Shikastlangan kishini zambilga joylashtirish qoidalari
Shikastlangan kishi zambilga quyidagicha joylashtiriladi:
112
1) choyshab yozilgan zambil shikastlangan kishining jarohatlangan
tomonidan yoniga qo‘yiladi. Ikki kishi yordam beradi – birinchisi tizzalab
turib bitta qo‘lini bemorning boshi tagiga olib borib, ikkinchi qo‘li bilan
bo‘yin va ko‘krak qismidan, ikkinchi kishi dumg‘aza va boldir ostidan
ushlaydi;
2) shikastlangan kishi bir vaqtda, siltamasdan yerdan ko‘tariladi;
3) uchinchi, yordamlashuvchi kishi zambilni bemorning tagiga suradi,
bemor unga ehtiyotlik bilan tushiriladi va choyshab bilan o‘raladi.
Shikastlangan kishini zambilda tashish
Shikastlangan kishini zambilda tashishda quyidagilarga e’tibor qilish
kerak:
1) zambilni dastalaridan ushlab, bir
vaqtda yerdan ko‘tariladi va bosh tomoni
oldinga qilib harakatlanadi. Yurishda may-
da qadamlar bilan, tizzani salgina bukib,
bir vaqtda tashlanmagan qadamlar bilan
harakat qilinadi;
2) zinapoyadan ko‘tarilishda yoki
tepalikka chiqishda shikastlangan kishi-
ning boshi oldingi tomonda bo‘lishi kerak.
Agar oyoq suyaklari singan bo‘lsa, bundan
mustasno, bu holda zambilni gorizontal
holatda saqlash kerak (20- rasm).
3) zinapoyadan pastga tushishda
(tepalikdan tushishda) shikastlangan kishi-
ning oyoqlari oldinda (oyoqlar shikastlan-
gan bo‘lsa bundan mustasno) bo‘lishi kerak
(21- rasm).
20-rasm.
Shikastlangan kishini zambilga joy-
lashtirishda olingan jarohat turiga mos
kelishini ta’minlash lozim, ya’ni turli xil
jarohatlarda zambilga turlicha joylash-
tiriladi. Shuning uchun ham kuzatuvchi
shikastlanganning zambildagi holatini doi-
mo diqqat bilan kuzatib borishi kerak:
a) umurtqa singan deb taxmin qilinsa
va bemorning hushi o‘zida bo‘lsa, qattiq taxta ustiga yotqizilib, gorizontal
holatda tashiladi;
21-rasm.
b) va v) bosh va miya shikastlanganda (hushi o‘zida, shok belgilari
yo‘q) zambillarda oyoq tomonini 10–15
0
pasaytirib ko‘tarib boriladi. Bosh
tagiga uni va bo‘yinni mahkamlash uchun yostiqcha qo‘yish mumkin;
113
g) va d) qon yo‘qotish va shok
bo‘lsa yoki ularning xavfi bo‘lsa, bosh
tomon pastroq, oyoqlar 10–15
0
ga
ko‘taribroq qo‘yiladi yoki oyoqlar qa-
lamtarosh ko‘rinishida bukilgan bo‘lishi
kerak;
22-rasm.
ye) ko‘krak qafasi va uning organ-
lari shikastlanib, o‘tkir nafas yetish-
movchiligi kuzatilsa, tana va bosh tomon
ko‘taribroq tashiladi (22- rasm);
j) qorin bo‘shlig‘i organlari va tosning shikastlanishlarida gorizontal
holatda yotqizilib, bosh va tizza ostiga yostiqchalar qo‘yiladi;
z) yuz va jag‘ sohalarining shikastlanishlarida gorizontal vaziyatda
yuzi bilan pastga qaratib yotqiziladi;
i) hushi o‘zida bo‘lmagan holat-
larda (asfiksiyaning oldini olish maq-
sadida) bemor yonboshi bilan turg‘un
holatda yotqizilishi kerak.
Agar sharoit zambilni bemorga
yaqin olib kelishga imkoniyat bermasa,
unda bemorni qo‘lda quyidagi usullarni
qo‘llab:
1) agar tashuvchi bir kishi bo‘lsa, u
quyidagi usullarni qo‘llashi mumkin
(23- rasm):
23-rasm
a) yaradorning orqasidan ushlab yordam berishi;
b) qo‘lda ko‘tarib olib borishi;
v) yelkasida yoki orqalab olib
borishi;
g) choyshab, plash, palto, palatka,
daraxt shoxlari ustiga bemorni
joylashtirib chanaga o‘xshab tortib borish
mumkin;
2) agar shikastlangan kishiga yordam
beruvchilar ikki kishi bo‘lsa, ular
bemorning ikki tomonidan bir tizzasida
yerga turib, bir qo‘lini belidan, boshqa
qo‘lini chanoq ostidan o‘tkazib ushlab
ko‘tarishadi va bir vaqtda tashlanmagan qadamlar bilan kasalni ko‘tarib
kerakli joyga olib borishadi (24- rasm);
24-rasm.
3) agar bemorning holati yo‘l qo‘ysa, uni o‘tirgan holatda «murakkab
qulf» usulini qo‘llab ko‘tarib borish mumkin. Bunda bemor qo‘llari bilan
ko‘tarib borayotgan kishilarning bo‘ynidan quchoqlab oladi (25- rasm).
114
Ko‘krak va ko‘krak qafasi suyaklari singan
bemorlarni zambilda yarim o‘tirgan holatda trans-
portirovka qilish mumkin. O‘mrov va ko‘krak su-
yaklari singanda o‘tirgan holatda transportirovka
qilinadi.
Shikastlangan kishini davolash muassasasiga
tezlikda yetkazish zarur bo‘lgan holatlarda trans-
portirovka qilish birinchi tibbiy yordamning eng
muhim bosqichlaridan hisoblanadi.
Bunda imkoniyat boricha quyidagi qoidalarga
amal qilish kerak:
a) tez va ehtiyotkor tashishni ta’minlash (qo‘-
pollik og‘riq chaqiradi, suyak siniqlari siljishiga va
shokka sababchi bo‘lishi mumkin);
b) ko‘tarib borish va tashishni shikastlanishning
xususiyati va og‘irligiga mos ravishda bajarish;
25-rasm.
v) transportirovka qilishdan oldin jarohatlarni bog‘lash, shinalar
qo‘yish, og‘riqsizlantirish, agar sharoit ko‘tarsa, tomirga dori quyuvchi
tizimni tayyorlab qo‘yish va shu kabilarni, boshqacha aytganda, bemorni
birinchi yordam ko‘rsatishning yakunlovchi bosqichiga tayyorlash kerak.
Ko‘pincha shunday holatlar yuz beradiki, yordam beruvchi kishi,
jarohatlangan kishi nafas olayaptimi yoki yo‘qmi, yurak faoliyati to‘xtab
qolmaganmi va shu kabi hayotiy muhim narsalarni e’tiborsiz qoldirib, eng
avvalo, shilingan jarohatlarni tozalash va bog‘lash bilan shug‘ullanadi
yoki shikastlangan kishini e’tiborsiz qoldirib, uni shifoxonaga olib borish
uchun transport qidirib yuradi.
Shikastlangan kishiga nisbatan qo‘llanilgan tiriltirish choralari
natijasida nafas va yurak faoliyati tiklangach, qon bosimi me’yorga
kelgach, u transportirovkaga tayyorlangan hisoblanadi. Agar shu
vaqtgacha nafas olishi tiklanmasa, sun’iy nafas oldirishni transportirovka
vaqtida ham davom ettirish lozim.
Agar tiriltirish chora-tadbirlari muvaffaqiyatsiz bo‘lib, o‘lim belgilari
yuzaga chiqsa, vrach kelishini kutish kerak. Vrach shikastlangan kishining
o‘limini uzil-kesil aniqlab beradi;
g) zambilning transport vositasining harakati vaqtida qo‘zg‘alib va
harakatlanib ketmasligi uchun chora ko‘riladi, ya’ni u mahkamlab
qo‘yiladi;
d) qishda kasal ustiga issiq narsalar yopib qo‘yish lozim;
e) kuzatuvchi doimo bemorning yonida bo‘lishi zarur (mashina
kabinasiga – haydovchi yoniga o‘tirib olmasligi kerak).
Shikastlangan kishilarni maxsus mashinalarda, shuningdek yo‘lovchi
yengil mashinalarda, samolyotlarda, traktorlarda (tirkamalari bo‘lgan),
aravalarda transportirovka qilish mumkin.
115
Hal qiluvchi narsa transportning turi emas, balki kasalning qanchalik
tez maxsus kasalxonaga olib borilishidir. Shikastlangan kishini iloji
boricha tez, maksimal qulayliklarga ega bo‘lgan va barcha talablarga
javob beradigan holatda eng yaqin davolash muassasasiga olib borish
kerak.
Shikastlangan kishini zambildan krovatga o‘tkazishda, zambilning
oyoq tomoni krovatning bosh tomoniga qaratib qo‘yiladi yoki aksincha.
Og‘ir shikastlanishlarda zambil krovat yoniga bir xil balandlikda
qo‘yiladi, keyin ehtiyotlik bilan bemor krovatga o‘tqiziladi.
Xotima o‘rnida yana bir muhim narsa – yordam beruvchi kishi
bemorga va uning yaqinlariga xushmuomala bo‘lishi kerak. Eng avvalo,
ularni tinchlantirish va ruhan qo‘llab-quvvatlash, shikastlangan kishining
tuzalib ketishiga umid va ishonch tug‘dirishi lozim (amalda bunday umid
qolmagan bo‘lsa ham). Bu narsa bemorda davolashning keyingi
bosqichlarida vrach kasalxonada qo‘llaydigan davolash chora-tadbirlariga
ishonch tug‘diradi. O‘z navbatida, bu kasalning tezroq oyoqqa turishiga
sabab bo‘ladigan omillardan biridir.
116
|