exarchos
– boshliq, rahbar degan ma’nolarni anglatadi,
cherkovlar okrugi, bir necha yeparxiyalardan tashkil topadi) va 76 ta
yeparxiya (cherkov ma’muriy-hududiy birlashmasi)ga bo‘linadi.
Boshlang‘ich tashkilotlar «qavmlar» deb ataladi. Qavmlar quyi ma’muriy-
hududiy cherkov tashkilotidir. Ular cherkov va unda faoliyat yurituvchi
ruhoniylardan va shu hududda istiqomat qiladigan dindorlar jamoasidan
tashkil topgan. Dindorlar jamoasi cherkov kengashi va taftish
komissiyasini saylaydi. Taftish komissiyasi ijroiya organi hisoblanadi,
118
ya’ni cherkovning xo‘jalik va moliyaviy ishlarini boshqaradi. Rohiblar
ijroiya organining ishlariga aralashmaydilar, ular dindorlarning diniy
ehtiyojlarni ta’minlash, ibodat qilish, diniy marosimlarni bajarish kabi
vazifalar bilan shug‘ullanadilar.
Rus pravoslav cherkovi ham (boshqa cherkovlardagi kabi) diniy
mazhablarga bo‘linadi. XVII asrning o‘rtalarida jamiyatning inqirozi
hamda bir qator obyektiv va subyektiv sabablar tufayli Rus pravoslav
cherkovida bo‘linish yuz bergan, staroobryadchilik (eski e’tiqod
tarafdorlari) diniy-ijtimoiy harakati vujudga kelgan. Cherkovdagi
bo‘linishga patriarx Nikon (1605–1681)ning diniy islohotlari bahona
bo‘lgan. Uning tashabbusi bilan ilgari rus tiliga tarjima qilingan diniy
kitoblar bilan grek tilidagi asl nusxalar o‘rtasidagi tafovutlarni bartaraf
etish ishlari olib borilgan. Cherkovda diniy marosimlarni bajarishning
yagona tartibi joriy qilingan. Nikonning islohotlari diniy ta’limot asos-
lariga ta’sir etmagan. Masalan, islohotlar natijasida «Isus» so‘zi «Iisus»
deb aytiladigan bo‘lgan, «pevs=» so‘zi «pesnopevs=» bilan
almashtirilgan. Dindorlarning diniy marosimlar vaqtidagi harakatlarining
yo‘nalishi o‘zgartirilgan. Yergacha ta’zim qilish, bel barobar ta’zim qilish
bilan almashtirilgan va hokazo. Ko‘rinishidan jiddiy bo‘lmagan
o‘zgarishlar jamiyatda og‘ir oqibatlarni keltirib chiqargan: diniy islohotlar
mafkuraviy, ijtimoiy-siyosiy muammoga aylangan. Jamiyatda «Eski
e’tiqod» tarafdorlari harakati vujudga kelgan. Harakat ishtirokchilari Rus
pravoslav cherkovining betakror ahamiyatga egaligi va boshqa
cherkovlardan, jumladan unga asos solgan Konstantinopoldan ham
ustunligi g‘oyasi ilgari surilgan. Diniy marosimlar va udumlarda milliy
xususiyatlarni saqlab qolish talab qilingan. Cherkov islohotlar mu-
xoliflariga qarshi qat’iy kurash olib borgan. Staroobryadchilar «murtad»
deb e’lon qilingan. Butun mamlakat bo‘ylab qatag‘onlar, quvg‘inlar
boshlangan, minglab kishilar qatl etilganlar, qiynoqqa duchor qilinganlar,
qamoqqa tashlanganlar, surgun qilinganlar.
Hukumat va rasmiy cherkovning staroobryadchilikka qarshi keskin
tadbirlari harakatni yo‘q qila olmagan. Staroobryadchilar mamlakatning
chekka o‘lkalariga qochib ketib, eski diniy e’tiqodlarini saqlab qolganlar.
Ular davlat hokimiyatini iblisning gumashtalari deb hisoblaganlar va
dunyoviy hayot bilan har qanday aloqalarni inkor etganlar. Hanuzgacha
ularda diniy marosimlar eski diniy kitoblar asosida bajariladi, yil hisobi
islohotlar davridagi eski taqvim asosida olib boriladi.
Davlat hokimiyatining va rasmiy cherkovning staroobryadchilikka
qarshi keskin kurashi ta’sirida uning saflarida turli yo‘nalishlar vujudga
119
kelgan. XVII asrning oxirlarida «popchilar» va «popchilikni inkor
qiluvchilar» yo‘nalishlari paydo bo‘lgan. «Popchilar» diniy udum va
marosimlar poplarning rahbarligida bajarilishi kerak, deb hisoblaydilar.
«Popchilikni inkor qiluvchilar» «haqiqiy» poplarni iblisning gumashtalari
yo‘q qilgan deb, ularni inkor qiladilar.
1971 yilda o‘tkazilgan Rus pravoslav cherkovining Pomestye soborida
staroobryadchilikni dindan chiqqanlar (anafema) oqimi ekanligi
to‘g‘risidagi qaror bekor qilingan. Rus pravoslav cherkovidagi bo‘linishni
bartaraf etish uchun qulay shart-sharoit vujudga kelgan, lekin muxolif
kuchlarning o‘zaro birlashuvi amalga oshmagan. Hozir ham mustaqil
staroobryadchilik cherkovlari saqlanib qolgan.
Pravoslaviyening ijtimoiy doktrinasi tarixiy davrlarning ijtimoiy-
siyosiy shart-sharoitlari ta’sirida o‘zgarib borgan. Cherkov jamiyatda
ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlash, ijtimoiy adolat va madaniy
taraqqiyotga xizmat qilish bilan birga hukmron ijtimoiy-siyosiy tuzum va
u olib borgan krepostniklik, mustamlakachilik va ekspluatatsiya
siyosatlarini himoya qilib kelgan. Shu bilan birga kapitalistik taraqqiyot
davridagi ijtimoiy-siyosiy tuzum oqlangan va uni «umumxristianlik
qadriyatlari»ning oliy darajadagi timsoli ekanligi qayd etilgan.
Kishilarning turmush sharoitini yanada yaxshilash uchun kapitalizmni
«xristianlashtirish» yo‘li bilan «sog‘lomlashtirish» taklif etilgan.
Sobiq sotsialistik davlatlarda faoliyat ko‘rsatgan pravoslav cherkovlar
doimo mehnatkash xalq manfaatlarini himoya qilganligini isbotlashga
intilgan. Cherkovning har doim ijtimoiy tengsizlikka, kishining kishi
tomonidan ekspluatatsiya qilinishi, qullik, zulm, mustamlakachilik va
ekspansionizmlarga qarshi turganligi ko‘pchilikka ma’lum.
Pravoslaviyening katolitsizmdan farqli o‘laroq, dunyoviy hokimiyat
bilan raqobatlashish imkoniyatlari cheklangan edi. Ko‘pchilik mustaqil
cherkovlar bevosita siyosiy hokimiyatga bo‘ysundirilgan. Shunday
vaziyatda cherkovlarning ijtimoiy-siyosiy tuzumga nisbatan murosa
yo‘lidan borganligi sababini tushunish mumkin. Sovet tuzumining barham
topishi natijasida demokratik taraqqiyot yo‘lidan borayotgan yangi
davlatlarning vujudga kelishi diniy tashkilotlarning erkin faoliyat
ko‘rsatishiga imkon berdi. Cherkov jamiyatda insonparvarlik, adolat,
mehr-oqibat, o‘zgalar fikriga hurmat kabi umuminsoniy qadriyatlarni qaror
toptirishda boshqa dunyoviy tashkilotlar va muassasalar bilan faol
hamkorlik qilmoqda, xalqaro munosabatlarda tinchlikni saqlab qolish va
mustahkamlash, keskinlikni yumshatish, mintaqaviy mojarolarni tinch yo‘l
120
bilan hal etish uchun xalqaro terrorizm va ekstremizmning har qanday
ko‘rinishlariga qarshi kurashmoqda.
Pravoslav cherkovining Markaziy osiyodagi faoliyati uzoq o‘t-
mishimiz bilan bog‘liq. 2001 yilda O‘rta Osiyo pravoslav cherkovi
yeparxiyasi tashkil etilganligining 127 yilligi nishonlandi. Bu yerda
faoliyat ko‘rsatayotgan diniy konfessiyalar qatorida pravoslav cherkovi
islom dinidan keyingi o‘rinda turadi. Barcha konfessiyalar kabi pravoslav
cherkovi ham mintaqada tinchlik, barqarorlik, milliy totuvlik, diniy
bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat va hamkorlik muhitini shakllantirishda faol
ishtirok etmoqda.
Dostları ilə paylaş: |