Tilini yutib yubormasligi uchun uni sochiq bilan ushlab turish yoki
boshini yon tomonga burib qo‘yish lozim bo‘ladi. Nafas olishi yaxshi
bo‘lishi uchun bo‘ynidagi tugmalarini yechib qo‘yish kerak. Agar
bemorligi oldindan aniq bo‘lsa, baxtsiz hodisa yuz bermasligi uchun uni
kuzatib yurish zarur. Bemorni cho‘kishdan, yong‘indan, yuqoridan
yiqilishdan, harakatdagi mashinalar tagiga tushib qolishdan ehtiyot qilish
lozim.
Shuning uchun ham epileptik tutqanog‘i bor bemorlarning ish
faoliyati cheklanadi, ularga katta suv havzalari oldida, avtomatik
mexanizmlar, balandlik, elektr manbalarida ishlash taqiqlanadi.
Tutqanog‘i bor bemorlar aurasi aniqlanganda tezda chora-tadbirlar
ko‘rish kerak. Ya’ni bemorni yumshoq o‘ringa yotqizib, agar bemor qabul
qiladigan dorilar ma’lum bo‘lsa, ularni shoshilinch ishlatish lozim.
Yordam ko‘rsatishda bu bemorlarning agressiv ekanligini, ta’sir-
chanligini hisobga olib, atrofdagilardan ajratish va ular bilan bahs-
lashmaslik hamda xushmuomalada bo‘lish maqsadga muvofiqdir.
Isterik reaksiyalar (isterik nevroz)
Isterik reaksiyalar ichida harakatning buzilish turlari ko‘p uchraydi.
Bu bemorlarda ruhiy travmalardan so‘ng tarqoq va aniq bo‘lmagan
harakatlar boshlanadi. Bir tekis silliq harakat qilib boshlarini o‘rab
oladilar, odatdan tashqari turish shakllarini namoyon qiladilar, gohida
yoysimon egiladilar. Bu kabi tirishishlarda bemorlar koma holatida
bo‘lmaydilar, shuning uchun kamdan-kam hollarda jarohat oladilar.
Gohida bemorlar bu holatda tovush chiqaradilar, tishlarini g‘ijirlatadilar.
Begonalar ishtirokida bu holat ancha cho‘zilishi mumkin, ammo 10–12
minutdan oshmaydi.
Agar bemorga sovuq suv sepilsa, tirishish to‘xtashi mumkin. Xuruj
tugaganidan so‘ng bemorlarda darmonsizlik va bo‘shashish kuzatiladi.
Motorikaning isterik tipdagi buzilishlarida umumiy yoki mahalliy
harakat buzilishlaridan tashqari yana harakatsizlanish yoki tormozlanish
turlari kuzatiladi. Tipik misol sifatida psixogen stuporni olishimiz
mumkin. Xuddi isterik talvasa kabi, bunda ham bemorni ovuntirish yo‘li
bilan asl holatiga qaytarish mumkin. Bemorlar bironta noxush xabarni
eshitgach yoki og‘ir holatlarda stupor holatiga tushib yerga yiqiladi. Lekin
yiqilgan vaqtda xuddi hushidagidek o‘zining jarohatlanishiga yo‘l
qo‘ymaydi, savollarga javob bermay, og‘ir va shovqinli nafas ola
boshlaydi. Keyinroq nafas yuzaki tusga kirib, puls tezlashadi. Bunday
bemorlar shu vaqtda xuddi o‘layotgan odam ko‘rinishida bo‘ladi.
187