O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a a. V. Narbekov dinshunoslik asoslari toshkent



Yüklə 489,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/69
tarix24.10.2023
ölçüsü489,79 Kb.
#160199
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   69
Dinshunoslik

standart
– namuna, nusxa, me’yor, umum 
e’tirof etilgan yoki tavsiya qilinadigan namuna, nusxa, me’yor), 
vesternizatsiya (inglizchada 
west 
– g‘arb, g‘arb dunyosiga xos turmush 
tarzini tashviqot qilish, olib kirishga harakat) va konsyumerizm (iste’mol 
erkinligini targ‘ib qilish)ga qarshi reaksiya tarzida vujudga keldi. Buni 
quyidagicha izohlash mumkin. «Sovuq urush» davri tugaganidan so‘ng, 
jahonda umumiy informatsiya tarmog‘i (internet), umumiy bozor, umumiy 
iste’mol, kollektiv hamkorlik, kollektiv xavfsizlik kabi hodisalarga 
umumiy ehtiyoj sezila boshlandi. Islom dunyosi mamlakatlari uchun islom 
an’analariga asoslangan turmush tarzi va udumlariga G‘arb standartlari, 
normalari va qadriyatlarining kirib kelishi an’anaviy tafakkurda qarshi 
reaksiya holatlarini shakllantirdi. Yo‘ldosh orqali aloqalar, elektron pochta 
va shu kabilar Sharq olamiga G‘arb qadriyatlarining tobora chuqurroq 
singib borishini tezlashtirdi. 
Islom mamlakatlari G‘arb davlatlarida shakllangan sekulyarizm 
(ya’ni, dinni davlatdan ajratish) siyosatini qabul qilmaslikka harakat qiladi
o‘z hukmini jahon hamjamiyatiga o‘tkazmoqchi bo‘ladi. Bu narsa islom 
fundamentalizmini xristianlikning diniy qonunlaridan biri bo‘lgan 
pravoslav fundamentalizmidan farq qilishga olib keladi. G‘arb 
texnologiyasi ilmi va texnikasi yutuqlaridan tobora ko‘p bahramand 
bo‘layotgan Sharq xristianlikdan emas, balki ko‘proq G‘arb mafkurasidan 
cho‘chiydi. 
Bu kayfiyatni Eron Islom Respublikasining sobiq rahbari marhum 
Oyatulla Humayniy Italiya gazetasi «Korryere della Sera»ning muxbiri 
taniqli jurnalist Oriana Fallachiga 1979 yilda Eronda sodir bo‘lgan islom 
inqilobidan so‘ng bergan intervyusida yaqqol ifodalaydi. Jumladan, u: «Biz 
sizlarning fanlaringizdan ham, texnikangizdan ham cho‘chimaymiz. Biz 
sizlarning g‘oyalaringizdan va odatlaringizdan cho‘chiymiz»
18
, – deydi. 
Darhaqiqat, Sharq islom dunyosining rahbarlari G‘arb texnikasi bilan birga 
kirib keluvchi G‘arb ma’naviyati, mafkurasi, odat va udumlaridan 
cho‘chishadi va Sharq musulmon aholisini islom talablariga zid qadriyatlar 
ta’siriga tushib qoladi deb o‘ylaydilar. Buning oldini olish uchun ayrim 
siyosiy islom namoyandalari islomdan o‘zga dinni tan olmaydilar, islom 
dinida bo‘lmagan barcha kishilarni o‘zlariga dushman deb hisoblaydilar. 
18
: ~ _$ %$ %. – _, 2000. – . 16.
176


Bu kayfiyatlar turli janggari siyosiy kuchlarga madad beradi, islom 
dinini himoya qilish niqobi ostida islom dunyosini qolgan butun jahon 
xalqlariga qarshi qo‘yadi. Ayrim islom mafkurachilari islom dunyosi 
mamlakatlarini birlashtirmoqchi, jahonning deyarli 50 
mamlakatini 
birlashtiruvchi islom davlati – islom xalifaligini tiklamoqchi bo‘ladilar. Bu 
ishga islom korchalonlaridan Usoma bin Lodin, Shomil Basayev, Ibn 
Xattob, Juma Namangoniy va boshqalar qattiq bel bog‘laganlar. Ular 
islom aqidalariga butunlay zid usullar – terrorizm, garovga olish va 
kishilarni dahshatga soluvchi mish-mishlar vositasida o‘zlarining qabih 
niyatlariga erishmoqchi bo‘ladilar. Xulosa qilib aytganda, janggari funda-
mentalizm terrorizm vositasida ijtimoiy voqelikda qaror topmoqchi
buning uchun ayrim yosh mustaqil davlatlarning ichki ziddiyatlari va 
iqtisodiy qiyinchiliklaridan ustomonlik bilan foydalanmoqchi, rasmiy 
hokimiyatga qarshi turuvchi kuchlarni shakllantirmoqchi, xalq birligini 
buzmoqchi bo‘ladilar. Bu sohada ular mablag‘ va kuchni ayamaydilar, real 
hokimiyatga nisbatan har qanday norozilikni qo‘llab-quvvatlaydilar. 
Bunday sharoitlarda siyosiy hokimiyatning muhim tarmog‘i bo‘lgan 
ijroiya hokimiyati, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, xususan, ichki 
ishlar organlari xodimlaridan chuqur siyosiy bilimdonlik, yuksak malaka 
va hushyorlik talab qilinadi. 
Fundamentalizmga qarshi kurash samarali olib borilishi lozim. Bu 
ishdagi savodsizlik xalqimiz e’zozlovchi buyuk qadriyat – islom diniga 
putur yetkazadi, O‘zbekistonning jahon hamjamiyati oldida obro‘yini 
to‘kadi, turli aksilinqilobchi kuchlarga esa bu narsa qo‘l keladi. Ular 
mustaqil O‘zbekiston xalqini tanlangan dunyoviy demokratik taraqqiyot 
yo‘lidan chiqib, o‘rta asr diniy davlatchilik yo‘liga kirishiga jon-jahdi bilan 
harakat qiladilar. Buni ichki ishlar idoralarining har bir xodimi to‘g‘ri 
anglashlari, islom diniga yot unsurlarga aniq zarba berish malakasiga ega 
bo‘lishlari talab etiladi. Zero, oq-qorani farqlash har bir vijdonli xodim-
ning kasbiy va vijdoniy burchidir. 

Yüklə 489,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin