1) pala-partish jinsiy aloqalar ehtimolligini cheklash;
2) jinsiy aloqada prezervativ qo‘llash;
3) jinsiy aloqadan so‘ng jinsiy a’zolarni sovun bilan yuvish;
4) individual profilaktika punktiga murojaat qilish.
Jamoat profilaktikasi:
1) tanosil kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni maxsus ro‘yxatga
olish;
2) tanosil kasalligiga uchragan bemorlarni bepul davolash;
3) zaxm kasalligining barcha yuqumli ko‘rinishlari bilan og‘rigan
bemorlarni maxsus shifoxonalarga yotqizish;
4) infeksiya manbalarini aniqlash;
5) tanosil kasalligiga yo‘liqqan bemorlar bilan jinsiy aloqada bo‘lgan
shaxslarni aniqlash va ularni maxsus tekshiruvdan o‘tkazish;
6) tanosil kasalligiga yo‘liqqan bemorlar bilan aloqada bo‘lganlarni
oldindan davolash;
7) davolanishdan bosh tortgan bemorlarning majburiy davolanishini
amalga oshirish;
8) ishga joylashayotganlar, donorlar va homiladorlarni tanosil
kasalligi bo‘yicha tekshirish;
9) shifoxonaga yotgan barcha bemorlarning tanosil kasalligi bo‘yicha
tekshiruvini amalga oshirish;
10) tanosil kasalligiga uchrab, uni yuqtirib yurgan shaxslarga nisbatan
jinoiy jazo choralarini qo‘llash;
11) aholining teri-tanosil kasalliklari va uning asoratlari bo‘yicha
tibbiy madaniyatini oshirish.
OITS – orttirilgan immuntaqchillik sindromi
U birinchi marta infeksion kasallik sifatida 1981 yilda AQSHda qayd
qilingan.
OITS chaqiruvchisi tuzilishi va kimyoviy tarkibi bo‘yicha juda
murakkab virus hisoblanadi. Odatdagi xona haroratida virus o‘zining
yuqumliligini uzoq muddatgacha saqlaydi. Masalan, 2 0C haroratda, hatto
quritilgan holatda 4–6 kun mobaynida yuqumli hisoblanadi. Yuqori harorat
va boshqa vositalar ta’sirida virus halok bo‘ladi. Kasallik asosan jinsiy
aloqa orqali yuqadi. Bundan tashqari, sterillanmagan ninalar, shpritslar va
boshqa vositalar qo‘llanilganda, qon va uning mahsulotlari quyilganda,
organ va to‘qimalar boshqa odamga o‘tkazilganda, bemor onadan bolaga
yuqish hollari ham kuzatiladi.
OITSning yuqishida «xavfli» guruhlar katta o‘rin tutadi, ayniqsa bu
guruhga besoqol (gomoseksualist)lar kiradi.
Kasallik asosan tartibsiz jinsiy hayot kechirgan odamlarda uchraydi.
Shuning uchun bu kasallikning keng tarqalishida fohishabozlik muhim
o‘rin egallaydi. Keyingi navbatda xavflilik jihatidan giyohvandlar guruhi
turadi, ular sterillanmagan ninalar va shpritslardan foydalanganligi uchun
174
kasallik yuqadi. Shunday qilib, gomoseksualistlar, fohishalar va
giyohvandlar guruhlari ushbu kasallik bilan yuqori darajada, ya’ni 95 %
holatlarda og‘riydilar, qolgan hollarda qon quyish, bo‘yrakni o‘tkazish va
bemor onadan bolaga o‘tishi kuzatiladi.
Odam organizmi immun tizimining shikastlanishi – OITS rivoj-
lanishining asosiy mexanizmi hisoblanadi. Virus immun tizim hujayralari
(T – limfotsitlar) ichida ko‘payadi va ularni parchalaydi, shuning uchun
immun javob reaksiyasi pasayadi.
OITSning yashirin davri o‘rtacha 2–5 yil davom etadi. Bu davrda
bemor o‘zini sog‘lom deb o‘ylaydi, ammo atrofdagilar uchun yuqtirish
xavfi yuqori hisoblanadi, ular infeksiya manbaiga aylanadilar. Bunday
odamlar virus tashuvchilar hisoblanadi.
OITSning klinik kechishi. OITSning klinik kechishi 4 ta bosqichga
bo‘linadi.
1. Yashirin davri – bir necha yil davomida kasallik belgilari paydo
bo‘lmay virus tashib yuriladi.
2. Zo‘raygan limfoadenopatiya sindromi. Bu davrda ikki va undan
ortiq limfa tugunlarining kattalashishi kuzatilib, 3 oy davom etadi.
3. OITS uyushgan kompleks davri – barcha limfa tugunlarining
kattalashishi, tana vaznining kamayishi, terlash, haroratning ko‘tarilishi,
yo‘tal, oshqozon-ichak tizimi faoliyatining buzilishi va immun tizimining
pasayganligini laboratoriya ko‘rsatkichlari tasdiqlaydi.
4. Klinik belgilarining keng miqyosda rivojlanish bosqichi, ya’ni
hamma vaqt bemor o‘limi bilan tugaydi.
Immun tizimi faoliyati pasayishining aniq sababi bo‘lmaganda, ya’ni
o‘sma (rak) va ovqatlanish yetishmovchiligining og‘ir shakllari yoki
boshqa aniq holatlar kuzatilmaganda, yoshi kattalarda OITS tashxisi uning
2 ta ahamiyatli va bitta ahamiyatsiz belgilari birga uchraganda qo‘yiladi.
1. Ahamiyatli belgilari:
a) tana vaznining 10 % ga va undan ko‘proq kamayishi;
b) bir oydan ko‘proq muddat surunkali ich ketishi;
v) bir oydan ko‘proq muddat muntazam ravishda haroratning
ko‘tarilishi (doimiy yoki vaqti-vaqti bilan).
2. Ahamiyatsiz belgilari:
a) bir oydan ko‘proq muddat davomli kuchli yo‘tal;
b) ko‘p o‘choqli zo‘raygan dermatit (teri yallig‘lanishi);
v) qaytalanuvchi o‘rab oladigan uchuq;
g) tomoq va og‘iz bo‘shlig‘ining kandidozi;
d) surunkali zo‘raygan va keng tarqalgan oddiy uchuq;
e) zo‘raygan limfadenopatiya.
Teri va shilliq qavatlarining yallig‘lanishi ba’zan OITSning asosiy va
yagona belgisi hisoblanadi. Bemorlarning 50–100 % da o‘pka va ovqat
175
hazm qilish traktining shikastlanishi kuzatiladi. 60 % bemorlarda aql
pasayishining rivojlanishi mumkin.
Hozirgi vaqtda kasallikning oldini olish chora-tadbirlariga aholi
orasida sanitariya-targ‘ibot ishlarini olib borish kiradi. Bunda aholiga
kasallikning yuqish yo‘llarini, ya’ni asosan jinsiy aloqa vaqtida yuqishini,
tasodifiy jinsiy aloqalarda rezina olat qopchig‘idan foydalanish kerak-
ligini, ammo bu kasallikning havo-tomchi yo‘li bilan va oziq-ovqat
mahsulotlari orqali ham yuqishi mumkinligini tushuntirish kerak. Fohisha-
bozlik va giyohvandlikka qarshi kurashish kerak. Shaxsiy gigiyena
qoidalariga rioya qilish, bemor ayollarni homiladorlikdan saqlash kerak,
chunki bunda homila ham kasallikka chalinadi.
Infeksiyaning tarqalishiga ifloslangan nina va shpritslarni ishlatish
ham sabab bo‘ladi, shuning uchun giyohvandlik ham yuqori xavfli guruh
hisoblanadi. Qon topshirayotgan donorlar muntazam ravishda tekshirib
boriladi. Respublikamizda OITSni anonim yo‘l bilan aniqlaydigan maxsus
shifoxonalar tashkil qilingan. Bu yerda istagan odam o‘z sog‘lig‘ini bepul
tekshirib ko‘rishi mumkin. Bundan tashqari, yurtimizga kelgan barcha
chet el fuqarolari tekshiruvdan o‘tkaziladi, ayniqsa OITSga endemik
o‘choq hisoblangan mamlakatlardan kelganlar alohida bir necha bor
tekshiriladi. OITS bilan og‘rigan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslar
ham tekshiruvdan o‘tkaziladi.
176