xasmoli – atrofi qizarib, xasmol rivojlanayotgan bo‘g‘im shishi bilan
ifodalanadi.
Pay xasmoli organizmning umumiy qarshiligi bilan ifodalanadi, ya’ni
umumiy quvvatsizlik, tana haroratining ko‘tarilib ketishi bilan kechadi.
Xasmol rivojlanayotgan barmoq panjaning ichki
sohasiga bir oz bukilgan
holda, shishgan, qizargan bo‘ladi, barmoqni to‘g‘rilashga qilingan
kamgina harakat ham kuchli og‘riq chaqiradi.
Suyak xasmoli – asosan barmoqlarning yumaloq shaklda shishi va
og‘riq bilan boshlanib, aksariyat hollarda yiringli oqmalar hosil qiladi.
Bo‘g‘im xasmoli tashxisi bo‘g‘imlardagi shish va kuchli og‘riq, ha-
rakatlarning chegaralanganligi kabi belgilarga asosan qo‘yiladi. Barmoq
biroz bukilgan holda, teri ajinlari silliqlangan, ozgina harakat ham kuchli
og‘riq chaqiradi.
Paronixiya barmoqlarning tirnoq atrofi aylanasi to‘qimalarining
yallig‘lanishidir.
Joylashishiga qarab, yuzaki (subepidermal) va chuqur – tirnoq atrofi
to‘mtog‘i to‘qimalarida uchraydigan turlariga bo‘linadi. Klinik kechishi
tirnoq atrofi to‘mtog‘ining qizarib shishishiga xos ko‘rinishlarda
ifodalanadi. Barmoqlarda uchraydigan o‘tkir yiringli yallig‘lanishlari
bo‘lgan bemorlar kechiktirmasdan jarrohlik yo‘li bilan davolanishlari
shart. Yuzaki ko‘rinishdagi xasmol va paronixiyalar
poliklinika sharoitida
ochiladi. Xasmollarning pay, suyak va bo‘g‘im ko‘rinishdagi turlari faqat
shifoxonalarda yiringli jarrohlik bo‘limlarida davolanishi shart.
Panja flegmonalari – juda og‘ir va xavfli xastalik hisoblanadi, ya’ni
bu umumiy kamquvvatlik, uyqusizlik, titrab qaqshash va alahsirash bilan
kechadi. Bemorlar jarohatlangan sohadagi kuchli og‘riqdan shikoyat
qiladilar. Kaftning yuza qismida juda katta shish kuzatiladi. Barmoqlar
holati og‘irlashganda uning uch qismi bir oz bukilib, asos qismlari to‘g‘ri-
langan holda bo‘ladi. Kaft flegmonalari bilan og‘rigan bemorlar
shoshilinch jarrohlik muolajalariga muhtoj bo‘lib, ular kechiktirilmasdan
jarrohlik bo‘limlariga yotqizilishi shart.
TERI VA TERIOSTI YOG’ TO‘QIMALARINING YIRINGLI
KASALLIKLARI
Furunkul – teriosti yog‘ xaltasi va yog‘ bezlarining o‘tkir yiringli
yallig‘lanishidir. Bu yallig‘lanishlar gohida teriosti yog‘ to‘qimalariga ham
yoyilishi mumkin. Furunkullarning asosiy chaqiruvchilari stafilokok-
klardir. Furunkullar tananing tuklar bilan qoplangan barcha maydonlarida,
asosan yuz, bo‘yin, bel va dumba sohalarida ko‘proq uchrashi mumkin.
Furunkulni keltirib chiqaruvchi omillardan asosiy o‘rinni shaxsiy gigiyena
qoidalariga rioya qilmaslik (kam cho‘milish, kiyimlarni tez-tez al-
mashtirmaslik), vitaminlar yetishmasligi, terining tirnalishi, umumiy va
118
uglevodlar almashinuvining (qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda)
buzilishi egallaydi. Furunkul obyektiv kuzatilganda teri qizargan,
shishgan, tuk atrofidagi hamda teriosti yog‘ qatlamini yiringli jarayon
o‘ziga jalb etgan, yiring yuzida bitta tuk bo‘lib, u ham gohida o‘zidan-o‘zi
tushib ketishi mumkin.
Yuz furunkullari o‘ta xavfli bo‘lib, yuqori jag‘ sohasida uchraydigan
xillari qo‘l
bilan ezilganda, vena tomirlari orqali infeksiyalar ko‘tarilib,
venalar tromboflebiti, yuz saramasi, venalar orqali bosh miya sinuslariga
o‘tib meningit, ensefalit, bosh miya abssessi va sepsis holatlariga olib
kelishi mumkin. Shuning uchun ham bunday bemorlar shifoxonalarda
davolanishlari shart.
Karbunkul deb birdaniga bir nechta soch xaltalari, teriosti yog‘
qatlami va pastki qavat to‘qimalarining bir vaqtda o‘tkir yiringli
yallig‘lanib, katta miqdordagi to‘qimalarni nekrozga olib keluvchi holatga
aytiladi. Karbunkulni chaqiruvchi mikroorganizmlar furunkulni chaqi-
ruvchilardan farq qilmaydi. Asosan karbunkul bo‘yinning
orqa sohasida
ko‘p uchraydi, ya’ni bu holat iflos kuylaklarning yoqasi bo‘yinga ko‘p
ishqalanishi tufayli terining shikastlashi sababli kelib chiqadi.
Karbunkulning klinik kechishi ham furunkulnikiga o‘xshash, biroq bu
ko‘rsatkichlar og‘irroq kechib, bularga ishtahaning yo‘qligi va qusish
holatlari qo‘shiladi. Karbunkulda furunkulga qaraganda abssess, fleg-
mona, limfadenit, tromboflebit va sepsis kabi asoratlar ko‘p uchraydi.
Karbunkul bilan og‘rigan bemorlar ham shoshilinch ravishda shifo-
xonalarda davolanishlari shart.
Gidradenit ter bezlarining o‘tkir yiringli kasalligidir. Bunday yiringli
yallig‘lanishga ko‘pincha qo‘ltiqosti ter bezlari chalinadi. Avvaliga qizarib
infiltrat hosil qiladi, keyinchalik uch berib, o‘rta
qismidan yiring
chiqaradi, abssesslar paydo qiladi. Bunday bemorlarning qariyb barchasi
ambulator sharoitda davolanishlari tavsiya etiladi.
Limfongoit va limfoadenit – limfa tomirlarining hamda limfa
bezlarining yallig‘lanishi bo‘lib, ikkala xastalik ham ikkilamchi kasalliklar
turkumiga kiradi. Bular asosan furunkul, karbunkul, gidradenit va boshqa
yiringli kasalliklar asorati sifatida paydo bo‘ladi. Yiringli o‘choqlar
rivojlangan joylardan limfa tomirlari bo‘ylab tomir qizarib, og‘riq bilan
tortilgan joyni paypaslaganda og‘riq beradigan chiziq biror-bir bo‘g‘im
chuqurchasida tugunlar hosil qilishi va ularning kattalashishi limfadenit
deb ataladi. Ba’zi yallig‘langan tomirlar bo‘ylab kuzatiladigan infiltrat
yumshaydi, og‘riqlar bir oz kamayadi. Bu esa yiringlash ro‘y
berganligidan dalolat beradi. Bunday hollarda jarrohlik yo‘li bilan yiringli
o‘choqlarni ochish tavsiya qilinadi. Qolgan
hamma hollarda asosan
birlamchi yiringli kasalliklarni davolash, antibiotiklar va fizioterapevtik
umumiy davolash tavsiya etiladi. Kasallik boshida esa a’zolar harakatini
chegaralab, mahalliy muolajalarni bajarish maqsadga muvofiqdir.
119