foydalanar edilar. Indulgensiyalar (lotincha
ihduigehtia
– rahm-shafqat degan
ma’noni anglatadi) sotish keng qo‘llanilgan. Ruhoniylarning ma’naviy
buzuqligi, befarqligi, beg‘amligi shu darajada keng ildiz otgan ediki, cherkov
uni o‘z doktrinasida ham aks ettirishga majbur bo‘lgan. Doktrinaga binoan,
ma’naviy fazilatlaridan qat’i nazar, diniy marosimni ruhoniy bajargan bo‘lsa,
ilohiy ahamiyatini yo‘qotmagan.
Katolik cherkovidagi «nosog‘lom» munosabatlar reformatsiya
harakatining vujudga kelishida muhim bo‘lgan, lekin uning asosiy sababi
o‘z umrini yashab bo‘lgan feodal munosabatlardir. Feodal jamiyat
negizida vujudga kelib, ijtimoiy mavqeini tobora mustahkamlab borgan
burjuaziya hokimiyat uchun kurashda dastlab eski
jamiyatning mafkuraviy
tayanchi sanalgan katolik cherkovini mag‘lubiyatga uchratishi lozim
bo‘lgan.
Reformatsiya harakati dastlab Germaniyada Martin Lyuterning Rim
papasiga qarshi chiqishidan boshlangan. 1517 yil 31 oktabrda Martin
Lyuter o‘z qarashlarini 95 ta tezisda bayon etib, uni Vittenberg shahar
cherkovlaridan birining darvozasiga osib qo‘ygan. Tezislarda cherkovning
avliyolar yordamida xalos bo‘lish, a’rof, ruhoniylarning vositachilik
vazifasi haqidagi ta’limotlari tanqid qilingan. Keyinchalik Rim papasining
hokimiyati inkor qilingan. Lyuter cherkov tashkilotining iyerarxiya
prinsipi asosida tuzilishini va boshqarilishini rad etgan,
Isoning xaloskorlik
kuchiga ishonchi orqali kishi mustaqil ravishda, cherkovning vosita-
chiligisiz xalos bo‘lishi mumkinligi g‘oyasini himoya qilgan.
Martin Lyuter rohiblikni bekor qilish, diniy marosimlarni
soddalashtirish va cherkovni dunyoviy hokimiyatga bo‘ysundirish ka-
bilarni talab qilib chiqqan. Uning talablari Germaniyada endigina
shakllana boshlagan burjuaziyaning manfaatlariga mos kelgan. Shu-
ningdek, ko‘pchilik nemis knazlari va feodal guruhlarining vakillari ham
unga xayrixohlik bildirgan. Mazkur guruhlar cherkovning katta yer
maydonlariga egalik qilishi, behisob boyliklarga egaligi, german
cherkovlarining Rim papasiga katta pul mablag‘lari
ajratishi va
davlatlarning ichki ishlariga doimiy aralashuvi kabilardan norozi
bo‘lganlar.
Bir guruh lyuterchi nemis knazlarining talabi bilan Shpeyer Reyxstag
har bir nemis knazi o‘zi va fuqarosi uchun xohlagan dinni tanlash
huquqiga ega ekanligi to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Lekin Germaniyada
Rim papasiga qarshi kurash olib borishga qodir kuchli, markazlashgan
davlat yo‘q edi. Rim papasining tazyig‘i bilan 1529 yilda Reyxstag bu
122
qarorni bekor qilgan. Reyxstagning qaroriga javoban, 5 nafar nemis knazi
va 14 nafar imperiyaning shaharlari Reyxstagdagi ko‘pchilikka qarshi
norozilik (protest) bildirganlar. Mazkur voqeadan
keyin xristianlikda
reformatsiya natijasida paydo bo‘lgan yangi yo‘nalish «protestantizm» deb
atala boshlangan.
Germaniyadagi reformatsiya harakatida aholining o‘rtahol va
kambag‘al tabaqalari ham keng ko‘lamda ishtirok etgan. Ularning man-
faatlarini Tomas Myunser o‘z qarashlarida himoya qilgan. Dastlab Tomas
Myunser siyosiy faoliyatini lyuterchilar harakatida ishtirok etishdan
boshlagan. Lekin keyinchalik Lyuterning qarashlari cheklanganligi va
hukmron tabaqalarning manfaatiga xizmat qilishidan norozilik bildirib,
diniy aqidalar va ijtimoiy-siyosiy muammolar tanqidida, Lyuterdan farqli
o‘laroq, murosasizlik yo‘lini tanlagan.
Tomas Myunser diniy ta’limotga munosabat sohasida cherkov tash-
kilotlarining quyidan yuqoriga bo‘ysunishiga asoslangan boshqaruv
tartibiga qarshi chiqqan, ortodoksal diniy ta’limotlar
va yepiskoplar
hokimiyatini inkor qilgan, xudoga e’tiqod har bir kishining qalbida
tug‘ilishi kerak, deb hisoblagan. Shu bilan birga kishi Isoning ruhini
qalbida his qilsa, soxta haqiqat og‘usini tark etadi, oliy ilohiy haqiqatga
erishadi, bunga erishishdagi tenglik fuqarolarning huquqiy tengligini
bildiradi, deb ta’kidlagan. Tomas Myunser kishilarni umumiy tenglikka
asoslangan ilohiy jamiyat qurishga da’vat etgan. Tomas Myunserning
da’vati Germaniyadagi dehqonlar qo‘zg‘olonining shioriga aylangan.
Dehqonlar qo‘zg‘oloni mag‘lubiyat bilan tugagan va Tomas Myunser
asirga olinib, qatl etilgan. Uning tarafdorlari esa Yevropa davlatlariga
tarqab ketganlar.
XVI asrning birinchi yarmida reformatsiya
harakati Yevropaning
boshqa davlatlariga yoyila boshlagan. Bu harakatning yirik markazlaridan
biri Shveysariya edi. Mamlakatning Jeneva va Syurix shaharlaridagi
harakatlarga J. Kalvin va U. Svingli rahbarlik qilganlar. Shveysariyadagi
reformatsiya harakati protestantizmda yangi kalvinizm oqimini vujudga
keltirgan. Kalvinizm – burjuaziyaning katolik cherkoviga qarshi kurashi
timsoli. Oqimda umum e’tirof etgan e’tiqod ramzi yo‘q. Injil esa diniy
ta’limotning yagona manbai hisoblanadi. Taqdiri azal haqidagi ta’limot
oqimning asosiy g‘oyalaridan biridir. Kalvinning fikricha, xudo ayrim
kishilarni abadiy rohat-farog‘atda, ayrimlarni do‘zax azobida qiynalib
123
yashash uchun yaratgan. Lekin har qanday kishi azoblardan xalos bo‘lishi
mumkin, chunki xudo uni yolg‘izlatib qo‘ymaydi. Xudoning marhamati
tushgan kishi tashabbuskor bo‘lishi va abadiy rohat-farog‘atda
yashashga
loyiq ekanligini isbotlashi kerak. Bunday kishi tadbirkor va har ishda
omadli bo‘ladi. U dunyoning lazzatlaridan tiyilishi, tejamkor bo‘lishi va
kamtarona yashashi kerak.
O‘rta asrlarda diniy marosimlarda qo‘llanib kelingan ikonalar, sham
yoqish, xoch va boshqa vositalardan foydalanishdan voz kechilgan. Sirli
marosimlardan faqat ramziy ma’nodagi cho‘qintirish, non va vino
tortishdan foydalanilgan. Asosan cherkovda va’z o‘qishga katta e’tibor
berilib, marosim diniy qo‘shiqlar va xudoga sig‘inishlar bilan to‘ldirilgan.
Dindorlar jamoasini saylab qo‘yiladigan presviterlar (grekcha
Dostları ilə paylaş: