O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya birinchi tibbiy yordam toshkent


Tananing alohida joylariga qo‘yiladigan



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə60/139
tarix24.10.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#160533
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   139
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya-fayllar.org

Tananing alohida joylariga qo‘yiladigan
bog‘lamlar
Boshning uncha katta bo‘lmagan jarohatlarida leykoplastrli,
kollodiyli, kleolli bog‘lamlar qo‘yish mumkin, bunda bog‘lam qo‘yi-
ladigan joydagi sochlar yaxshilab qirib tashlanishi lozim. Shuni qayd
qilish kerakki, tananing tukli qismlarida yelimli bog‘lamlar yaxshi
ushlamaydi. Shuning uchun ham bunday joylarda sopqonsimon va
ro‘molli bog‘lamlarni ishlatish ma’qulroq.
Boshga qo‘yiladigan bog‘lamlar. Boshga quyidagi bintli bog‘lamlar
qo‘yiladi: qaytar bog‘lam, «Gippokrat qalpog‘i», qalpoqchali bog‘lam, bir
yoki ikkala ko‘zga qo‘yiladigan bog‘lam, «yugan»simon va boshqalar.
«Gippokrat qalpog‘i» quyidagicha qo‘yiladi: bir qo‘lga birinchi
o‘ram, ikkinchi qo‘lga ikkinchi o‘ram bint olinadi. Har ikkala bintning
bo‘sh uchlari ensa do‘ngligining pastrog‘iga joylashtiriladi. Har ikkala
bint bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalishda peshona do‘ngi o‘rtasiga olib
boriladi. O‘ng qo‘ldagi bint o‘rami sirkular aylanishlar hosil qiladi, bunda
har bir qaytib keladigan aylanish undan avvalgi aylanishning 1/2 yoki 2/3
qismini qoplab olishi kerak. Ayni bir paytda sirkular aylanish hosil
qilayotgan bint qaytar aylanish qilayotgan chap qo‘ldagi bintni har doim
mahkamlab boradi. Bu narsa boshning gumbazi to‘liq qoplangunga qadar
davom ettiriladi.
Boshning qalpoqchali bog‘lami (16-
rasm). Bu bog‘lam eng qulay va ishonchli
hisoblanadi, chunki bunday bog‘lam qo‘llanil-
ganda uning bo‘shashib, o‘rnidan qo‘zg‘a-
lishiga hech qanday imkon bo‘lmaydi. Bun-
dan tashqari, bu bog‘lamni qo‘yish texnikasi
sodda bo‘lib, u quyidagicha amalga oshiriladi:
uzunligi 80–90 sm bo‘lgan bint olinadi (bint
bog‘ich). U tepa suyagining o‘rta qismiga
shunday qo‘yiladaki, bunda uning uchlari
quloqlarning old qismidan pastga vertikal
tushib turadi. Bintning har ikkala bo‘sh uchini
tarang holda ushlab turish kerak (bintni kasal
yoki yordamchi tortib ushlab turadi). O‘ng
qo‘l bilan bint o‘ramini olib bosh atrofidan
birinchi sirkular yo‘l bilan aylantiriladi (bu
mahkamlovchi yo‘l bo‘lib hisoblanadi). Uni
2–3 marta aylantirib ishonchliligini oshirish
ham mumkin.
16-rasm.
Mahkamlovchi sirkular yo‘ldan keyin, bog‘ichga borgach, bint uning
atrofidan va pastidan aylantirilib, peshona yoki ensa tomonga o‘tiladi,
keyin bint qarama-qarshi tomonga boshqa bog‘ichga yo‘naltiriladi, undan
103


aylantirilib yana qarama-qarshi tomonga yo‘naltiriladi, bunda har bir


galdagi aylana avvalgi aylanishning bir qismini berkitib boradi, u bosh
gumbazi berkilgunga qadar davom ettiriladi. Shundan keyin bir yoki ikkita
sirkulyar yo‘l bilan bint mahkamlanadi, bog‘ichlarning biridan o‘tkaziladi
va bog‘ichning ikkinchi uchi bilan iyak ostidan bog‘lab qo‘yiladi.
Ko‘zga qo‘yiladigan bog‘lamlar. Bir ko‘zga qo‘yiladigan bog‘lam
monokulyar bog‘lam deyiladi. Shuni yodda tutish kerakki, bintlash kasal
ko‘zdan boshlanadi. Bintni bosh atrofidan sirkular yo‘l bilan o‘tkazib
(bunda peshona va ensa do‘nglari qamrab olinadi) mahkamlovchi aylana
hosil qilinadi. Keyin bintni orqa tomondan ensaga qarab yo‘naltirib, uni
shikastlangan ko‘z tomondagi quloqning ostidan olib o‘tib, chakka orqali
yuqoriga ko‘tariladi va u shikastlangan ko‘zni berkitadi. Mana shu
ikkinchi yo‘l orqali sirkular mahkamlovchi yo‘lga o‘tadi, keyin yana
ikkinchi yo‘lga qaytiladi. Shu yo‘sinda yo‘llarni galma-gal almashtirib
kasal ko‘z berkitiladi.
Har ikkala ko‘zga qo‘yiladigan bog‘lam – binokulyar bog‘lam deb
ataladi. Bu bog‘lam ham bir ko‘zga qo‘yiladigan bog‘lam kabi boshlanadi.
Sirkular-mahkamlovchi yo‘l qilingach, ikkinchi yo‘l quloq ostidan o‘tadi,
ko‘zni berkitib yana mahkamlovchi sirkular yo‘l hosil qilib, keyin peshona
orqali pastga tushib, ikkinchi ko‘zni yopadi,
uni quloq ostidan o‘tkazib yana
mahkamlovchi sirkular yo‘lga qaytiladi.
Shunday qilib, bu bog‘lamda uchta yo‘l
navbatma-navbat takrorlanadi: sirkular –
mahkamlovchi yo‘l, ikkinchisi quloq ostidan
bir ko‘zga, uchinchisi peshonadan ko‘zga
tushib uni berkitgach, quloq ostiga
yo‘naladi.
«Yugan» bog‘lami (17-rasm)Bu bog‘-
lam yuz, iyak sohasi va ba’zan tananing
tukli qismlarini bog‘lashda tavsiya etiladi.
«Yugan» bog‘lami 4 ta navbatlashuvchi
yo‘llardan tashkil topadi. Birinchi va
ikkinchi yo‘llar – sirkular mahkamlovchi
(ensa va peshona do‘nglaridan o‘tadi) yo‘l-
lardir. Uchinchi yo‘lda bint ensa orqali
iyakka o‘tadi. Keyin bint vertikal holatda 4,
5 va 6-yo‘llar bilan iyak ostidan o‘tadi.
Keyin bint gorizontal holatga (aylana yo‘l) o‘tib, 7 va 8-yo‘llarni hosil
qiladi. Keyin bog‘lam qotiriladi. Mana shu yo‘llarni navbati bilan
almashtirib, butun boshni yoki ikkala chakkani bog‘lam bilan yopish
mumkin.
17-rasm.
104




Barmoqlar bog‘lami. Bitta barmoqni bintlashda birinchi (mah-
kamlovchi) sirkular yo‘l bilan bo‘g‘imning yuqorirog‘idan bir necha marta
aylantirib qo‘yiladi. Keyin bint panjalarning orqa tomonidan qiyshiq
yo‘naltirilgan holda shikastlangan barmoqning tirnoq jimjilog‘iga olib
boriladi. Uni berkitib orqaga qaytiladi, keyin spiral yo‘llar bilan tirnoq
jimjilog‘idan barmoq asosigacha bintlanadi, panjaning orqa yuzasida bint
kesishib o‘tgach, sirkular yo‘llar bilan birlamchi mahkamlovchi yo‘llarga
keltirib yana mahkamlanadi.
Barmoqlarning «qo‘lqop» bog‘lami xuddi shu tarzda amalga
oshiriladi, bu yerda bitta barmoq emas, hamma barmoqlar bintlanadi. O‘ng
qo‘lni bog‘lashda bosh barmoqdan, chap qo‘lni bog‘lashda 5-barmoq
(jimjiloq)dan boshlash kerak. Bosh barmoqqa bog‘lam boshoqsimon
ko‘rinishda, qolgan barmoqlarga esa bog‘lam qaytariladigan ko‘rinishda
qo‘yilishi mumkin.
Panjalar bog‘lami. Panjalarga bog‘lam qaytariladigan ko‘rinishda
bog‘lanadi. Avval to‘rtta barmoq birgalikda, keyin bosh barmoqqa bog‘lov
alohida bajariladi.
Bilaklar bog‘lami. Spiralsimon ko‘rinishda bukishlar hosil qilib
bog‘lam qo‘yiladi.
Tirsak bo‘g‘imiga bog‘lam qo‘yish zarurati bo‘lganda tirsakni 90
0
li
burchak ostida bukib, bog‘lam toshbaqasimon – tarqaluvchi yoki
qo‘shiluvchi ko‘rinishda qo‘yiladi.
Yelkaning boshoqsimon bog‘lami. Bintlash shikastlangan tomonga
yo‘naltirilgan holatda amalga oshiriladi. Bintning birinchi yo‘llari
(sirkular) mahkamlovchi bo‘lib hisoblanadi. Qo‘ltiq osti chukurchasiga
uning yiringli yallig‘lanish jarayonlarida (gidradenit) bog‘lov qo‘yiladi.
Desmurgiyaning ko‘plab qo‘llanmalarida berilgan bog‘lovlar o‘rnidan
oson qo‘zg‘alib tushib ketadi. Bu kamchilliklardan xoli qulay va bo‘lgan
usul sopqonsimon usuldir. Uni qo‘yish uchun keng bint (kengligi – 16–20
sm, uzunligi – 1 m) olinib, ikki uchi to‘rtga ajratib kesiladi. Bintning
kesilgan qismi qo‘ltiq osti chuqurchasiga shunday qo‘yiladiki, to‘rtta
tasmasi ko‘krak qafasiga, to‘rtta tasmasi yelkaga chiqib turadi. Ko‘krakka
ketadigan ikki uchi ko‘krak atrofida, qolgan ikkitasi yelka usti va bo‘yin
o‘rtasida mahkamlanadi. Qarama-qarshi tomondagi ikkita tasma yelka
atrofida va yelka usti sohasida mahkamlanadi. Mahkamlanishning yaxshi
chiqishi uchun terining bog‘lam turadigan joylariga kleol surkab qo‘yish
maqsadga muvofiqdir.
Ko‘krak qafasini bintlashda butsimon, sakkiz ko‘rinishdagi
bog‘lamlar qo‘llaniladi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin