QORIN BO‘SHLIG’I A’ZOLARINING
KASALLIKLARI
Ma’lumki, har bir jarrohlik muassasalarida shoshilinch chora ko‘-
rishni talab etadigan jami operatsiyalarning 2/3 qismini tashkil etadigan
qorin bo‘shlig‘ining o‘tkir jarrohlik kasalliklariga (o‘tkir appenditsit, o‘tkir
xoletsistit, oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasining teshilishi
(perforatsiyasi), oshqozon va ichaklar yarasidan qon ketishi, ichak
tutilishi, o‘tkir pankreatit va boshqa kasalliklar bitta «o‘tkir (xavfli) qorin»
nomi bilan ataladi.
Asosiy klinik simptomlari quyidagilar:
1) qorin bo‘shlig‘ida to‘satdan boshlanadigan og‘riq;
2) qorin pardasining yallig‘lanishi, ya’ni qorin devori muskullarining
taranglashishi;
3) yurak-tomir doirasidagi o‘zgarishlar, shokkacha borishi, ovqat
hazm qilish doirasidagi disfunksional o‘zgarishlar (ko‘ngil aynishi, qayt
qilish, qabziyat bo‘lishi, ichak yurishining (perestaltika) to‘xtashi kabilar.
«O‘tkir qorin» tashxisi gumon qilingan barcha holatlarda, qisqa vaqt
ichida bemorni zambilga yotqizib, bosh tomonini bir oz ko‘tarib,
oyoqlarini tizzasidan bukib, tagiga yostiq qo‘yib, shoshilinch ravishda
yaqinroqda joylashgan jarrohlik bo‘limiga eltish maqsadga muvofiqdir.
Agarda bemorda shok belgilari bo‘lsa, muskul oralig‘iga yurak va nafas
analeptiklari (2
ml–10 % li kofein va 2
ml kardiamin) dori-darmonlarini
qilish tavsiya etiladi.
Qorin bo‘shlig‘i a’zolarining o‘tkir kasalliklari ichida shoshilinch,
muntazam ravishda davolash muolajalariga muhtoj kasalliklardan biri
bo‘lgan oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligini alohida
ko‘rsatish kerak. Bu kasallikni alohida ta’kidlashimizga sabab, u bilan 8–
10 % dan ko‘proq erkaklar og‘riydilar va asoratlari ham ko‘p uchraydi. Bu
kasallik asoratlari kutilmaganda kasallik rivojining turli vaqtlarida,
qolaversa klinikalarda birinchi bor aniqlanishi ham mumkin.
Oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasining teshilishi (per-
foratsiya) bu kasallikning eng katta va eng xavfli asoratlaridan biri
sanaladi va shoshilinch jarrohlik muolajalarini talab etadi.
Birinchi davr (perforatsiya boshlangandan so‘ng 4–6 soat ichida) – bu
vaqtda to‘satdan «xanjar» sanchilgandek kuchli og‘riq qorinning yuqori
qismida boshlanadi, qorinning oldingi devori muskullari taranglashib,
taxtasimon qattiq holatga o‘tadi. Ayrim hollarda shok holati kuzatiladi
(bemor oqarib, sovuq terga tushadi, bradikardiya – tomir urishi pasayadi,
nafas olishi yuzaki va h. k.), tana harorati bu vaqtda me’yorida bo‘ladi.
Ikkinchi davr (teshilgandan keyin 6–12 soatgacha) davom etadi, bu
vaqtda o‘tkir shok belgilari yo‘qolib, bemor o‘zini bir oz yaxshi his qiladi,
gohida eyforiya – mast odamga o‘xshab alahsirashi mumkin.
126
Ammo bu holat «soxta» yaxshilanish vaqti hisoblanib, bu vaqtda
qorin pardasining yallig‘lanishi rivojlanadi.
Uchinchi davr teshilishdan keyingi 12–18 soatni o‘z ichiga oladi va
peritonit (qorin pardasi yallig‘lanishi)ning mahalliy va umumiy
simptomlari butkul rivojlanganligi bilan ifodalanadi.
Kasallikning umumiy belgilari organizmning umumiy zaharlanishi
(intoksikatsiya) asosida rivojlanadi: tili quruq, oq parda bilan qoplangan,
tana harorati ko‘tarilgan, tomir urishi tezlashgan, ko‘ngil aynishi, qayt
qilish, ayrim hollarda siydik ajralishining buzilishi (ko‘pincha to‘xtashi)
kabilar. Kasallik o‘tib ketgan hollarda bemorning yuz ifodasi shunchalik
najot istab turganga o‘xshaydiki, bu ifodaga qarab ham bemorga peritonit
tashxisini qo‘yish mumkin. Yuz ifodasining bu ko‘rinishiga «Gippokrat
yuzi» deyiladi, ya’ni yuz ifodasi bir nuqtaga qaratilgan, ko‘zlari cho‘kkan,
ko‘zlari tagida qoramtir dog‘lar hosil bo‘lganligini kuzatish mumkin.
Bemor vaqti-vaqti bilan alahsiraydi va og‘ir hollarda hushidan ketish
kuzatiladi.
Peretonitning asosiy belgilarini ifodalovchi mahalliy simptomlari:
qorindagi kuchli og‘riq, paypaslagandagi og‘riqlar, qorin muskullarining
tarangligi va nafas olishda ishtirok etmasligi.
Oshqozon perforatsiyasida bemorni qutqarib qolishning birdan-bir
chorasi shoshilinch jarrohlik muolajalariga hamda muolajalarning qancha
erta boshlanganligiga bog‘liqdir. Shu qoidalarni qat’iyan esda tutish shart.
Dostları ilə paylaş: