O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a a. V. Narbekov dinshunoslik asoslari toshkent



Yüklə 489,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/69
tarix24.10.2023
ölçüsü489,79 Kb.
#160199
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   69
Dinshunoslik

Ro‘za hayit 
(arabchada – 
Iyd al-fitr
) Ramazon oyining tugaganligi 
sharafiga o‘tkaziladigan musulmonlar bayrami. U 3 kun davom etadi. 
Bayram namozgohda ertalab namoz o‘qish, o‘lganlarni yod olib xudoyi, 
duoi fotiha qilish, yo‘qsillarga sadaqa berish bilan boshlanadi. Barcha 
musulmonlar Ro‘za hayiti kunlari xursandchilik qiladilar, bir-birlariga 
sovg‘alar in’om qiladilar.
Qurbon hayit 
– musulmonlarning Olloh yo‘lida muayyan jonzodlarni 
qurbonlik qilish kuni. U ro‘za hayitidan 70 kun o‘tganidan so‘ng 
nishonlanadi. Qurbon hayitning mohiyati shundaki, diniy rivoyatlarga 
ko‘ra, Ibrohim payg‘ambar o‘zining chin e’tiqodini isbotlash uchun o‘g‘li 
Ismoilni Olloh yo‘lida qurbon qilmoqchi bo‘lganda, xudo uni to‘xtatib 
139


qo‘y so‘yishga buyurgan. Islomda qurbonlik haj marosimining majburiy 
elementlaridan biriga aylangan. Rivoyatlarga ko‘ra, marhum narigi 
dunyoda qurbon qilingan jonivor tufayli Sirotdan (jannat ko‘prigi) oson 
o‘tishi mumkin. Agar musulmon kishi qurbonlik qilmasa, ko‘prikdan 
o‘tishi murakkablashadi va ko‘prik ostidagi do‘zaxga qulab tushishi 
mumkin. Qurbon hayit katta xursandchilik bilan nishonlanadi, bayram 
munosabati bilan ajoyib taomlar tayyorlanadi, ertalab masjidda hayit 
namozi o‘qiladi, musulmonlar o‘z ajdodlarining qabrlarini ziyorat qila-
dilar, kambag‘allarga sadaqalar ulashiladi. Muqaddas joylar, sajdagohlar 
va masjidlarga xudo yo‘lida ehson berish udumlari amalga oshiriladi. 
Me’roj 
– Muhammadning mo‘jizaviy ravishda Buroqda Makkadan 
Quddusga va undan osmonga – Olloh oldiga qilgan safar kuni. 
Muhammad Olloh bilan suhbatda 99 mingta so‘z aytgan. Bu safar 
shunchalik tez bo‘lganki, u qaytib kelganida hali yotgan o‘rni sovimagan, 
ag‘darilgan ko‘zadagi suv hali to‘kilib ulgurmagan. Muhammadning tungi 
parvozi xotirasiga bag‘ishlab har yili rajab oyi (qamariy taqvim bo‘yicha 
yettinchi oy)ning 27-kunida bayram o‘tkaziladi. 
Mavlud 
(arabchada – tug‘ilish, payg‘ambarning tug‘ilgan kuni degan 
ma’nolarni anglatadi) – Muhammadning tug‘ilgan kuni bayrami. Bu kun 
masjidlarda marosimlar o‘tkaziladi, ularda payg‘ambar sha’niga 
madhiyalardan iborat she’rlar o‘qiladi, ruhoniylar va’zxonlik qiladilar, 
yo‘qsillarga sadaqa beriladi. Islom davlat dini sifatida tan olingan 
mamlakatlarda Muhammad payg‘ambarning tavallud ayyomi dam olish 
kuni deb e’lon qilinadi.
Juma 
(
arabchada – jamlik, jam bo‘lish degan ma’nolarni anglatadi) – 
musulmonlarning dam olish kuni. Musulmonlar namozgohda peshinni 
o‘qish va xutba (arabchada – targ‘ibot, nutq degan ma’nolarni anglatadi) 
eshitish uchun to‘planadilar. Odamlar bu kunda bayramona liboslarini 
kiyadilar, mazali taomlar tayyorlaydilar, mehmondorchilikka boradilar.
Islomda diniy targ‘ibot markazi, diniy marosimlarni bajarish joyi 
machit (masjid) hisoblanadi. Sharqda masjidlar azaldan diniy ta’lim 
maskani va madaniy markaz vazifasini bajarib kelgan. Masjidlarda diniy 
marosimlarni bajarish bilan birga yangiliklarni eshitish, kundalik ishlarni 
hal etish mumkin bo‘lgan. Musulmon ruhoniy (mulla)lari maktablarda 
o‘g‘il bolalarga ilohiyotdan dars berganlar. Ayrim yirik machitlar qoshida 
madrasalar tashkil etilgan.
Musulmonlar yagona ummani (arabchada – ma’lum dinga e’tiqod 
qiluvchilar jamoasi degan ma’noni anglatadi) tashkil etadilar. Umma diniy 
jamoalarga bo‘linadi. Diniy jamoaga imom (arabchada – oldinda turuvchi 
degan ma’noni anglatadi) va mulla (arabchada – yaqinlashgan, yaqin odam 
140


degan ma’nolarni anglatadi) rahbarlik qiladilar. Yirik machitlarda 
ruhoniylar jamoasiga muftiy (arabchada – fatvo beruvchi, diniy 
masalalarda qaror chiqaruvchi degan ma’noni anglatadi) rahbarlik qiladi. 
Mulla unvoniga musulmon jamoasi vakillari orasidan maxsus ma’lumotga 
ega yoki diniy marosimlarni bajarish malakasiga ega nomzodlar 
saylanadilar. Islom davlat dini sifatida tan olingan mamlakatlarda muftilik 
lavozimiga nomzod tayinlanadi. Islom davlat dini maqomiga ega 
bo‘lmagan mamlakatlarda esa muftilar ruhoniylar va mutavalliyat 
vakillarining qurultoyida saylanadilar.
Islom diniy tizimining muhim tarkibiy qismlaridan biri 
shariat 
(arabchada – to‘g‘ri yo‘l, ilohiy yo‘l, qonun degan ma’nolarni anglatadi) 
hisoblanadi. Shariat musulmonlarning ijtimoiy va shaxsiy hayotini tartibga 
soladigan axloqiy, huquqiy va madaniy normalar to‘plamidir. Uning 
normalari islom yuzaga kelganidan keyingi ikki asr davomida ishlab 
chiqilgan. Ularga asos qilib Qur’oni karim va sunnat, keyinchalik ijmo va 
qiyos olingan. Shariat musulmonning xatti-harakatlarini besh toifa 
(kategoriya)ga ajratadi. Bular: farz – bajarilishi qat’iyan majburiy 
hisoblangan xatti-harakatlar; mandub (sunnat) – amalga oshirilishi majburiy 
emas, lekin ma’qul, lozim deb hisoblanuvchi normalar; muboh – bajarilishi 
ixtiyoriy normalar; makruh – amalga oshirilishi noma’qul sanaluvchi 
normalar; harom – qat’iy ravishda taqiqlangan xatti-harakatlar. 
Islom jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hisoblanuvchi oilaga katta e’tibor 
beradi. Ayollar taqvodorligi – islom e’tiqodining yuzaga kelishi va 
mustahkamlashning asosiy omillaridan biri. Dindor ayol, birinchi galda ona, 
ya’ni oilada islom an’analari saqlanishining posbonidir. Onaning bolalar bilan 
uzviy aloqasi islomiy an’analarning avlodlar o‘rtasida vorisligini ta’minlaydi, 
islom qadriyatlarining tarixan saqlanib qolishi va mustahkamlanishiga xizmat 
qiladi. 
Islom dinida oila-nikoh munosabatlari ham alohida o‘rin tutadi. 
Islomda uch xil nikoh: doimiy, vaqtinchalik va kanizaklar bilan bo‘ladigan 
nikohlar tan olinadi. Hozirgi zamonda doimiy nikoh udumi saqlanib 
qolgan. Vaqtinchalik nikoh deyarli uchramaydi, faqat hozirgi Eron Islom 
Respublikasining shia mazhabiga mansub musulmonlar yashaydigan ayrim 
hududlaridagina saqlanib qolgan. Islom nikohsizlikka va e’tiqodiga ko‘ra 
uylanmaslikka qaror qilgan ruhoniylarga salbiy munosabat bildiradi.
Islomda ajralish, ya’ni er-xotinning nikohdan chiqishi sod-
dalashtirilgan va rasmiyatchiliklarga e’tibor berilmagan. Masalan, er 
xotiniga taloq e’lon qilishi mumkin. 
Islomda, bundan tashqari, bir qator boshqa cheklashlar ham mavjud. 
Masalan, savdo-moliya munosabatlarida zo‘rlab tortib olingan narsalar 
141


bilan savdo-sotiq qilish, sotuvchining o‘z mulki bo‘lmagan tovarlar bilan 
savdo qilishi, qarz berish evaziga daromad olish (sudxo‘rlik) kabilar harom 
hisoblanadi. 
Islom dini oziq-ovqat masalasida ham o‘ziga xos cheklashlarni targ‘ib 
qiladi. Jumladan, cho‘chqa go‘shti, spirtli ichimliklar va o‘limtik 
narsalarni iste’mol qilish man etiladi. 
Bunday cheklashlarning ildizi juda qadimga borib taqaladi. Masalan, 
cho‘chqa go‘shtini iste’mol qilishni man etish Qadimgi Misrda va 
yahudiylar orasida keng tarqalgan. 
Islom dinida ortiqcha zeb-ziynatga berilish, masalan, tilla va kumush 
taqinchoqlarni haddan ziyod ko‘p taqish qoralanadi. Bunday taqinchoqlar 
jamoa nochor qatlamlarining hasad qilishi va g‘azablanishiga olib keladi, 
deb hisoblanadi. 
Xulosa qilib aytganda, islom e’tiqodi asoslari mustahkam va serqirra 
hayotiy voqealarga tayanadi. Islom dinining deyarli bir yarim ming yil 
mobaynida yashab kelayotganligi va barhayotligining sababi ham shunda. 

Yüklə 489,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin