axloq 
masalalarida aytgan fikrlari benuqson yoki, boshqacha aytganda, u 
xudoning irodasini yetkazuvchi vakildir. 
Ruhoniylarning ijtimoiy ahvoli masalasida katolitsizm boshqa 
yo‘nalishlardan sezilarli darajada farqlanadi. Katolik cherkovida 
ruhoniylarning maishiy turmushida XI asrdan boshlab selebat, ya’ni rohib 
va rohibalarning turmush qurmasligi qoidasiga amal qilinadi. Ruhoniy 
106


xudo va odamlar o‘rtasidagi vositachi deb tan olinadi. Odamlarning o‘zlari 
ruhoniyning yordamisiz va murabbiyligisiz mustaqil ilohiy haqiqatga 
erisha olmaydilar deb hisoblanadi. Ular diniy tashkilot vazifasini 
bajaruvchi ordenlarga birlashganlar. Katolik cherkovida iyezuitlar (Iso 
jamiyati), fransiskanlar, salezianlar, dominikanlar, kaputsinlar, xristian 
birodarlari, benediktlar kabi katta-katta rohiblik ordenlari mavjud. Orden 
a’zolari kiyim-kechagi bilan bir-biridan farq qiladilar. 
Katoliklarning diniy marosimlarida ham xristianlikning boshqa 
yo‘nalish va oqimlaridan farqlar mavjud. Masalan, yetti sirli marosimni 
olib ko‘raylik. Cho‘qintirish sirli marosimini bajarishda rohib 
cho‘qintirilayotgan kishining ustidan suv quyadi yoki uni suvga botirib 
oladi. Miro yog‘ini surish sirli marosimi katoliklarda «konformatsiya» deb 
ataladi. Marosim kishining bolalik yoki o‘smirlik yoshida bajariladi. Non 
va vino tortish sirli marosimida pravoslaviyeda maxsus pishirilgan kulcha 
non (prosfora)dan foydalanilsa, katoliklarda kvas qo‘shib qorilgan 
xamirdan tayyorlangan quymoq shaklidagi non (prosfora) ishlatiladi. 
Umuman, katoliklarning sirli marosimlarni bajarish usullarida qisman 
tafovut bo‘lsa-da, aslida, pravoslaviyedagiga o‘xshash ekanligini qayd 
etish mumkin. 
Diniy ibodatni tashkil etishda ham bir qator o‘ziga xos jihatlar mavjud. 
Diniy marosimlarni bajarish vaqtida cherkovda dindorlar o‘tirishlari 
mumkin, faqat ayrim duolar tik turib o‘qiladi. Shuning uchun katolik 
cherkovlarida kursilar qo‘yilgan. Diniy marosimlar lotin tilida olib 
boriladi. Ularni bajarish vaqtida organ yoki dam berib chalinadigan musiqa 
asboblari (filgarmoniya)dan foydalaniladi. 
Diniy tashkilotlarni boshqarishning murakkab tizimi vujudga 
keltirilgan. Yuqorida qayd etilganidek, katoliklar Yer sharining barcha 
qit’alariga yoyilgan va xalqaro markazi Vatikanda joylashgan. Unga Rim 
papasi rahbarlik qiladi. Vatikan Rim shahrining markazida joylashgan. 
Maydoni – 44 gektar. 1929 yilda Musolini hukumati va Rim papasi Piy XI 
o‘rtasida tuzilgan Lateran shartnomasiga binoan Vatikanga shahar-davlat 
maqomi berilgan va u davlat suverenitetiga ega bo‘lgan. Har qanday 
suveren davlat kabi uning hududi, chegarasi, fuqarolari, gerbi, bayrog‘i va 
madhiyasi bor. Vatikanni dunyoning ko‘p mamlakatlari tan olgan va u 
bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan. Aksariyat xalqaro tashkilotlar, 
jumladan BMT, YUNESKO, MAGATE, Yevropa Kengashi kabilarning 
ishlarida Vatikan kuzatuvchilari ishtirok etadi. 
Rim papasini kardinallar (lotincha 

Yüklə 489,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin