Isterik reaksiyalarda birinchi yordam ko‘rsatish
Xuruj boshlanganda bemor oldida begonalar bo‘lmasligi, yordam
ko‘rsatuvchi vasvasaga tushmasligi kerak. Tutqanoq vaqtida bemorni
ushlab turish lozim, aks holda, o‘zini mayib qilib qo‘yishi mumkin.
Bemorlarga katta e’tibor bilan yordam ko‘rsatish kerak, yo‘qsa xuruj
cho‘zilishiga olib kelishi mumkin, buni bemorlarning o‘zlari ham
tasdiqlaydilar.
O‘tkir psixik hollarda kechiktirib bo‘lmaydigan
yordam choralari
Psixik faoliyatning buzilishi nafaqat mustaqil ruhiyat kasallarida,
balki somatik kasalliklarda ham uchraydi. Butun o‘zgarishlarni,
buzilishlarni barvaqt aniqlash va yordam berish bemorlarning o‘ziga ham
atrofdagilarga ham katta naf beradi.
Amaliyotda gallyutsinator qayg‘urishlar, vasvasa g‘oyalari, affektiv
buzilishlar va ong buzilishiga yo‘liqqan bemorlar ko‘p uchraydi.
Gallyutsinator sindrom
Gallyutsinatsiyalar (hallutinotio – yo‘q narsa) – xato idrok etish yoki
idrok etishning aldanishi. Gallyutsinatsiyalarning asosiy xususiyati
shundan iboratki, ular real obyektni idrok etmay, sezgi organlari real
qitiqlanmay paydo bo‘ladi.
Gallyutsinatsiyalarni sezgi organlari: ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m
bilishlar, umumiy sezgi bo‘yicha bo‘lishi qabul qilingan.
Ko‘rish gallyutsinatsiyalarida bemorlar, aniq bir odamni, hayvonlarni,
turli-tuman sahnalarni (majlislar, motam marosimi, tabiiy ofatlar) ko‘rishi
mumkin. Ko‘rinayotgan voqealar bemordan ma’lum masofada ko‘rinib,
unga yaqinlashishi yoki uzoqlashishi mumkin. Gallyutsinatsiyalar har
doim ongi buzilgan bemorlarda kuzatiladi. Bu holatlarga doimo affektiv
xavotirlanish, qo‘rqinch, alam yo‘ldosh bo‘lib, bemorlar turli xildagi
qonunbuzarliklarni keltirib chiqaradilar, atrofdagilar uchun ham, o‘zlari
uchun ham xavfli vaziyatlar yaratadilar.
Eshitish gallyutsinatsiyalari ko‘pincha «ovoz» ham deb ataladi. Bu
ovozlar yoki chaqirishlar bemorlarga tanishlari, begonalar, ayollar yoki
erkaklarning past, baland yoki baqiriq ovozlari bo‘lib eshitilishi mumkin.
Ba’zan bir, ikki va undan ortiq ovoz eshitiladi. Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri
bemor bilan yoki o‘zaro gaplashishlari mumkin. So‘zlar ma’nosiga qarab
turlicha bo‘lishi mumkin: haqorat, ayblash, ta’qib, hazil, buyruq tarzida va
h. k. Bemor bunga qiziqish, hayrat, qo‘rqinch bilan, shu bilan birga, bemor
bu tovushning kimga taalluqli ekanligini izlash, himoya, hujum, o‘ziga
qarshi harakatlar, ba’zida juda qaltis harakatlar bilan javob beradi
(imperativ gallyutsinatsiyalar).
188
Hid bilish gallyutsinatsiyalari bemorda (yoqimsiz yoki xushbo‘y
hidlar – axlat, chirigan, gaz, tayyorlanayotgan ovqatlar, gullar hidlari)
sezgisini sezilarsiz qo‘zg‘atadi.
Ta’m bilish gallyutsinatsiyalari esa og‘izda biror ovqat bo‘lmasa ham,
turli ta’m hislari paydo bo‘lishi bilan ifodalanadi.
Umumiy sezgi gallyutsinatsiyalari esa tana yuzasida yoki ichida hosil
bo‘lgan noxush sezgilar «u yoki bu begona jism» tufayli kelayotganidan
noliydi.
Dostları ilə paylaş: |