O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya birinchi tibbiy yordam toshkent



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə31/139
tarix24.10.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#160533
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   139
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya-fayllar.org

Jarohatlarning tasnifi 
Jarohatlar kelib chiqishi va xususiyatlariga qarab turli-tuman bo‘ladi.
Qo‘llanilgan qurol yoki jarohatlovchi agentning to‘qimalarni
shikastlantiruvchi xususiyatiga qarab jarohatlarning quyidagi turlari
farqlanadi:
1) o‘qotar qurollardan jarohatlanish;
61


2) tig‘ jarohati (tig‘ sanchishdan hosil bo‘lgan jarohat);


3) tilingan jarohatlar;
4) titilgan jarohatlar;
5) lat yegan jarohatlar;
6) majaqlangan jarohatlar;
7) yulingan jarohatlar;
8) tirnalgan jarohatlar;
9) shilingan jarohatlar;
10) tishlangan – chaqilgan jarohatlar;
11) zaharlangan jarohatlar;
12) aralash jarohatlar.
Har qanday jarohatning o‘ziga xos jihati bo‘lib, yordam ko‘rsatish
vaqtida buni hisobga olish kerak. Masalan, tig‘ sanchishdan va o‘qotar
qurollardan olingan jarohatdan qon kam oqadi. Ularning chuqurligi va
yo‘nalishini ko‘z bilan aniqlash qiyin, ularda ko‘pincha ichki organlarning
ham shikastlanishlari bo‘ladi. O‘tmas predmetlar bilan yetkazilgan tig‘
jarohatlari, masalan, yog‘och kaltak yoki yomg‘ir soyabonining uchi bilan
berilgan zarbadan hosil bo‘lgan jarohatlar o‘ziga xos shakllarga ega.
Kesilgan va to‘g‘ralgan jarohatlarda ko‘proq yuzalarning defektlanishi va
qonning tashqariga kuchli oqishi xosdir. Lat yeyishdan, majaqlanish va
yulinish jarohatlaridan qon oqishi kamroq bo‘lib, ular kuchli og‘riq
chaqiradi va ko‘pincha infeksiyalanadi, ularda qon aylanishining buzilishi
nisbatan ko‘proq uchraydi va mahalliy nekrozlar keltirib chiqaradi.
Shilingan jarohatlarning og‘rig‘i kuchli bo‘ladi, lekin jarohatlar ichida
eng tez bitadigani hisoblanadi. Tishlangan jarohatlar og‘riqli bo‘lib,
ko‘pincha yiringlab ketadi. Tishlangan jarohatlarning eng og‘ir
asoratlaridan biri quturish kasalligidir. Quturish kasalligining virusi kasal
hayvonning so‘lagi bilan ajralib, u orqali tishlash vaqtida jarohatga
tushadi. Kalamush, sichqon va mushuklar tishlab olsa, «kalamush
kasalligi» rivojlanishi mumkin.
Ilon va chayonlar chaqishi natijasida, shuningdek jarohatga jangovar
va boshqa kimyoviy birikmalar tushganda, zaharlangan jarohatlar kelib
chiqadi. Avvallari aralash jarohatlar deyilganda, tananing ma’lum
qismidagi turli ko‘rinishdagi jarohatlar tushunilar edi. Hozirgi vaqtda esa
aralash jarohatlar deyilganda, jarohatga jangovar zaharlovchi modda yoki
radiatsiyaning ta’siri tushuniladi. Ularni aniqlashda maxsus nom –
jangovar zaharlovchi moddalar (JZM) bilan zaharlangan jarohatlar atamasi
ishlatiladi.
O‘qotar qurollardan hosil bo‘ladigan jarohatlar – o‘qdan va snaryad
parchasidan kelib chiqqan jarohatlarga bo‘linadi. O‘qotar qurollarning
o‘ziga xos ta’siri natijasida undan hosil bo‘lgan jarohatlar boshqalaridan
farq qiladi:
a) jarohat kanalining chuqurligi;
62


b) to‘qimalar o‘zgarishidagi anatomik nisbatning murakkabligi;


v) to‘qimalar shikastlanishidagi o‘ziga xos zonalarning mavjudligi.
Birlamchi jarohat kanali, u detrit to‘qimalari va yot moddalar bilan to‘lgan
bo‘ladi, to‘qimalarning birlamchi travmatik nekroz yoki birlamchi
kontuziya zonasi va to‘qimalarning molekulyar chayqalish zonasi yoki
ikkilamchi travmatik nekroz;
g) jarohatlanish vaqtidagi (birlamchi infeksiya) yoki evakuatsiya
bosqichlaridagi (ikkilamchi infeksiya) birinchi yordamning kechikib
ko‘rsatilishi va jarohatning birlamchi jarrohlik ishlovining kechikishi
natijasida ifloslanishning yuqori darajada bo‘lishi.
O‘qotar qurollardan jarohatlanishda to‘qimalarning jarohatlanish
darajasi asosan o‘qning yoki parchaning kinetik energiyasiga va ularning
boshlang‘ich tezligiga bog‘liq bo‘ladi. To‘qimalarga boshlang‘ich tezligi
kichik o‘qning ta’sirida hosil bo‘ladigan jarohatning mexanizmi pichoqdan
va boshqa keskir predmetlardan jarohat hosil bo‘lish mexanizmiga yaqin.
Tezligi katta o‘qlar bilan jarohatlanishda (hozirgi zamon jangovar o‘q
tezligi 700–900 m/s, sharchali va cho‘zinchoq o‘qlar – 1000 m/s dan
yuqori, snaryad parchalari – 1500–4000 m/s) qurolning sifat jihatidan
yangi xususiyatlari namoyon bo‘lib, u to‘qimalarning kengroq va og‘irroq
jarohatlanishlarini keltirib chiqaradi. O‘qning tezligi 600 m/s dan yuqori
bo‘lsa, eng katta ahamiyatni kinetik energiyaning to‘qimalarga o‘tkazish
tezligi kasb etadi, bundan past tezliklarda uning ahamiyati uncha yuqori
bo‘lmaydi.
Katta tezlikda uchib kelayotgan o‘q va snaryad parchalari tanaga
kirayotganda atrofidagi to‘qimalarga energiyaning tezlanish ko‘rinishida
uzatadi va, o‘z navbatida, bu to‘qimalarni jarohat kanalidan chekkagacha
va uning markaziga qarab notekis harakatlanishga majbur qiladi. Bu esa
«pulsatsiyalanuvchi bo‘shliq» shakllanishiga olib keladi. Bo‘shliqning
kengayishi vaqtida hosil bo‘ladigan manfiy bosim, jarohat kanaliga o‘q-
ning kirgan va chiqib ketgan teshiklaridan patogen mikroblarning so‘rilib
kirishiga sababchi bo‘ladi. Vaqtinchalik bo‘shliqning pulsatsiyasi
to‘qimalar va organlarning notekis ezilishini, uzilishini va qatlamlarga
ajralishini yuzaga keltiradi. To‘qimalar nekrozi asosan muskul to‘qi-
malarida hatto jarohat kanalidan ancha masofada bo‘lsa ham, infeksiya
rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratib beradi va bu kabi
yaralanishlarning klinik kechishi shu sabab bilan tushuntiriladi.
Hozirgi vaqtga kelib o‘qotar qurollar o‘qining kalibri 5,6 mm gacha
kichraytirilgan (avvallari hamma joyda 7,6 mm qabul qilingan), bu bilan
o‘qning birlamchi tezligi ortgan va uning jarohatlash zonasi ham
kengaygan. Shunga o‘xshash shikastlanishlarni sharchali, teshib o‘tuvchi
va plastik bomba va snaryadlarning parchalari ham (ular hozirgi zamon
harbiy qismlarining harbiy harakatlari vaqtida qo‘llaniladi) chaqira oladi.
63


Kelib chiqish sabablariga ko‘ra, jarohatlar operatsion va tasodifiy


jarohatlarga bo‘linadi. Shikastlanishning chuqurligiga qarab jarohatlar
yuzaki, teshib o‘tuvchi va ichki a’zolarni shikast-lovchi jarohatlarga
bo‘linadi. Masalan, teri jarohati, teriosti to‘qimalari va hatto qorin
muskullarining jarohatlari ham yuzaki jarohatlarga kiradi. Agar qorin
pardasi shikastlangan bo‘lsa, jarohat chuqur o‘tuvchi jarohatlar qatoriga
kiritiladi. Ayni vaqtda jigar va ichaklarning shikastlanishlari bilan
kechadigan jarohatlar a’zolarning shikastlanishi bilan asoratlangan
jarohatlar qatoriga kiritiladi. Jarohat tananing qaysi qismida bo‘lishiga
qarab yuz, bosh, bo‘yin, qo‘l jarohatlariga bo‘linadi.
Infeksiyalanish darajasiga ko‘ra, aseptik va infeksiya bilan ifloslangan
jarohatlar bo‘ladi. Rejali operatsiyalardan yoki birlamchi jarrohlik
ishlovidan keyingi jarohatlar aseptik jarohatlar hisoblanadi. O‘tkir va
nisbatan toza predmetlar vositasida yuzaga kelgan, kesilgan va
qiymalangan jarohatlar aseptik jarohatlarga yaqin bo‘ladi. Qolgan hamma
jarohatlar infeksiyalar bilan ifloslangan deb baholanadi, chunki jarohat-
lanish vaqtida terining o‘zida ham, jarohatlovchi predmet vositalarida ham
mikroorganizmlar bo‘ladi.
Jarohatlar yangi va kechikkan turlarga bo‘linadi. Agar shi-
kastlangan kishi jarohat olgandan keyin 24 soatdan kechikmay tibbiy
yordamga murojaat qilsa, jarohat yangi hisoblanadi. Bu holda jarohatning
qirg‘oqlari va asosini jarrohlik yo‘li bilan tozalab, jarohat infeksiyasini
to‘xtatish mumkin. Shu yo‘l bilan infeksiya tushgan jarohatni aseptik
jarohatga aylantirish mumkin. Agar shikastlangan kishi 24 soatdan
kechikib murojaat qilsa, mikroorganizmlar to‘qimalarning ancha chuqur
qavatlariga o‘tib oladi va bunday jarohatlar kechikkan jarohatlar sirasiga
kiritiladi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin