O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a a. V. Narbekov dinshunoslik asoslari toshkent


Nazorat uchun savollar va topshiriqlar



Yüklə 489,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/69
tarix24.10.2023
ölçüsü489,79 Kb.
#160199
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   69
Dinshunoslik

Nazorat uchun savollar va topshiriqlar 
1. Islomning vujudga kelishi sabablarini tahlil qiling. 
2. Arabiston yarim orolining aholisi islomgacha qaysi dinga e’tiqod 
qilgan? 
3. Hanafiylar harakati qanday g‘oyaga asoslangan? 
4. Muhammad alayhissalomning Makka shahridagi da’vatlarining 
muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlanishi sababini ko‘rsating. 
5. Nima uchun Yasrib shahri aholisi Muhammad alayhissalomning 
da’vatlarini qabul qilgan? 
6. Qur’oni karim ilmiy ahamiyati haqida fikr yuriting. 
7. Qur’oni karim suralariga xos xususiyatlar nimalardan iborat? 
8. Islom iymoni aqidalari deganda nimani tushunasiz? 
9. Islom arkonlariga nimalar kiradi?
10. Islomning asosiy bayramlarini izohlang.
8-mavzu 
ISLOM DINING YO‘NALISHLARI, OQIMLARI VA DINIY 
HUQUQIY MAKTABLARI 
Islomdagi yo‘nalish va oqimlarning mohiyati va xususiyatlari 
Din kishilarning ma’naviyati, qadriyatlari, yashash mazmuni, ruhiyati 
bilan bog‘liq masalalar va ijtimoiy-siyosiy hayotni ifodalaydi. Ijtimoiy 
hayot maqsad va manfaatlari xilma-xil guruhlardan tashkil topadi. Din 
142


mazkur jarayonlarga tortilar ekan, undan ushbu guruhlarning manfaatlarini 
muayyan darajada aks ettirish talab qilinadi. Bundan tashqari, ijtimoiy 
hayot doimo o‘zgarib turadi. Uning tarkibiy qismi bo‘lmish din ham unda 
yuz berayotgan jarayonlarni hisobga olishi lozim. Aks holda u ijtimoiy 
taraqqiyotga to‘sqinlik qiluvchi voqelikka aylanib qoladi. 
Islom vujudga kelgan ilk davrlarda yo‘nalish, oqim va mazhablarga 
bo‘linmagan. Undagi dastlabki bo‘linish VII asrning o‘rtalarida turli 
guruhlarning siyosiy hokimiyat uchun o‘zaro kurashlari natijasida paydo 
bo‘lgan. Siyosatdagi ixtiloflar keyinchalik diniy ta’limot sohasiga ham 
ko‘chirilgan. 
Islomda, umuman, har qanday dinda bo‘linish sabablari o‘zaro bog‘liq 
bo‘lgan turli jarayonlar ta’siridan paydo bo‘ladi. Bunday jarayonlar 
sabablari quyidagilardan iborat: 
1) diniy aqidalarning barqarorligi yoki kam o‘zgaruvchanligi sababli 
ijtimoiy taraqqiyotdan ortda qolish natijasida yuzaga keluvchi ziddiyatlar 
ta’siri; 
2) din va ruhoniylarning ijtimoiy-siyosiy hayotda ishtirok etishlari 
zarurati; 
3) diniy ta’limotning turli millatlar va elatlarning madaniyati, urf-
odatlari va an’analariga moslashishi; 
4) diniy ta’limotga munosabat va uning talqinidagi tafovutlar. 
Yuqoridagi kabi ta’sirlar oqibatida har qanday dinda bo‘linish 
(yo‘nalish, oqim va mazhablar) vujudga keladi. Lekin dinlarning ijtimoiy 
hayotdagi o‘rni va ahamiyatini undagi bo‘linishning qanchalik xilma-xil 
ekanligidan kelib chiqib baholash xatodir. Dindagi qarashlar xilma-xilligi 
uning jamiyatdagi ildizini mustahkamlaydi, mavjud muammolarning hal 
etilishida to‘g‘ri yo‘lni tanlash imkoniyatini kuchaytiradi. 
Islomda dastlab xorijiylar (arabchada – chiqish, qarshi turish degan 
ma’nolarni anglatadi) yo‘nalishi vujudga kelgan. Uning a’zolari xalifa 
Alining Suriya noibi Muoviyaning hokimiyat uchun ochiq kurashiga 
qarshi murosachiligi va qat’iyatsizligidan norozi guruhlardan iborat 
bo‘lgan. Ular Alining siyosatiga norozilik bildirib Kufa shahridan Xarura 
qishlog‘iga ketib qolgan. Shuning uchun ba’zi ilk manbalarda yo‘nalishni 
xaruriylar deb ham yuritiladi. 
Xorijiylar dastlab siyosiy talablar bilan chiqqanlar. Ayniqsa, 
musulmonlarning irqi va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar tengligini 
e’tirof etilgan. Xalifa lavozimiga ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, 
mas’uliyatni anglagan va davlatni boshqarish iqtidoriga ega nomzod 
143


saylangan. Agar xalifa jamoa manfaatini himoya qilmasa, egallab turgan 
lavozimidan bo‘shatilgan yoki qatl qilingan. 
Vaqt o‘tishi bilan ilohiyotga e’tiqod va amal aqidalarini kiritish taklif 
etilgan. Unga binoan, xudoga e’tiqod amaliy faoliyat bilan 
mustahkamlanishi, musulmon kishi vijdon amri bilan ish tutishi, diniy 
tartibga nafaqat so‘zda, balki amalda ham rioya etishi lozim. Diniy tartibni 
bajarmagan kishilar shafqatsiz jazolanganlar. Islom musulmonlarni 
kamtarona yashashga da’vat etadi va unda o‘yin-kulgu, musiqa, 
mayxo‘rlik va boylikka hirs qo‘yish kabilar qoralanadi. 
Xorijiylar yo‘nalishida quyidagi asosiy guruhlar mavjud: 

Yüklə 489,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin