6. Ochiq sinishlarda immobilizatsiya qilishdan oldin jarohatga aseptik
bog‘lam qo‘yiladi, ushbu soha jarohatdan
oldin qanday holatda turgan
bo‘lsa, xuddi shunday holatda harakatsizlantiriladi, bunda yordamchi
ko‘maklashadi.
7. Zarurati bo‘lmagan hollarda rezina jgut ishlatmaslik lozim.
8. Shinalarni yalang‘och tanaga qo‘yish man etiladi.
Shinaga oldindan
mato o‘raladi yoki kiyim ustidan qo‘yiladi. Shina qirg‘oqlari terini
shikastlamasligi kerak.
9. Bo‘g‘imlar jarohatlanganda sohani cho‘zib harakatsiz-lantirish
maqsadga muvofiq emas.
10. Shifoxonaga olib borish vaqtida jarohatlanganni zambilga
o‘tkazishda shikastlangan sohani avaylab amalga oshirish kerak.
11. Shina jarohatlangan sohaga bint bilan mahkam o‘ralgan bo‘lishi
lozim.
Kramer shinasini qo‘l va oyoqlarga qo‘yish uch bosqichdan iborat.
1-bosqich – tana qismining shakliga shinani moslashtirish.
2-bosqich – shinaning ichki
tomonini paxta bilan yopib, bint yor-
damida mahkamlash.
3-bosqich – shinani joylashtirish va umumiy qabul qilingan bog‘lash
usuli yordamida mahkamlash.
Diterixs shinasini qo‘yish 7 bosqichdan iborat:
1) shinaning panja ostki qismi oyoq panjasi ostiga «sakkizsimon»
bog‘lam ko‘rinishida bintlar yordamida mahkamlanadi;
2) tashqi qismi (uzun qismi) qo‘ltiq ostidan
panja ostki qismining
metall quloqchasi orqali o‘tkazilib, undan 8–10
sm ortiqcha uzunlikda
qo‘yiladi;
3) ichki qismi chot sohasidan panja ostki qismining metall quloqchasi
orqali o‘tkazilgan holatda qo‘yiladi;
4) boldir sohasining
osilib qolmasligi uchun, qo‘shimcha ravishda
Kramer shinasidan foydalanish tavsiya etiladi;
5) suyaklarga tegib turgan joylarga
paxtadan yoki porolondan
qistirgichlar qo‘yiladi.
6) sirkular yo‘nalishda bint yordamida shina boldir, son, qorin va
ko‘krak
qafasiga mahkamlanadi;
7) tayoqchali buragich yordamida cho‘zish amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: