farzlar ishlab chiqilgan. Ularni bajarmaganlar
islomdan chiqqan deb
hisoblanadi. Farzlarning eng asosiysi «islom arkonlari» deb ataladi va
quyidagilardan iborat:
Kalima keltirish
–
«Ashhadu an la iloha illollohu va ashhadu anna
Muhammadan abduhu va rasuluh», ya’ni «Ollohdan o‘zga iloh yo‘qligiga
va Muhammad uning bandasi va payg‘ambari ekanligiga shohidlik
beraman» demak. Kalima keltirgan kishi islomni qabul qiladi, Ollohga
bo‘ysunadi va farzlarni bajarish mas’uliyatini oladi.
Namoz
kuniga besh vaqt o‘qiladi, undan
faqat bemorlar va yosh
bolalar ozod qilinadilar. Musulmonlar erta tongda, tushda, tushdan so‘ng,
kun botishdan va uyqudan avval namoz o‘qishlari kerak. Namozdan oldin,
albatta, tahorat (poklanish) marosimiga amal qilinadi. Agar suv bo‘lmasa,
hatto tuproq bilan ham tahorat qilishga ijozat beriladi. Musulmonlar o‘z
turmush tashvishlari bilan namoz vaqtini unutmasliklari uchun masjidlarda
baland minoralar quriladi va u yerdan turib masjid muazzin (so‘fi)lari
baland ovoz bilan musulmonlarni namoz o‘qish vaqti haqida xabardor
qiladilar.
Ro‘za.
Islom dinida faqat bitta shunday cheklash mavjud. Bir oy
davomida musulmon kishi erta tongdan kechgacha taom yemasligi, suv
ichmasligi, ishrat qilmasligi lozim. Faqat qorong‘i tushishi bilan me’yorida
taom yeyishga ruxsat beriladi. Islomda bir yil 354
kundan iborat
bo‘lganligi uchun ramazon (ro‘za) oyining vaqti doimo o‘zgarib turadi. U
qahraton qishga ham, yozgi jazirama kunlarga ham to‘g‘ri kelishi mumkin.
Ramazon oyida mehnat qilish odatdagidek kechadi. Ro‘zani sababsiz
buzgan kishi farzga amal qilmagan deb hisoblanadi. Ro‘za tutishdan
maqsad musulmonlar irodasini chiniqtirishdir. Shuningdek, ro‘za
odamlarning ma’naviyatini yuksaltiradi. Ro‘za vaqtida musulmonlar bir-
birlariga yaxshi niyat tilaydilar, o‘zaro
munosabatlarda yomonliklar,
janjallar unutiladi va odamlar gaplashganda yomon (qo‘pol) so‘zlarni
ishlatishdan o‘zlarini tiyishga harakat qiladilar.
Zakot.
Har bir mulkdor musulmon yilda bir marta kambag‘al, beva-
bechora, nochorlar uchun yillik daromadining bir qismini berishi shart. Bu
islomga e’tiqod qiluvchi mulkdor musulmonlar uchun majburiy amal
sanaladi. Zakot islom davlatlarida muntazam ravishda yilning oxirida
olinadi. Uning miqdori pul daromadining ulushi 1/40 (2,5 %)ga teng.
Dunyoviy davlatlarda musulmonlarning ayrim qismi zakotni masjidlarga
ixtiyoriy xayr-ehson sifatida beradilar. Majburiy bo‘lmagan yana bir vazifa
– sadaqa. U odatda ixtiyoriy ravishda kambag‘allar, yetimxonalar,
masjidlar va moddiy yordamga muhtoj kishilarga beriladi. Sadaqa o‘ziga
to‘q musulmonlar uchun taskin topish,
qoniqish hissi bilan birga, beva-
138
bechora, kambag‘allar jamoasining hayot kechirishini ta’minlashga xizmat
qiladi.
Haj.
Shariatga binoan, har bir musulmonning hayotda aqalli bir marta
Makka shahrining muqaddas yerlarini hamda xudoga sig‘inishi va Ka’bani
ziyorat qilishi. Ziyorat quyidagi talablarni bajarishni taqozo etadi: Ka’bani
yetti marta aylanish, qora toshni o‘pish, Safa va Marva tepaliklari o‘rtasida
tez yurish, Zamzam muqaddas qudug‘idan suv ichish, Arafot tog‘i yonida
turish, Mino vodiysida shaytonga tosh otish, Ollohga
qurbonlik qilish kabi
marosimlar shular jumlasidandir. Kim haj qilsa, «hoji» unvoniga ega
bo‘ladi va uning oq salla o‘rab yurishiga ruxsat etiladi.
Musulmon ruhoniylari yuqorida bayon etilgan beshta asosiy farzdan
tashqari, yana bir farz – jihod (g‘azovot)ni tashviq qiladilar. Qur’onda bu
haqda birmuncha aniq ma’lumot berilgan. Yilda sakkiz oy (to‘rt oy qon
to‘kish taqiqlangan oylar hisoblanadi) yomonlikka, dushman kuchlariga
qarshi yoki dinni kuch yordamida yoyish (bu masalada
musulmonlarning
qarashlari bir-biridan keskin farq qiladi) uchun kurashish muqaddas ish
deb baholanadi. Muhammad payg‘ambar o‘gitlariga ko‘ra, «ulug‘ jihod»
bu musulmonning e’tiqodi va gunohlariga tavba-tazarru qilish ehtiyoji
o‘rtasidagi ma’naviy kurash bo‘lsa, «qurolli kurash» din yo‘lidagi odatiy
harakatdir.
Islom aqidalariga ko‘ra, muqaddas jihodda ishtirok etish, hatto halok
bo‘lish kishini gunohlardan forig‘ qiladi va shahidning jannatdan o‘rin
olishida buning ahamiyati kata hisoblanadi. Aytish joizki,
jihod tarzida
nafaqat bosqinchilik urushlari, balki milliy ozodlik kurashlari ham olib
boriladi (masalan, XX asrda bu shior ostida qator milliy-ozodlik kurashlari
bo‘lib o‘tgan).
Islomda diniy bayramlarga alohida e’tibor beriladi. Ular qatorida eng
katta e’tiborga ega bo‘lganlari Ro‘za hayit, Qurbon hayit, Me’roj, Mavlud
bayramlaridir.
Dostları ilə paylaş: