O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a a. V. Narbekov dinshunoslik asoslari toshkent



Yüklə 489,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/69
tarix24.10.2023
ölçüsü489,79 Kb.
#160199
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   69
Dinshunoslik

Katoliklar va pravoslavlarning
o‘ziga xos jihatlari 
Milodiy 329 yilda xristianlik Rimda davlat dini sifatida tan olingan. 
Xristianlikning davlat diniga aylanishi munosabati bilan jamiyatdagi 
ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy mavqei o‘zgargan, cherkovning mulkdorlar 
sinfi vakillari manfaatlari va mavjud ijtimoiy-siyosiy tuzumni himoya 
qilish vazifalari ustunlik qila boshlagan. Davlat hokimiyati cherkovning 
aholi o‘rtasidagi ta’sirini hisobga olgan holda, provinsiya (viloyat)larda 
ruhoniylarning yeparxiyalarini (grekcha 
eparchia
– rahbariyat, hokimiyat 
degan ma’nolarni anglatadi), ya’ni cherkov ma’muriy okruglarini tashkil 
etgan. Yeparxiyalarga arxiyepiskop (grekcha 
episkopos
– nozir, nazoratchi 
degan ma’nolarni anglatadi) rahbarlik qilgan. 
Xristianlik davlatni mustahkamlashga xizmat qilish bilan birga 
hokimiyat va boylik uchun kurash jarayoniga tortilgan. O‘sha davrda Rim 
davlatining zaiflashuvi cherkovning bu kurashdagi imkoniyatini yanada 
mustahkamlagan. Zero, kuchli markazlashgan davlat parchalanishi 
natijasida paydo bo‘lgan kichik davlatlar cherkov kabi ittifoqchiga muhtoj 
edi. Aholining madadiga tayangan cherkov mavjud imkoniyatdan unumli 
foydalangan va siyosiy hokimiyat uchun kurashda faol ishtirok etgan. Bu 
kurashda Rim va Vizantiya xristian cherkovining yirik markaziga 
aylangan. Quddus, Aleksandriya, Antioxiya (Suriya, Arabiston, Kipr 
kabilarni birlashtirgan mustaqil pravoslav cherkovi) va boshqa 
yeparxiyalar ularga bo‘ysundirilgan. 
Rim yeparxiyasi xristian cherkovining eng qudratli tashkilotlaridan 
biri bo‘lgan. G‘arbiy Rim imperiyasi ag‘darilganidan keyin (476 yil) uning 
hududida kichik davlatlar vujudga kelishi natijasida Rim yeparxiyasining 
qudrati yanada ortgan. Rimda hokimiyat yepiskopning qo‘liga o‘tgan. 
Keyinchalik Rim yepiskopi papa (lotincha 
papa
– ota, ustoz, murabbiy 
degan ma’nolarni anglatadi) unvonini olgan. VIII asrning ikkinchi yarmida 
Apennin yarimorolida Papa viloyati vujudga kelgan. Rim papasi diniy va 
dunyoviy hokimiyatga rahbarlik qiladigan bo‘lgan. Papa o‘z hokimiyatini 
butun Rim imperiyasi hududiga va boshqa yerlarga yoyishga harakat 
qilgan. 
Sharqiy Rim imperiyasida (Vizantiya) markazlashgan davlat G‘arbiy 
Rim imperiyasi qulaganidan keyin ham uzoq vaqt davomida (XV asrning 
o‘rtalarigacha) saqlanib qolgan. Konstantinopol cherkovi imperator 
hokimiyatiga bo‘ysundirilgan. Kuchli imperator hokimiyati sharqiy 
cherkovni o‘ziga bo‘ysundirish bilan birga g‘arbiy cherkovning 
104


mustaqilligini saqlab qolishga va o‘z ta’sirini boshqa hududlarga yoyishiga 
ko‘maklashgan. 
Rim papasi va Vizantiya cherkovi o‘rtasida xristianlikning markazi 
maqomini qo‘lga kiritish uchun o‘zaro kurash boshlangan. Bu kurash 
murosasiz tus olib, unda goh u, goh bu tomon ustun kelib turgan. 
Oqibatda, 1054 yilda Rim va Konstantinopol cherkovlarida uzil-kesil 
ajralish yuz bergan. Xristianlik shu sanadan boshlab rasman ikki 
yo‘nalishga bo‘linib ketgan. Rim papasiga bo‘ysunuvchi yeparxiyalar 
katolik (butun dunyo) cherkovi, Konstantinopol patriarxiga bo‘ysunuvchi 
yeparxiyalar esa pravoslaviye (chin e’tiqod) cherkovi degan nom olgan. 
Xristianlikning eng katta yo‘nalishlaridan biri katolik cherkovidir. 
BMTning ma’lumotlariga ko‘ra, XX asrning oxirlarida katoliklarning soni 
900 mln. kishini tashkil etgan. Katoliklar asosan G‘arbiy, Janubi-sharqiy 
va Markaziy Yevropada, Lotin Amerikasida keng yoyilgan. Afrika 
aholisining 1/3 qismi katoliklardir. Cherkov Shimoliy Amerikada kuchli 
ta’sirga ega bo‘lib, dunyoning boshqa mintaqalarida ham keng yoyilgan. 
Katolitsizm ta’limotining manbaini muqaddas bitiklar va rivoyatlar 
tashkil etadi. Bu ikki manba xristianlikda ahamiyati jihatidan teng 
hisoblansa-da, katolitsizmda boshqa yo‘nalishlardan farqli o‘laroq, 
muqaddas rivoyatlardan kengroq foydalaniladi. Katolitsizmda «cherkov 
otalari»ning (patristika) ilohiyotga bag‘ishlangan asarlari, Jahon soborlari 
va Rim papasining rasmiy hujjatlari, qadimiy ibodat tajribalari muqaddas 
rivoyatlar sifatida qabul qilingan.
Katolitsizm aqidalari va marosimlari pravoslaviyenikiga yaqin turadi. 
Unda pravoslaviyedagi kabi «e’tiqod ramzi»ning 12 aqidasi va 7 ta sirli 
marosimi tan olinadi. Lekin e’tiqod ramzi aqidalariga bir qator 
qo‘shimchalar kiritilgan. 589 yilda qabul qilingan filioka (lotinchadan 
so‘zma-so‘z tarjimasi o‘g‘ildan ham degan ma’noni anglatadi) aqidasiga 
binoan, xudo Muqaddas Ruh xudo Ota va xudo O‘g‘il (Iso)dan paydo 
bo‘lgan. Mazkur aqida katolitsizmda Isoning yerdagi noibi deb tan olingan 
Rim papasining hokimiyatini yanada mustahkamlaydi. Papa hokimiyati 
avliyolar va farishtalar hokimiyatidan ham yuqori qo‘yiladi. 
Shuningdek, katolitsizmda odam o‘lganidan keyin ruhi jannat va 
do‘zax oralig‘idagi a’rofga tushishi to‘g‘risidagi aqida mavjud. Unga 
ko‘ra, tirikligida gunohlari yuvilmagan, lekin «kechirilmas gunoh» sodir 
etmagan kishilarning ruhi a’rof olovida tozalanganidan keyin jannatga 
tushishi mumkin. Lekin bu murakkab jarayon, chunki ruhning a’rofdan 
chiqib ketishi uchun boshqa kishi o‘zining ortiqcha savobini berishi lozim. 
Shu bois cherkov savob ishlarning zaxirasini vujudga keltiradi. A’rofda 
105


qiynoqqa duchor qilingan odamlar o‘z ruhlarini jannatga o‘tkazish uchun 
zaxiradan foydalanadilar. Savob ishlar zaxirasi Iso Masih, Bibi Mariyam, 
avliyolar va dindor kishilarning ortiqcha savob ishlari, xizmatlaridan hosil 
qilinadi va doimo to‘ldirib boriladi. Zaxira doimo to‘ldirib turilishi uchun 
cherkov kishilarni doimo savob ishlar qilishga da’vat etadi. 
O‘rta Asrlarda a’rof haqidagi aqida indulgensiyalar (lotincha 

Yüklə 489,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin