lak erituvchilar, dog‘ ketkazuvchi moddalar, kimyoviy yelimlarni hidlash
kabilar kiradi. Ular asosan og‘izdan, burun orqali hidlash yo‘li
bilan qabul
qilinadi. Kimyoviy moddalarga ruhiy moyillik juda tez paydo bo‘lib, bir
oy mobaynida surunkali shaklga aylanadi.
Polinarkomaniyalar – bunda bemorlar har xil turdagi narkotik
vositalarni bir vaqtda yoki muayyan ketma-ketlikda iste’mol qiladilar.
Agar bemor bir xil narkotik vositani uzoq vaqt iste’mol qilib, boshqa
turdagi narkotik vositaga o‘rganib qolsa, bu holat polinarkomaniya deb
atalmaydi, balki bir turdagi giyohvandlikning boshqa turiga o‘tish deb
ataladi.
Agar bemor bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ham ko‘p dorivor
moddalarni yoki boshqa narkotik vositalar ro‘yxatiga
kiritilmagan
moddalarni, ma’lum bir ketma-ketlikda, ma’lum bir tizimda iste’mol
qiladigan bo‘lsa, bunday holatni politoksikomaniya deb ataladi.
Giyohvandlik va toksikomaniya bilan xastalangan bemorlarga
nisbatan sud-psixiatrik ekspertiza va narkologik ekspertiza bemorning
holatiga, kasallik darajasiga individual yondashib xulosa chiqaradi. Ularda
hech qanday ruhiy buzilishlar bo‘lmasa, u holda o‘zlari
sodir qilgan
qonunbuzarlikka javob beradilar, hatto bunday holat og‘irlashtiruvchi
holat deb topiladi. Ruhiy buzilishlar yoki psixoz holatida sodir qilingan
huquqbuzarlik bo‘yicha javobgarlikka tortilmaydilar va sud tomonidan
majburiy tibbiy davolash choralari tayinlanadi.
Birinchi yordam ko‘rsatish. Barcha bemorlarda turli darajada ruhiy
o‘zgarishlar
kuzatiladi, shuning uchun ularga birinchi yordam ko‘rsatish
quyidagicha bo‘ladi. Agar bemorlarda epileptik tirishishlar bo‘lsa, u holda
tirishishga qarshi chora-tadbirlar amalga oshiriladi. O‘tkir psixomotor
qo‘zg‘alishlar kuzatilsa, bemorlarni mahkam ikki tomonidan ushlab,
shifoxonaga olib boriladi. Joniga
qasd qilish holatlari uchrasa, yuqorida
qayd qilingan chora-tadbir ko‘riladi.
Agar bemorda somatik kasallik bo‘lib, bu holat uning hayoti uchun
xavf tug‘dirsa, reanimatsion choralar o‘tkaziladi (sun’iy nafas, yurakni
bilvosita uqalash).
196