Uchinchi bosqich – kechki bosqich. Bemorning butun organizmi
funksiyalari pasayadi va jismoniy, nevrologik buzilishlarga olib keladi,
hatto aqli pastlik ham kelib chiqadi.
Giyohvandlik turlari:
morfinizm – morfin moddasiga ruhiy, jismoniy bog‘lanib qolish.
Morfin – opiy preparatlaridan biri bo‘lib, juda kuchli og‘riqsizlantiruvchi
ta’sir ko‘rsatadi. Preparat ta’sirida og‘riq bosilib, tinchlanish va
kayfichog‘lik hissi bilan o‘ziga xos mudroqlik holati kuzatiladi;
kokainizm – Lotin Amerikasi mamlakatlarida hozirgi kunda ham koka
bargini chaynash kabi qadimgi odat bor. Shu tufayli u yerlarda
giyohvandlikning kokainizm turi ko‘p uchraydi. Kokainning giyohvandlik
ta’siri juda tez namoyon bo‘ladi. Uni iste’mol qilgandan so‘ng 5–10
minutdan keyin odam quvnoq, harakatchan bo‘lib qoladi, turli qiliqlar
qiladi, ko‘p gapiradi, o‘zini quvvatga va kuch-g‘ayratga to‘lgandek, tetik
bo‘lgandek sezadi;
nashavandlik – nasha (gashish, chars, bang, xusus, xaras, dachcha,
marixuana va boshqalar) – hind kanopining o‘ziga xos hid va achchiq
ta’mga ega bo‘lgan moddasidir. Sharq mamlakatlarida aksariyat chekish
yo‘li bilan iste’mol qilinadi. Nasha kishini juda tashna qiladi va ishtahasini
ochadi, og‘riq sezish kamayadi yoki butunlay yo‘qoladi va kayfichog‘lik
kuzatiladi. Boshqa narkotik vositalardan farqli o‘laroq, nashaga o‘rganib
qolish odatda uning miqdori oshirilishiga olib kelmaydi.
Dostları ilə paylaş: