O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a a. V. Narbekov dinshunoslik asoslari toshkent



Yüklə 489,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/69
tarix24.10.2023
ölçüsü489,79 Kb.
#160199
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   69
Dinshunoslik

Ahmad Yassaviy (1005–1166)
tariqati turkiyzabon xalqlar madaniyati 
tarixida katta o‘rin tutadi. Tasavvufdagi barcha yirik tariqatlarda 
bo‘lganidek, yassaviya ta’limoti quyidagi qoidalarga amal qilishga 
asoslangan: 
1) murid hech kimsani o‘z piridan afzal ko‘rmasligi, unga doimo 
taslimiyot izhor qilmog‘i lozim;
2) murid shunchalik zukko va idrokli bo‘lishi kerakki, to o‘z 
shayxining rumuz va ishoralarini mukammal anglay olsin;
3) shayxning barcha akvoli (so‘zlari) va af’oli (ishlari)ga murid sodiq 
bo‘lib, unga mutlaqo mute va mu’taqid bo‘lmog‘i lozim;
4) o‘z murshidi (piri)ning barcha topshiriqlarini chustu choloklik 
(chaqqonlik) ila sidqidildan bajarib, uni hamisha rozi qilib yurmog‘i zarur. 
Chunki rizoi Olloh uning (ya’ni shayxning) izmidadir; 
5) murid o‘z so‘ziga sodiq, va’dasiga vafoli bo‘lib, murshidi ko‘nglida 
hech qanday shak-shubha tug‘dirmasligi zarur;
6) murid o‘z va’dasiga vafodor, so‘zida ustuvor turmog‘i lozim;
7) murid o‘z ixtiyoridagi barcha mol-mulkini, butun bor-yo‘g‘ini o‘z 
shayxiga nisor etmoq uchun doimo tayyor turmog‘i lozim;
8) murid o‘z murshidining barcha sir-asrorlaridan ogoh bo‘lib, uning 
ifshosini hech vaqt xayoliga keltirmasligi kerak; 
12
: $ <% / ! . . | . – 
1999. – >. 134.
154


9) murid o‘z shayxining barcha takliflarini nazarda tutib, uning 
mushkulotini oson qilmog‘i, pandu nasihatlarini bajo keltirmog‘i shart; 
10) murid xudo visoli uchun o‘z shayxi yo‘lida butun molu jonini 
nisor etmoqqa tayyor turishi, uning do‘stiga do‘st, dushmaniga dushman 
bo‘lib yashamog‘i shart
13

Ahmad Yassaviy o‘z tariqatini she’riy uslubda «Hikmat» nomli asarida 
bayon etgan. Yassaviy ta’limoti kishilar o‘rtasida poklik, halollik, to‘g‘rilik, 
mehr-shafqat, o‘z qo‘lining kuchi va peshona teri bilan hayot kechirish orqali 
Olloh visoliga yetish mumkin, degan g‘oyani olg‘a surgan. Yassaviya 
ta’limoti ba’zi kishilarning mol-dunyoga hirs qo‘yishini qoralaydi, 
kamtarlikka, g‘aribparvarlikka da’vat qiladi. Shunday qilib, Ahmad Yassaviy 
Markaziy Osiyoda ilk tasavvuf ilmiga asos solgan, islom dinining 
taraqqiyotiga hissa qo‘shgan. 
Islom dini taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan yana bir vatandoshimiz 
Xorazmning Xivaq shahrida dunyoga kelgan 
Najmiddin Kubro (1145–1221)
hisoblanadi. Islomshunoslik ilmida uning ta’limoti kubraviya tariqati nomi 
bilan mashhurdir. Yoshligidan ilmga chanqoq Najmiddin Misr, Eron va 
Sharqning boshqa mamlakatlarida tahsil olgan. Uning islom diniga qo‘shgan 
hissasi shundaki, zikrni ovoz chiqarmasdan (xufiya) ijro etish usulini 
kiritgan. Kubraviya tariqati hadis va shariatga asoslanadi. Bu ta’limotga 
ko‘ra, inson o‘z mohiyat-e’tibori bilan kichik olamni tashkil etadi va katta 
dunyo bo‘lmish koinotdagi barcha narsalarni o‘zida mujassamlashtiradi. 
Ilohiy sifatlar yuqori samoviy doiralarda birin-ketin o‘ziga xos maqomlarda 
joylashtirilgani sababli, haqiqat yo‘lini qidiruvchilar bunday yuksaklarga 
ko‘tarilib, ilohiy sifatlarga ega bo‘lish, ya’ni kamolotga erishish uchun, 
ma’lum riyozatli yo‘llarni bosib o‘tishlari zarur. Buning uchun quyidagi 
o‘nta asosga tayanmoq lozim: tavba, zuhd fi-dunyo, tavakkal, qanoat, uzlat, 
mulozamat az-zikr, tavajjuh, sabr, muroqaba va rizo. 
Ushbu o‘nta talabning qisqacha mohiyati shundaki, kishi bu dunyo 
lazzatlari va mol-dunyoga hirs qo‘yishdan o‘zini tiyishi, sabr-qanoatli bo‘lishi, 
o‘zligidan kechib, xudoga muhabbat qo‘yishi, unga cheksiz ishonishi lozim. 
Najmiddin Kubrodan qator asarlar meros qolgan. Masalan, «Favo‘ix al-jamol 
va favotix al-jalol», «Al-usul al-ashara», «Risolat al-xo‘if al-xa’im min 
laumon al-la’im» kabilar shular jumlasidan. Uning yana bir asari – «Risolatun 
odob ul-zokirin» («Zikr aytuvchilar odobi haqida risola») fors tilida bizgacha 
yetib kelgan bo‘lib, hozir O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 
Sharqshunoslik institutining kutubxonasida saqlanmoqda. 
13
\ . – >. 136.
155


Najmiddin Kubro tariqati Movarounnahr, Xuroson, Hindiston va 
boshqa musulmon xalqlari orasida keng tarqalgan. Uning ta’limoti asosida 
kubraviya maktabi vujudga kelgan va deyarli XV asrgacha tasavvuf 
ta’limotini ifodalovchi asosiy yo‘nalishlardan biri bo‘lgan. 
Najmiddin Kubro Urganch shahrini mo‘g‘ul bosqinchlaridan himoya 
qilishda shiddatli jangda shahid bo‘lgan. O‘shanda u 70 yoshda bo‘lgan. 
Uzoq vaqt mobaynida mo‘g‘ul mustamlakachiligiga qarshi olib 
borilgan kurashlar XIV asrning ikkinchi yarmiga kelib Markaziy Osiyoda 
sohibqiron Amir Temur boshchiligidagi mustaqillik uchun urushlar 
g‘alabasi va Movarounnahrda yagona davlat barpo etilishi bilan 
yakunlangan. Islom dini bu davrda Amir Temur va temuriylar siyosatida, 
mamlakatdagi ma’naviy birlik, madaniy yuksalish, adolat o‘rnatish va 
saqlash ishiga qaratilgan. Islom dini asosida shakllangan tasavvuf, ayniqsa, 
naqshbandiya o‘sha davr ma’naviyatining g‘oyaviy asosi bo‘lib xizmat 
qilgan. Naqshbandiya islomga tayangan holda insonning axloqiy poklik
mehnat va bilim egallashiga keng yo‘l ochib beruvchi g‘oyalarni targ‘ib 
qilib, ma’naviy-ijtimoiy hayotda katta ijobiy ahamiyatga ega bo‘lgan. 
Bahovuddin Naqshband, Yoqub Charxiy, Xo‘ja Muhammad Porso, Xo‘ja 
Akrom kabi naqshbandiya nazariyotchilari shu davrda yashab ijod 
etganlar. 
Markaziy Osiyoda XIV asrda tasavvuf ilmi sohasida vujudga kelgan 
tariqat 
Xoja Muhammad Bahovuddin Naqshband (1318–1389) 
nomi bilan 
bog‘liqdir. Bahovuddin Naqshband 1318 yilda Buxoro yonidagi Qasri 
Hinduvon qishlog‘ida tug‘ilgan (keyinchalik Naqshband sharofati bilan 
Qasri Orifon deb atala boshlangan). 
Naqshband ta’limoti asosida ixtiyoriy faqirlik yotadi. Atoqli 
sharqshunos olim YE. E. Bertelsning yozishicha, u umr bo‘yi dehqonchilik 
bilan kun kechirgan va o‘z qishlog‘idagi uncha katta bo‘lmagan yeriga 
bug‘doy va mosh eksa-da, uyida hech qanday mol-dunyo va boylik 
saqlamagan. Naqshband bo‘yra ustida yotib kun kechirgan va butun umrini 
o‘z ixtiyori bilan faqirlikda, yo‘qchilikda o‘tkazgan. Naqshband 
tariqatining asl aqidasi – «dil ba yoru, dast ba kor», ya’ni «doimo 
ko‘ngling Ollohda, qo‘ling esa ishda bo‘lsin», degan g‘oyani olg‘a suradi. 
Naqshbandiya ta’limoti XV asrda Afg‘oniston, Eron, Hindiston singari 
musulmon mamlakatlarida keng tarqalgan. Bu ta’limot tarafdorlari 
asketizm (tarkidunyochilik)ga, boy-zodagonlarning zulmi va istibdodiga 
qarshi bo‘lganlar, faqat o‘z qo‘l kuchi, peshona teri bilan halol mehnat 
qilib kun kechirishga kishilarni chaqirganlar. Ular shu bilan birga savdo-
sotiq, dehqonchilik, hunarmandchilik, badiiy adabiyot, musiqa, ilm-
156


ma’rifat, xattotlik, naqqoshlik, miniaturachilik, quruvchilik kabi barcha 
foydali va xayrli yumushlar bilan shug‘ullanishga da’vat etganlar. 
Xoja Bahovuddin Naqshbandni Markaziy Osiyo xalqlari juda yuksak 
qadrlaydilar. 1993 yilda mamlakatimizda Bahovuddin Naqshband 
tavalludining 675 yilligi keng nishonlanganligi bejiz emas. Naqshbandning 
nafaqat diniy, balki dunyoviy hunarlarni ham egallashga da’vat etganligi 
mustaqilligimiz taqozo etgan xalq bunyodkorligiga g‘oyaviy madad 
bo‘ladi. Shu bois xalqimiz tasavvuf ilmining darg‘alaridan biri bo‘lmish 
Xoja Bahovuddin Naqshband ta’limotiga asrlar osha yana murojaat qilishi 
tabiiydir. Zero, tarixiy xotirasiz kelajak bo‘lmaydi. 

Yüklə 489,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin