imom Muhammad Mahdiy (Olloh yo‘liga yetaklaydigan kishi) 873 yilda
tug‘ilgan. U yoshlik chog‘ida bedarak yo‘qolgan.
Diniy ta’limotda shialar Qur’oni karim Ollohning kalomi ekanligini
tan
oladilar, lekin xalifa Usmon uni o‘z manfaatiga moslashtirib, xalifa
Alining hokimiyatni egallashiga oid bitta surani chiqarib tashlagan, deb
hisoblaydilar. Shu bilan birga qur’onning haqiqiy nusxasini qiyomat kuni
o‘n ikkinchi imom Yerga olib kelishi haqidagi aqida qabul qilingan.
Shialar, sunniylardan farqli o‘laroq, Muhammad payg‘ambar bilan
bog‘liq hadislarni tan olmaydilar. Ular xalifa Ali va uning avlodlari bilan
bog‘liq maxsus hadislar to‘plamini tuzganlar va u «Axbor» deb nomlanadi.
Shu bilan birga, shialar iymonda beshta aqida (Ollohning yagonaligi,
adolat, oxirat va o‘lgandan keyin qayta tirilish, payg‘ambarlik, imomat)ni
tan oladilar.
Shialikda diniy ta’limot bilan birga urf-odat
va marosimlarda ham
farqlar mavjud. Masalan, ular Makka va Madinadan tashqari Karbalo va
Najaf shaharlarini ziyorat qiladilar. Xalifa Alining avlodi bo‘lgan o‘n ikki
imomning jabrdiyda va din yo‘lida shahid bo‘lganlar sifatida qabrlari
muqaddaslashtirilgan. Imom Husaynga motam tutadilar. Bu «shaxsey-
vaxsey» marosimi deb ataladi.
Shialikning asosiy mazhablari quyidagilardan iborat:
1) alaviylar mazhabiga
IX asrda Ibn Nusayr asos solgan. Shu bois
mazhab
asoschisining nomi bilan
nusayriylar
deb ham ataladi. Mazhab
a’zolari xalifa Alining shaxsini ilohiylashtiradilar va uni xudo kabi
ulug‘laydilar. Alaviylar ta’limotida xristianlik aqidalari, oy va
yoritqichlarga sig‘inish, ruhning ko‘chib yurishiga
ishonish kabi qarashlar
mujassamlashgan. Odamlarning ruhlari dastlab yulduzlar bo‘lgan. Ali
ularni odamlarning jismiga joylagan. Taqvodor odamlarning ruhlari vafot
etganlaridan keyin yana qayta yulduzlarga aylanadi. Gunohga botgan
odamlarning ruhlari hayvonlar jismiga ko‘chadi. Alaviylar mazhabiga
mansub kishilar namoz, ro‘za va boshqa
islom marosimlarini
bajarmaydilar va rasmiy diniy oqimlar tomonidan ta’qib qilinganligi
sababli o‘z e’tiqodlarini sir tutadilar;
Dostları ilə paylaş: