O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a a. V. Narbekov dinshunoslik asoslari toshkent



Yüklə 489,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/69
tarix24.10.2023
ölçüsü489,79 Kb.
#160199
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   69
Dinshunoslik

Islom ta’limoti 
Qur’on va sunnatning mazmuni oddiy mehnatkash xalq vakillariga 
tushunarli bo‘lmaganligi sababli, ularni islom olamida ziyolilar, ruhoniylar 
va huquqshunoslar qunt bilan o‘rganar va tafsir qilar edilar. Keng 
musulmon ommasi uchun esa qator asosiy tamoyillarni o‘z ichiga olgan 
«E’tiqod ramzi» yaratilgan. Bu tamoyillar quyidagilardan iborat: 
1) 
Ollohga ishonish.
Har bir musulmon (arabchada – bo‘yin eguvchi, 
itoatkor degan ma’nolarni anglatadi) yagona Ollohni tan olishi va uning 
irodasiga bo‘ysunishi shart; 
2) 
Ollohning farishtalariga ishonish.
Musulmon kishi farishtalar 
(arabchada – malak, maloika) va yovuz kuchlar (jinlar) mavjudligiga 
ishonishi lozim. Ularning barchasi Olloh tomonidan yaratilgan bo‘lib, 
uning irodasini ifoda etuvchi jismsiz mavjudotlardir. Xudoga eng yaqin 
bo‘lgan farishtalar zimmasiga turli vazifalar yuklatilgan bo‘lib, Jabroil – 
Ollohning hukmini kishilarga yetkazuvchi, Mikoil – koinotni 
boshqaruvchi, Isrofil – maxsus shoxdan yasalgan karnayni chalib qiyomat 
kuni haqida xabar beruvchi, Azroil – jon oluvchi farishta vazifasini 
bajaradi. Shuningdek, o‘lganlarni qabrda dastlabki so‘roq qiluvchi 
farishtalar – Munkar va Nakir, jannatning qo‘riqchisi – Ridvon, 
do‘zaxning qo‘riqchisi – Malik ham xudoning yaqin yordamchilari 
vazifasini bajaradilar. Olloh irodasiga bo‘ysunishni istamagan yana bir 
farishta mavjud bo‘lib, uning nomi Shayton (Iblis)dir. Shayton odamlarni 
gunohga yetaklaydi. Qudratli Olloh bu farishtani jilovlab, bo‘ysundirib 
olishga qodir, biroq u ataylab Iblisgaga erkinlik berganki, bundan maqsad 
islomga e’tiqod etuvchi musulmonlarning irodasini, islom diniga bo‘lgan 
muhabbati va izchilligini sinash hisoblanadi. Bu farishta oxirzamonga 
qadar erkin bo‘ladi;
136


3) 
Ollohning kitoblariga ishonish.
Musulmonlar Qur’onni abadiy va 
odamlar tomonidan yaratilmagan deb hisoblaydilar. Islomda Olloh 
muqaddas ta’limotini Muhammaddan oldin Muso (Moisey) va Iso 
(Iisus)larga vahiy qilgan. Tavrot, Injil va Zabur (Psaltir – qadimgi yahudiy 
dinining duolar to‘plami) kabi muqaddas bitiklar Qur’ondan oldin 
yuborilgan manbalardir. Shuning uchun ham islom boshqa dinlar 
ta’limotiga o‘xshaydi. Qur’on muqaddas bitiklarning eng so‘nggisidir. 
Qur’ondagi har bir ibora muqaddas hisoblanadi, u xudo tomonidan vahiy 
qilingan va unga shak keltirish mumkin emas; 
4) 
Ollohning payg‘ambarlariga ishonish.
Payg‘ambarlar ilohiy 
haqiqatni bandalarga yetkazadilar, ularni va’z, nasihat bilan haq dinga va 
yaxshi ishlarga chaqiradilar. Qur’onda 25 nafar payg‘ambarning ismlari 
qayd etilgan, biroq musulmonlar Muhammadni barcha payg‘ambarning 
payg‘ambari, deb hisoblaydilar. Payg‘ambarlar ikki turga bo‘linadilar: 
rasullar va nabiylar. Olloh alohida kitob va shariat bergan payg‘ambarlar 
«Rasul» deb ataladilar. Olloh alohida kitob va shariat ato etmagan, lekin 
rasulga berilgan kitob va shariat asosida ish qilishga buyurilgan 
payg‘ambarlar «nabiylar»deb ataladi. Rasullar nabiy bo‘lishi mumkin, 
lekin nabiylar rasul bo‘laolmaydilar. 
5) 
oxirat kuniga ishonish.
Oxiratda (arabchada – oxirgi kun, dunyo-
ning tugash kuni degan ma’nolarni anglatadi) Olloh va u xohlaganidan 
boshqa hech narsa qolmaydigan kun. Uning qachon bo‘lishini faqat Olloh 
biladi. Oxirat kunida Yerdagi hayot tugaydi. Ollohning qudrati bilan 
o‘lganlar qayta tiriladilar va bir joyda – Mahshar yerida to‘planadilar; 
6) 
islom e’tiqodini qabul qiluvchi har bir kishi o‘z taqdirining Olloh 
tomonidan oldindan belgilab qo‘yilgani (taqdiri azal)ga ishonishi lozim.
Qur’onda yozilishicha, «Olloh kimni hidoyat qilishni istasa, uning 
ko‘nglini islom uchun keng qilib qo‘yar. Kimni adashtirishni istasa, uning 
ko‘nglini «tor va tang qilib qo‘yar»
10
. Ollohning irodasiga musulmonlar 
so‘zsiz itoat etishlari shart;
7) 

Yüklə 489,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin