O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya birinchi tibbiy yordam toshkent



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə33/139
tarix24.10.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#160533
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   139
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya-fayllar.org

Jarohatlarning bitish turlari 
Jarohatning bitishi
regenerativ (tiklanish) jarayon bo‘lib, orga-
nizmning shikastlanishiga nisbatan biologik va fiziologik ta’sirlanishni
(reaksiyasini) aks ettiradi.
Hamma to‘qimalarning regeneratsiyalanish qobiliyati bir xilda emas.
To‘qima qancha yuqori differensiatsiyalangan bo‘lsa, u shunchalik sekin
tiklanadi. Markaziy asab tizimining eng yuqori differensiatsiyalangan
hujayralarining amalda umuman regeneratsiyalanish qobiliyati yo‘q.
Periferik nervlar sekin, lekin oxir-oqibatda neyron aksonining markazdan
periferiyaga qarab o‘sishi hisobiga regeneratsiyalanadi. Epiteliy, birik-
tiruvchi to‘qima elementlari – muskul pardasi, paylar, suyaklar, shuning-
dek silliq muskullar yaxshi regeneratsiyalanadi. Ko‘ndalang – targ‘il
muskullar va parenxima a’zolarining regeneratsiyalanish qobiliyati juda
65


sust. Ulardagi shikastlanishlar ko‘pincha biriktiruvchi to‘qima chandiqlari


hisobiga bitadi.
Jarohatlarning bitishiga mahalliy va umumiy omillar to‘sqinlik qilishi
mumkin. Agar yirik qon tomirlari, nerv tolalari jarohatlangan va
jarohatlarda g‘ayritabiiy moddalar, nekrotik to‘qima, suyak sekvestrlari,
viruslar va mikroorganizmlar mavjud bo‘lsa, ularning bitishi yomon
kechadi. Jarohatlarning bitishiga bemorning umumiy holati – qo‘shimcha
kasalliklar (gipovitaminoz, surunkali yallig‘lanish kasalliklari, qandli
diabet, yurak va bo‘yrakdagi yetishmovchiliklar, shuningdek organizm-
ning immun tizimidagi buzilishlar) salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Jarohatlarning birlamchi va ikkilamchi bitishi farqlanadi. Agar
jarohatning chekkalari tekis, yashovchan va bir-biriga zich bo‘lsa,
jarohatda bo‘shliq hosil bo‘lmasa, ichiga qon quyilmasa, g‘ayritabiiy
moddalar, nekroz o‘choqlari va infeksiyalar bo‘lmasa, birlamchi bitish
yuzaga keladi. Aseptik operatsiyalar, jarohatning to‘laqonli jarrohlik
ishlovidan keyin, ba’zan boshqa jarohatlarda birlamchi bitish kuzatiladi.
Bunday jarohatlar tez (5–8 kun davomida) bitib, tekis va kam seziladigan
chandiqlar hosil qiladi.
Yangi chandiq yumshoq, tekis va pushti rangda bo‘ladi. Vaqt o‘tishi
bilan yangi hosil bo‘lgan kapillarlar yo‘qoladi, chandiq kattalashadi, ancha
qattiq va mahkam holatga keladi. Agar chandiqning yo‘nalishi teridagi
Langer chiziqlari yo‘nalishiga mos tushsa, asta sekin chandiq kam sezilarli
ko‘rinishga o‘tadi.
Birlamchi bitishning bir va bir nechta shart-sharoitlari bo‘lmagan
taqdirda ikkilamchi bitish yuzaga keladi. Jarohat chekkalarining
yashovchan emasligi, chekkalari bir-biriga yopishmagan jarohatning katta
bo‘shlig‘i bo‘lishi va unga qon quyilishi, nekroz o‘chog‘i, g‘ayritabiiy
moddalar va yiringli infeksiyalar buning sababchisidir. Shuningdek,
ikkilamchi bitishning umumiy omillarga bog‘liqligi: kaxeksiya, gipo yoki
avitaminoz, modda almashinishining buzilishlari yoki yuqumli kasalliklar
– angina, gripp va boshqalarning mavjudligi.
Ikkilamchi bitishga jarohatning yiringlashi va undan keyin
granulyatsiya to‘qimasining hosil bo‘lishi xosdir. Yiring oqsilga boy
bo‘lgan yallig‘lanish ekssudati bo‘lib, unda hujayra elementlari asosan
neytrofil leykotsitlar va katta miqdordagi turli bakteriyalar, shuningdek
parchalangan hujayralarning qoldiqlari mavjud bo‘ladi. Yiringning
ko‘rinishi, rangi va hidi mikrofloraga bog‘liqdir.
Granulyatsiya to‘qimasi asta-sekin rivojlanadi. Jarohatlanishdan
keyin, tez fursatda jarohatning yuzasi yupqa qavatli ivigan qon bilan
qoplanadi. Bu qavat jarohat ekssudati bilan birgalikda fibrinozli
bakteriotsid himoya pardasini hosil qiladi. Agar jarohatda infeksiya
rivojlansa, uning chekkalarida va asosida yallig‘lanish belgilari paydo
bo‘ladi (shish, harorat, giperemiya va og‘riq). Jarohat yopishqoq yiringli
66


ajralma bilan qoplanadi. Yallig‘lanishning rivojlanishi to‘qimalar himoya


darajasidan, organizmning reaktivligi va infeksiyaning virulentligidan
kelib chiqadi. Odatda 48 soatdan keyin jarohatning ayrim yerlarida mayda
bo‘rtiqlar – granulyatsiyalar paydo bo‘ladi. Ularning soni asta-sekin ortadi
va oqibatda jarohatning butun yuzasini qoplab oladi. Ayni vaqtda, kapillar
qon tomirlarining ko‘plab o‘sishi amalga oshadi. Granulyatsiya o‘sishi
bilan jarohat asta-sekin nekroz o‘choqlaridan tozalanadi, uning chekka-
laridan boshlab yoki ayrim orolchalar ko‘rinishida, jarohat yuzasida
epiteliy o‘sishi kuzatiladi. Keyinchalik granulyatsiya to‘qimasi chandiqqa
(fibroz va biriktiruvchi to‘qima elementlaridan tashkil topgan) aylanadi.
Granulyatsiya to‘qimasi chuqur yotgan to‘qimalarni berkitib va ularni
infeksiya tushishidan himoyalab, jarohatning bitishida katta ahamiyat kasb
etadi. Jarohatdan ajraladigan suyuqlik bakteriotsidlik xususiyatiga ega.
Shikastlanganda granulyatsiya to‘qimasi qontalashib qoladi va infeksiya
chuqur yotgan to‘qimalarga o‘tib ketishi mumkin. Shuning uchun ham
granulyatsiyalangan jarohatlarni bog‘lashda uni mexanik yoki kimyoviy
shikastlab qo‘yishdan ehtiyot bo‘lish va jarohatlarni bog‘lashni iloji
boricha, kamroq bajarish kerak.
Kichik va yuzaki jarohatlar – shilingan, tirnalgan, shuningdek
kuyishlar ivigan qon va limfadan hosil bo‘ladigan po‘stloq ostida bitadi.
Taxminan 5 sutkalardan keyin po‘stloq ostida epiteliylanish va jarohatning
bitishi tugallanib, qoraqo‘tir tushib ketadi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin