O‘rmalovchi bog‘lam ham spiralsimon bog‘lamning bir turi bo‘lib,
unda bint aylanalari bir-biriga tegmaydi. Bunday bog‘lamlar jarohatga
qo‘yilgan materialni ushlab turish maqsadida bintlashning boshlang‘ich
davrida qo‘llaniladi, keyin spiralsimon bog‘lamga o‘tiladi.
Sakkizsimon (butsimon) bog‘lam degan nom uning shakli va bint
yo‘llaridan olingan. U bo‘yinning orqa yuzasiga, ko‘krak qafasiga
bog‘lam qo‘yilganda qo‘llaniladi.
Boshoqsimon bog‘lam – sakkizsimon bog‘lam ko‘rinishlaridan biri.
Bintlar yo‘li boshoqni eslatgani uchun shunday ataladi.
Bunday
bog‘lamlarni yelka bo‘g‘imiga va o‘mrov usti sohalariga qo‘llash juda
qulay. Yelka bo‘g‘imiga boshoqsimon bog‘lamni qo‘yishda, umum e’tirof
etgan qoidalarga teskari, bintlash shikastlangan tomonga yo‘naltirilgan
holda amalga oshiriladi, ya’ni quyidagi
qoidani yodda saqlash kerak: o‘ng yel-
kani soat mili yo‘nalishida,
chap yelkani
esa unga teskari yo‘nalishda bintlash ke-
rak.
Toshbaqasimon bog‘lam 2 xil bo‘-
ladi (15-rasm): qo‘shiluvchi va tarqa-
luvchi. Bu bog‘lamlar tirsak, tizza va
boshqa bo‘g‘imlarni bog‘lash
uchun
tavsiya etiladi.
15-rasm.
Tarqaluvchi bog‘lamlar quyidagi tarzda qo‘llaniladi.
Birinchi aylanishi sirkular tarzda bo‘g‘imning o‘rtasidan o‘tadi.
Ikkinchi aylana birinchi aylananing pastki yarmi yoki uchdan birini
berkitadi. Uchinchi aylana birinchi aylananing yuqorigi yarmini yoki
uchdan ikki qismini berkitadi. To‘rtinchi aylana ikkinchini,
beshinchi
aylana uchinchini takrorlaydi va h. k. Shunday qilib, toq sonli aylanalar
toq aylanalarni, juft sonli aylanalar
juft aylanalarni takrorlaydi, lekin
toqlari undan pastda, juftlari avvalgisidan tobora yuqoriroqda joylashadi.
Qo‘shiluvchi bog‘lam ham xuddi shu tartibda qo‘yiladi, lekin hamma
narsa teskari tarzda bajariladi.
Orqaga qaytadigan bog‘lamlar qo‘l yoki oyoq cho‘ltoqlari
(amputatsiyadan keyingi qolgan joy)ga,
boshga va boshqa joylarga
qo‘yiladi.
Bunday bog‘lamlarni qo‘yish texnikasi quyidagicha:
a) bir necha sirkular yo‘llar bilan bint mahkamlanadi;
b) barmoq bilan ushlab turib, bint bukiladi va uni ko‘ndalang holda
boshning (cho‘ltoqning)
qarama-qarshi tomoniga
olib boriladi, keyin
sirkular aylanalar bilan bintning ko‘ndalang tasmasi mahkamlanadi;
v)
yana bint buklanib, u ko‘ndalang yo‘naltiriladi, bunda avvalgi
aylananing yarmini yoki uchdan ikki qismini yopib o‘tishi kerak. Bu yo‘l
ham sirkular aylana bilan mahkamlanadi.
102