7-mavzu
ISLOM DININING YUZAGA KELISHI
VA TARQALISHI
Islom dinining vujudga kelishi. Muhammad payg‘ambar va
uning yangi dinni shakllanishidagi xizmatlari
Islom dini yuzaga kelishi jihatidan jahon dinlari ichida uchinchi
o‘rinda turadi. Islom dini Yaqin va O‘rta Sharq,
Shimoliy Afrika, Janubi-
sharqiy Osiyo, Kavkaz xalqlarining tarixida nihoyatda muhim o‘rin tutadi
va ayni vaqtda ham ularning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga katta
ta’sir o‘tkazib kelmoqda. Eron, Pokiston, Afg‘oniston, Saudiya Arabistoni,
Liviya, Tunis, Sudan singari mamlakatlarda islom rasmiy davlat dini
mavqeiga ega. MDH davlatlari
hududida Markaziy Osiyo, Shimoliy
Kavkaz, Ozarbayjon, Tatariston va Boshqirdiston xalqlari o‘zlarining
islom dinida ekanliklarini e’tirof etishadi. Hozirgi kunda turli qit’alarda
yashovchi bir milliarddan ziyod kishi irqi, millati, sinfi va tabaqaviy
farqlaridan qat’i nazar, islom dini normalari va qadriyatlari atrofida
birlashgan hamda jahon ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida salmoqli
o‘rinlardan birini egallaydi.
Islom milodiy VII asrning boshlarida Arabiston
yarimorolida paydo
bo‘lgan. Yarimorol aholisining asosiy qismini arablar tashkil etgan. Islom
vujudga kelishi arafasida arablar asosan chorvachilik bilan shug‘ullanar
edi. Arabistonning qulay geografik o‘rni (hududidan G‘arb va Sharq
davlatlarini bog‘lovchi karvon yo‘llari o‘tgan va uchta qit’ani tutashtirib
turadi) sababli, savdo-sotiq va hunarmandchilik qadimdan rivojlangan.
Iqtisodiy rivojlanish darajasi yarimorolning hududida turlicha bo‘lgan.
Uning bepoyon cho‘llarida yashagan ko‘chmanchi arablar chorvachilik
bilan shug‘ullangan. Yarimorolning shimoliy qismida Vizantiya va
Mesopotamiya kabi qadimgi madaniy markazlarning ta’siri kuchli edi.
Karvon yo‘li o‘tgan janubi-g‘arbiy qismi (Hijoz)da qadimdan savdo-sotiq,
sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik
va qisman hunarmandchilik
rivojlangan.
Milodiy I asrda Arabistonning janubi-g‘arbiy qismida shahar-davlatlar
vujudga kelgan. IV–VI asrlarda bu yerda Makka, Yasrib, Toif singari yirik
shaharlar mavjud edi. Ularda istiqomat qiluvchi arab zodagonlarining
daromadini karvon yo‘llaridan kelayotgan boj soliqlari va savdo-sotiq
tushumlari tashkil etgan. Mintaqadagi iqtisodiy jonlanish natijasida
ko‘chmanchi chorvador qabilalarda urug‘-qabilaviy
munosabatlarning
yemirilishi va davlat uyushmalarining paydo bo‘lish jarayoni kuchaygan.
127
Arabistonning qulay geografik o‘rni, karvon yo‘llari bo‘ylab boy
shahar-davlatlarning mavjudligi qudratli qo‘shni davlatlarning mintaqaga
qiziqishini kuchaytirgan. VI asrning boshlarida Arabistonning janubi-
g‘arbiy qismida joylashgan Efiopiya (Habashiston) davlati yarimorolning
karvon yo‘llari o‘tgan qismi (Hijoz)ni bosib olgan. Lekin Habashiston boy
o‘lkada mustahkam o‘rnasha olmagan. VI asrning ikkinchi yarmida Eron
Sosoniylari davlati Efiopiyani Arabistondan surib chiqargan. Arabiston
Sosoniylar davlati tarkibiga kiritilgan.
Sosoniylar hukmronligi mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy
vaziyatni
keskinlashtirgan. Bunga sabab ularning Buyuk ipak yo‘lining ahamiyatini
yanada oshirish maqsadida, Arabistondan o‘tgan janubiy karvon yo‘lini
izdan chiqarishlari bo‘lgan. Oqibatda janubiy karvon yo‘li vayron qilingan.
Karvon yo‘lidan kelayotgan daromad esa keskin kamaygan. Arabistonning
tashqi savdo aylanmasi qisqargan va xo‘jaligi inqirozga uchragan.
Arabistondagi iqtisodiy inqiroz natijasida aholining turmush darajasi
keskin pasayib ketgan va ma’naviy tushkunlik yuzaga kelgan. Qabilaviy
nizolar kuchaygan. Xalq orasida xaloskor mahdiyning kelishi to‘g‘risidagi
rivoyat tarqalgan.
Bu davr ko‘chmanchi arab qabilalari (badaviylar)ning urug‘-qabi-
lachilikdan sinfiy tuzumga o‘tish davriga to‘g‘ri kelganligi sababli vaziyat
yanada
murakkablashgan, an’anaviy turmush tarzi va normalari buzila
boshlagan. Ijtimoiy ziddiyatlar va arab qabilalarining og‘ir tanglikdan
chiqish uchun markazlashgan mustaqil davlatga birlashishga intilishi
kabilar kuchaygan. Buning uchun tarqoq arab qabilalarni birlashtiruvchi
mafkura zarur edi. Islom dini tarqoq qabilalarni birlashtiruvchi mafkura
sifatida tarix sahnasiga chiqqan.
Islomgacha Arabistonda turli xil dinlar mavjud edi. Semit qabilalari
an’analariga ko‘ra, Quyosh, Oy,
tabiatning bejilov kuchlari, turli xudolar
va ruhlarga sig‘inganlar. Har bir qabilaning o‘z xudolari, totem yoki
fetishlari mavjud bo‘lgan. Ular gohida bir-biriga qarama-qarshi edi.
Qabilaning diniy tasavvurlari faqat mazkur qabila a’zolarininggina
birligini ta’minlagan, umumarab dini esa yo‘q edi.
Ibtidoiy din shakllari va ko‘pxudolilik bilan birga yakkaxudolilikka
asoslangan din turlari ham yoyilgan. Arablar qadimdan yakkaxudolilikka
e’tiqod qilgan yahudiylar bilan yonma-yon yashaganlar. Efiopiya
Arabistonning bir qismini bosib olganidan keyin xristianlik (islomgacha
Efiopiyada davlat dini sifatida qabul qilingan) keng yoyila boshlagan.
Sosoniylar davlati Arabistonda zardushtiylikning
keng yoyilishiga shart-
128
sharoit yaratgan. Oqibatda arablar orasida ibtidoiy din shakllari bilan birga
yakkaxudolilikka sig‘inuvchilarning ham soni ortib borgan.
VI asrda Janubiy Arabistonda haniflar (arabchada – chinakam e’tiqod
qiluvchilar, taqvodorlar degan ma’nolarni anglatadi), ya’ni yakka
xudolikka da’vat etuvchilar harakati keng yoyilgan. Ularni «haniflar» deb
atalganligining sababi hozirgacha aniq emas. Ayrim manbalarda harakat
ishtirokchilarining ko‘pchiligi «banu hanifa» urug‘idan chiqqanligi bois
shunday nom berilganligi qayd etiladi. Ular sanamlar, fetishlar va turli
xudolarga sig‘inishni qoralab, yagona xudoga sig‘inishni da’vat qilganlar.
Ayrim haniflar o‘z xudolarini «Olloh» (arabchada –
Dostları ilə paylaş: