keskin o‘sib borishi, yuza sohada «fluktuatsiya» belgilari paydo bo‘lishi
mumkin.
Agarda yopiq lat yeyishning og‘ir holatlari kuzatilsa, parenximatoz
a’zolar (jigar, taloq) yorilsa, unda qorin bo‘shlig‘iga qon ketishining
belgilari namoyon bo‘ladi (bexosdan bemor rangining oqarib ketishi,
umumiy quvvatsizlik, uyquchanlik, og‘iz qurishi, tomir urishining
tezlashganligi va qon bosimining keskin tushib borishi va h. k.).
Birinchi tez yordam ko‘rsatish vaqtida bemorni yotqizib, unga to‘liq
tinchlik berish kerak. Qorniga muzli pufak, agarda ichki qon ketishining
belgilari bo‘lsa, shokka qarshi shoshilinch muolajalar – qon va qon o‘rnini
bosuvchi suyuqliklar quyish lozim.
Bunday holatlarda shuni unutmaslik kerakki, bemorlarga og‘riqni
qoldiruvchi morfin va boshqa analgetiklarni yuborish taqiqlanadi, ya’ni
og‘riqni qoldiruvchi bunday dori-darmonlar ta’siri kasallik belgilarini
aniqlashda ba’zi bir chalkashliklarga olib kelishi mumkin.
Har qanday holatda sodir bo‘lgan qorin devorining lat yeyishi bilan
murojaat qilgan bemorlarni statsionarga kuzatib, tekshirish uchun
yotqizish shart. Og‘ir hollarda bemorlarni shoshilinch jarrohlik bo‘lim-
lariga zambilga yotqizib olib borish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: