siyosiy sahnasida yirik siyosiy-g‘oyaviy omil mavqeiga ega bo‘la boshladi.
Agar sobiq Ittifoq tuzumi davrida jamiyatda sekulyarizm (lotinchada –
dunyoviy degan ma’noni anglatadi) va dahriylik (ateizm)
siyosati hukmron
bo‘lgan bo‘lsa, Markaziy Osiyoning mustaqillikka erishgan yosh davlatlari
siyosatida sekulyarizm birmuncha yumshatildi, diniy e’tiqodga erkinik
berildi. Natijada islom dini siyosiy hayotga aralashish imkoniga ega bo‘ldi.
Mustaqillikka erishgan yosh davlatlar o‘z siyosiy yo‘llarini tanlashda G‘arb
demokratiyasi an’analariga murojaat qildilar.
Hokimiyatlar taqsimlanishi, demokratiya
prinsiplarining siyosiy
islohotlar uchun asos qilib olinishi jamiyatda islom harakatlarining
kuchayishi va hokimiyatga da’vogar kuch sifatida maydonga chiqishiga
olib keldi. Mamlakatda diniy e’tiqodga erkinlik berilishining ayrim
kishilar tomonidan noto‘g‘ri talqin etilishi natijasida, 1991–1992
yillarda
Farg‘ona vodiysida ekstremistik kuchlar rasmiy hokimiyatning o‘rniga
islom tartiblarini o‘rnatish uchun ochiqdan-ochiq harakat qilishga
kirishdilar. Hukumat tomonidan respublikadagi faoliyati tugatilgan
«Akromiylar», «Adolat», «Tavba», «O‘zbekiston islom uyg‘onish
Dostları ilə paylaş: