O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a a. V. Narbekov dinshunoslik asoslari toshkent


Nazorat uchun savollar va topshiriqlar



Yüklə 489,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/69
tarix24.10.2023
ölçüsü489,79 Kb.
#160199
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   69
Dinshunoslik

Nazorat uchun savollar va topshiriqlar 
1. Xristianlikning vujudga kelishi sabablari nimalardan iborat? 
2. Xristianlik ta’limotining asoslarini aniqlang. 
3. Xristianlikning 
muqaddas 
rivoyatlariga qaysi manbalarni 
kiritishimiz mumkin? 
4. Xristianlikning ulug‘ bayramlarini sanab bering.
5. Qachon va nima sababdan xristianlikda bo‘linish vujudga kelgan?
6. Katolitsizmning xususiyatlari nimalardan iborat?
7. Katolitsizmda cherkovlarni boshqarishning o‘ziga xos xususiyati 
nimalardan iborat? 
8. Protestantizmning katolitsizmdan farqlarini aniqlang? 
9. Pravoslaviyeda nima sababdan avtokefal cherkovlar yuzaga kelgan? 
10. Protestantizm qachon va qanday sabablarga ko‘ra vujudga kelgan? 
11. Protestantizmning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlang. 
126


7-mavzu 
ISLOM DININING YUZAGA KELISHI
VA TARQALISHI 
Islom dinining vujudga kelishi. Muhammad payg‘ambar va 
uning yangi dinni shakllanishidagi xizmatlari 
Islom dini yuzaga kelishi jihatidan jahon dinlari ichida uchinchi 
o‘rinda turadi. Islom dini Yaqin va O‘rta Sharq, Shimoliy Afrika, Janubi-
sharqiy Osiyo, Kavkaz xalqlarining tarixida nihoyatda muhim o‘rin tutadi 
va ayni vaqtda ham ularning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga katta 
ta’sir o‘tkazib kelmoqda. Eron, Pokiston, Afg‘oniston, Saudiya Arabistoni, 
Liviya, Tunis, Sudan singari mamlakatlarda islom rasmiy davlat dini 
mavqeiga ega. MDH davlatlari hududida Markaziy Osiyo, Shimoliy 
Kavkaz, Ozarbayjon, Tatariston va Boshqirdiston xalqlari o‘zlarining 
islom dinida ekanliklarini e’tirof etishadi. Hozirgi kunda turli qit’alarda 
yashovchi bir milliarddan ziyod kishi irqi, millati, sinfi va tabaqaviy 
farqlaridan qat’i nazar, islom dini normalari va qadriyatlari atrofida 
birlashgan hamda jahon ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida salmoqli 
o‘rinlardan birini egallaydi. 
Islom milodiy VII asrning boshlarida Arabiston yarimorolida paydo 
bo‘lgan. Yarimorol aholisining asosiy qismini arablar tashkil etgan. Islom 
vujudga kelishi arafasida arablar asosan chorvachilik bilan shug‘ullanar 
edi. Arabistonning qulay geografik o‘rni (hududidan G‘arb va Sharq 
davlatlarini bog‘lovchi karvon yo‘llari o‘tgan va uchta qit’ani tutashtirib 
turadi) sababli, savdo-sotiq va hunarmandchilik qadimdan rivojlangan. 
Iqtisodiy rivojlanish darajasi yarimorolning hududida turlicha bo‘lgan. 
Uning bepoyon cho‘llarida yashagan ko‘chmanchi arablar chorvachilik 
bilan shug‘ullangan. Yarimorolning shimoliy qismida Vizantiya va 
Mesopotamiya kabi qadimgi madaniy markazlarning ta’siri kuchli edi. 
Karvon yo‘li o‘tgan janubi-g‘arbiy qismi (Hijoz)da qadimdan savdo-sotiq, 
sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik va qisman hunarmandchilik 
rivojlangan. 
Milodiy I asrda Arabistonning janubi-g‘arbiy qismida shahar-davlatlar 
vujudga kelgan. IV–VI asrlarda bu yerda Makka, Yasrib, Toif singari yirik 
shaharlar mavjud edi. Ularda istiqomat qiluvchi arab zodagonlarining 
daromadini karvon yo‘llaridan kelayotgan boj soliqlari va savdo-sotiq 
tushumlari tashkil etgan. Mintaqadagi iqtisodiy jonlanish natijasida 
ko‘chmanchi chorvador qabilalarda urug‘-qabilaviy munosabatlarning 
yemirilishi va davlat uyushmalarining paydo bo‘lish jarayoni kuchaygan. 
127


Arabistonning qulay geografik o‘rni, karvon yo‘llari bo‘ylab boy 
shahar-davlatlarning mavjudligi qudratli qo‘shni davlatlarning mintaqaga 
qiziqishini kuchaytirgan. VI asrning boshlarida Arabistonning janubi-
g‘arbiy qismida joylashgan Efiopiya (Habashiston) davlati yarimorolning 
karvon yo‘llari o‘tgan qismi (Hijoz)ni bosib olgan. Lekin Habashiston boy 
o‘lkada mustahkam o‘rnasha olmagan. VI asrning ikkinchi yarmida Eron 
Sosoniylari davlati Efiopiyani Arabistondan surib chiqargan. Arabiston 
Sosoniylar davlati tarkibiga kiritilgan.
Sosoniylar hukmronligi mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni 
keskinlashtirgan. Bunga sabab ularning Buyuk ipak yo‘lining ahamiyatini 
yanada oshirish maqsadida, Arabistondan o‘tgan janubiy karvon yo‘lini 
izdan chiqarishlari bo‘lgan. Oqibatda janubiy karvon yo‘li vayron qilingan. 
Karvon yo‘lidan kelayotgan daromad esa keskin kamaygan. Arabistonning 
tashqi savdo aylanmasi qisqargan va xo‘jaligi inqirozga uchragan. 
Arabistondagi iqtisodiy inqiroz natijasida aholining turmush darajasi 
keskin pasayib ketgan va ma’naviy tushkunlik yuzaga kelgan. Qabilaviy 
nizolar kuchaygan. Xalq orasida xaloskor mahdiyning kelishi to‘g‘risidagi 
rivoyat tarqalgan.
Bu davr ko‘chmanchi arab qabilalari (badaviylar)ning urug‘-qabi-
lachilikdan sinfiy tuzumga o‘tish davriga to‘g‘ri kelganligi sababli vaziyat 
yanada murakkablashgan, an’anaviy turmush tarzi va normalari buzila 
boshlagan. Ijtimoiy ziddiyatlar va arab qabilalarining og‘ir tanglikdan 
chiqish uchun markazlashgan mustaqil davlatga birlashishga intilishi 
kabilar kuchaygan. Buning uchun tarqoq arab qabilalarni birlashtiruvchi 
mafkura zarur edi. Islom dini tarqoq qabilalarni birlashtiruvchi mafkura 
sifatida tarix sahnasiga chiqqan. 
Islomgacha Arabistonda turli xil dinlar mavjud edi. Semit qabilalari 
an’analariga ko‘ra, Quyosh, Oy, tabiatning bejilov kuchlari, turli xudolar 
va ruhlarga sig‘inganlar. Har bir qabilaning o‘z xudolari, totem yoki 
fetishlari mavjud bo‘lgan. Ular gohida bir-biriga qarama-qarshi edi. 
Qabilaning diniy tasavvurlari faqat mazkur qabila a’zolarininggina 
birligini ta’minlagan, umumarab dini esa yo‘q edi. 
Ibtidoiy din shakllari va ko‘pxudolilik bilan birga yakkaxudolilikka 
asoslangan din turlari ham yoyilgan. Arablar qadimdan yakkaxudolilikka 
e’tiqod qilgan yahudiylar bilan yonma-yon yashaganlar. Efiopiya 
Arabistonning bir qismini bosib olganidan keyin xristianlik (islomgacha 
Efiopiyada davlat dini sifatida qabul qilingan) keng yoyila boshlagan. 
Sosoniylar davlati Arabistonda zardushtiylikning keng yoyilishiga shart-
128


sharoit yaratgan. Oqibatda arablar orasida ibtidoiy din shakllari bilan birga 
yakkaxudolilikka sig‘inuvchilarning ham soni ortib borgan. 
VI asrda Janubiy Arabistonda haniflar (arabchada – chinakam e’tiqod 
qiluvchilar, taqvodorlar degan ma’nolarni anglatadi), ya’ni yakka 
xudolikka da’vat etuvchilar harakati keng yoyilgan. Ularni «haniflar» deb 
atalganligining sababi hozirgacha aniq emas. Ayrim manbalarda harakat 
ishtirokchilarining ko‘pchiligi «banu hanifa» urug‘idan chiqqanligi bois 
shunday nom berilganligi qayd etiladi. Ular sanamlar, fetishlar va turli 
xudolarga sig‘inishni qoralab, yagona xudoga sig‘inishni da’vat qilganlar. 
Ayrim haniflar o‘z xudolarini «Olloh» (arabchada – 

Yüklə 489,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin