qo‘yib bajaradi. Marosim davomida rohiblikka
qabul qilinayotgan kishiga
sirli ravishda xudoning marhamati o‘tadi hamda u xudo va odamlar
o‘rtasida vositachilik qilish huquqiga ega bo‘ladi, deb hisoblanadi.
Pravoslaviyeda, sirli marosimlar bilan birga, ibodat qilish, xoch,
butlar, tabarruk narsalar, shahidlar va avliyolarga sig‘inish kabi
marosimlar mavjud.
Ibodat qilish
– dindorning yoki dindorlar guruhining xudoga,
avliyolarga iltimos, shikoyat
yoki minnatdorchilik bildirib, bevosita
murojaat qilishi. Bunda kishi tanasining holatiga alohida e’tibor beriladi,
chunki ibodatning turiga yoki mazmuniga ko‘ra, kishining tiz cho‘kishi,
qo‘llarini ko‘targan holatda yoki ko‘zini yumib turishi talab qilinadi.
Pravoslav cherkovida, odatda, ibodat tik turib bajarilishi sababli
dindorlarning o‘tirishlari uchun kursilar qo‘yilmaydi.
Xochga sig‘inish
– Iso Masihning xochga mixlab qo‘yilishi bilan
bog‘liq marosim. U xristianlikning timsoli hisoblanadi.
Bu pra-
voslaviyening eng muhim elementlaridan biri bo‘lib, diniy rivoyatlarda
yozilishicha, Iso Masihning qoni to‘kilganligi sababli, xoch ilohiy kuchga
ega bo‘lgan. U odamlarni yovuz kuchlardan saqlaydi. Xoch to‘rt burchakli,
olti burchakli (Isoning boshidan balandroq qilib xochga yozuv taxtachasi
qoqib qo‘yilganligi sababli), sakkiz burchakli (Isoning oyog‘i bilan
tayanishi uchun xochga taxtacha qoqib qo‘yilganligi sababli)
shakllarda
tasvirlanadi. Xochning barcha shakllaridan keng foydalaniladi va ular bir
xil ahamiyatga ega.
Butlarga sig‘inish
– pravoslaviye marosimlarining muhim
elementlaridan biri. Butlarda Ota xudo, O‘g‘il xudo, Muqaddas Ruh,
Muqaddas uchlik, Bibi Mariyam, avliyolarning va yevangeliyalar mual-
liflarining tasvirlari chizilgan yoki o‘yib ishlangan bo‘ladi.
Diniy
rivoyatlarga ko‘ra, xristianlar butlarda tasvirlangan personajlarga sig‘inishi
yoki ular bilan bevosita muloqot qilishi mumkin. Butlar ilohiy kuchga ega
bo‘lib, odamlarga kundalik muammolarini hal qilishlarida ko‘maklashadi.
Pravoslaviyeda Bibi Mariyamning tasviri chizilgan butlar alohida
ulug‘lanadi. Diniy rivoyatlarda yozilishicha, butlar tirik mavjudotlar kabi
xislatlarga ega. Ular odamlar singari ko‘radi, eshitadi, og‘riqni sezadi,
iztirob chekadi,
ucha oladi, suvda suzadi va qo‘yilgan joyidan ketib qolishi
mumkin. Butlardagi personajlar turli qiyofalarda tasvirlanadi. Masalan, Iso
Masih VII asrgacha qo‘y yoki baliq qiyofasida, Muqaddas Ruh kabutar
ko‘rinishida, havariylar: Luka – buqa, Ioann – burgut singari qiyofalarda
tasvirlangan. Personajlar qiyofalarida milliylik belgilari mavjud.
115