hokimiyatini tan oladilar va o‘n ikkinchi imom – Muhammad Mahdiyning
qiyomat kunida qaytib kelishiga ishonmaydilar avliyolar va mozorlarga
sig‘inishni, zohidlikni inkor qiladilar;
3)
ismoiliylar mazhabi
VIII asrning o‘rtalaridan shakllana boshlagan
va IX asrning oxirlariga kelib mustaqil diniy mazhabga aylangan. Bunga
shialarning oltinchi imomi – Jafar as-Sodiqning katta o‘g‘li Ismoil
(ichkilik va maishatga berilganligi uchun taxt vorisligidan mahrum
qilingan) asos solgan. Diniy-falsafiy ta’limot
tizimi neoplatonizm,
neopifagorizm, xristian gnostisizmi kabilar ta’sirida shakllangan. Ta’limot
zohiriy (tashqi) va botiniy (ichki) qismlarga bo‘linadi. Zohiriy qismi
shialarning umumiy qarashlaridan deyarli farqlanmaydi. U maxfiy
ta’limotdan bexabar bo‘lgan ismoiliylar ommasiga mo‘ljallangan. Botiniy
ta’limotda xudodan keyingi yettita quyi pog‘ona ajratiladi. Yettinchi
pog‘onani
kamolotga erishgan inson, ya’ni payg‘ambar tashkil etadi.
Kamolotga erishgan inson o‘zida «olamiy aql»ni aks ettirgan notiq bo‘lib,
xudo ta’limotini kishilarga yetkazadi. Ismoiliylar mazhabidan keyinchalik
turli yo‘nalishlar ajralib chiqqan.
4)
ja’fariy mazhabi
shialikning diniy-huquqiy tizimi bo‘lib, o‘n
ikkinchi imomga e’tiqod qiluvchi imomiylarning asosiy oqimini tashkil
etadi. Mazhabning asoschisi sifatida oltinchi imom – Ja’far as-Sodiq (700–
765) qabul qilingan bo‘lsa-da, aslida uning shakllanishida imom ishtirok
etmagan. IX–X asrlarda bir qator mujtahid
va ilohiyotchilar tomonidan
mazhab ta’limoti ishlab chiqilgan.
Shialik hozir Eron Islom Respublikasi, Iroq va Yamanda keng tarqalgan.
Shia yo‘nalishiga mansub ayrim guruhlar Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston,
Suriya, Livan, Misr kabi davlatlarda ham uchraydi. Ma’lum miqdorda shia
yo‘nalishidagi
musulmonlar Ozarbayjon, Tojikiston va Markaziy Osiyoning
ayrim hududlarida uchraydi.
Islomdagi eng yirik yo‘nalish sunniylikdir. Sunniylar o‘zlarini asl islom
an’analari tarafdorlari deb hisoblaydilar. Sunniylik ortodoksal (grekchada –
dindor, e’tiqodli, ya’ni, biron-bir ta’limotga, yo‘nalishga, dinga og‘ishmay
amal qiluvchi degan ma’nolarni anglatadi) islom yo‘nalishidir. Yo‘nalish
islomning Muhammad payg‘ambar davrida vujudga kelgan ta’limotini tan
oladi. Sunnat islomning ikkinchi manbai sifatida qabul qilingan va unda
an’anaviy diniy marosimlar, maishiy turmush
hamda ijtimoiy hayot
qoidalariga amal qilinadi.
Sunniylikda islomning muqaddas manbalarini ijtimoiy hayotda
qo‘llashga munosabat masalasida quyidagi mazhablar mavjud:
146
1) hanafiya mazhabiga
Imom Abu Hanifa (Imom A’zam) asos solgan.
Mazhabning mafkurasi islom aqidalarini ijtimoiy hayotga tatbiq etishda
ijodiy yondashuvga asoslanadi va bunda qiyos (arabchada – solishtirish,
taqqoslash, o‘xshatish degan ma’nolarni anglatadi) qoidalarini qo‘llash
bilan musulmon jamoasi yoki davlat manfaatlariga ko‘proq
mos keluvchi
yechimni tanlashga intiladi. Hanafiya mazhabiga sunniylarning 1/3 e’tiqod
qiladilar;
2) molikiya mazhabiga
Malik ibn Onas (713–795) asos solgan va
Muhammad alayhissalom hayotligi davrida vujudga keltirilgan diniy-
huquqiy tartibotga asoslanadi. Molikiya mazhabi Qur’on va sunnatni aqlga
asoslanib (ratsional) talqin
qilishga qarshilik qilsa ham, qiyosni ijtimoiy
hayotda qo‘llashni to‘liq inkor etmaydi. Hozirda ushbu mazhabning Tunis,
Jazoir, Marokash singari davlatlarda tarafdorlari bor;
Dostları ilə paylaş: