O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya birinchi tibbiy yordam toshkent



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə102/139
tarix24.10.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#160533
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   139
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya-fayllar.org

Klinikasi: yashirin davri 3–7 kun davom etadi. Kasallik to‘satdan
boshlanib, harorat 38–39
0
C gacha ko‘tarilishi kuzatiladi. Bemorda et
uvishishi, bosh og‘rishi, muskullarda og‘riq, ba’zi hollarda ko‘ngil aynishi
va qayt qilish kuzatiladi. Ko‘z va yuzning shilliq pardalari qizaradi.
Tulyaremiya kasalligining quyidagi klinik turlari mavjud:
– bubonli;
– generalizatsiyalashgan;
– o‘pka turi;
181


Bubonli turida, kasallikning 2–3 kuniga kelib limfa tugunlari


kattalashadi. Shu limfa tugunlari yallig‘lanishi yoki yara hosil bo‘lishi
xususiyatiga egadir. Ko‘z bubon turi kasalligida ko‘z qovoqlarining
qizarishi va shishi kuzatiladi. Kasallik uning og‘irlik darajasi va davo-
miyligiga qarab quyidagi shakllarga bo‘linishi mumkin (o‘tkir, uzoq
davom etadigan va surunkali). Tulyaremiyaning o‘pka turida bronxlar va
o‘pka kasallanishi kuzatiladi. Bemorning to‘sh suyagi sohasida og‘riq,
quruq yo‘tal, haroratning 37,5
0
C bo‘lishi, et uvishishi va terlash alomat-
lari bezovta qiladi. Generalizatsiyalashgan turida haroratning ko‘tarilishi,
et uvishishi, terlash, bo‘g‘imlarning kasallanishi va teri qoplamida
toshmalar paydo bo‘lishi bilan kuzatiladi. Bemorlarning tulyaremiyadan
sog‘ayishi asta-sekinlik bilan boradi, lekin o‘lim darajasi 1
% dan
oshmaydi. Ko‘pgina hollarda vabo, kuydirgi, ichterlama va toshmali
terlama kasalliklarini bir-biri bilan taqqoslash mumkin.
Profilaktikasi: o‘choqlardagi asosiy chora-tadbirlar quyidagilardan
iborat: kemiruvchilarga qarshi kurash; quduqlarga sichqon va boshqa
kemiruvchilarning kirib, suvning zararlanishidan asrash; tulyaremiya
o‘choqlari tarqalgan joylarda aholi o‘rtasida emlashni tashkil qilish.
Chinchechak – virusli o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, organizmning
kuchli zaharlanishi hamda terida va shilliq qavatlarda papulopustullez
toshmalar toshishi bilan kechadi.
Qadimgi yuqumli kasallik hisoblangan chinchechak insoniyat tarixida
o‘zining og‘ir kasallik ekanligi bilan chuqur iz qoldirgan bo‘lib, «mor»
deb atalgan. Misrda chinchechak bilan kasallangan va mumifikat-
siyalangan inson murdalarini topishgan. Chinchechak kasalligining
yuqumliligini birinchi bo‘lib aniqlagan ulug‘ olim Abu Ali ibn Sinodir. IV
asrda ham chinchechak kasalligi Shimoliy Afrika va arab mamlakatlariga
hamda VI asrda Yevropa mamlakatlariga tarqalgandir. XVI asr boshlarida
kasallikni Amerikaga ispan mustamlakachilari ataylab tarqatganlar.
Meksika qabilalari chinchechak bilan kasallangan insonlarni sovg‘a
tariqasida olib kasallanganlar va bu epidemiyaning tarqalishiga olib
kelgan.
Epidemiologiyasi: chinchechak asosiy karantin kasalliklar qatoriga
kiritilgan bo‘lib, infeksiya manbai kasal odamdir. Yuqish yo‘li havo-
tomchi va ba’zi hollarda havo-chang. Hozirgi vaqtda bu kasallik Afrika
(Keniya, Samoli, Efiopiya)da saqlanib qolgan.
Patogenezi: infeksiya darvozasi bo‘lib, nafas yo‘llarining shilliq
qavatlari, ba’zilarda teri qoplami hisoblanadi. Organizmga kirgan viruslar
ko‘payadi. Ko‘payish limfa tugunlarida va o‘pka to‘qimasida yuz beradi,
so‘ngra qonga chiqib butun tanaga tarqaladi. Terining epiteliy qoplamida
maxsus toshmalar paydo bo‘ladi. Asosan terining ochiq joylari
shikastlanadi, ichki a’zolar va buyrak usti bezining kasallanishi, natijada
infeksion kollaps rivojlanishi mumkin.
182




Klinikasi: yashirin davri 6–16 (ba’zan 17–22) kungacha davom etadi.
Kasallik o‘tkir boshlanib, tana harorati 39–40
0
C gacha ko‘tariladi, bosh
og‘rig‘i, qayt qilish, orqa umurtqa pog‘onasida og‘riq, yuz sohasining
qizarishi kabi belgilar paydo bo‘ladi. Yurak urishining tezlashishi, nafas
siqishi, 2–3 kunlarida «dastlabki» toshmalar paydo bo‘ladi. Ular qizamiqni
eslatuvchi toshmalarga o‘xshaydi va qo‘ltiq ostiga, sonnning ichki
yuzasiga joylashadi. 1–2 sutkada toshmalar izsiz yo‘qoladi.
Kasallikning 4 sutkasiga kelib tana harorati pasayadi, bemor holati
yaxshilanadi va «chin toshmalar» paydo bo‘ladi. Ular yuz sohasida,
bilakda, panja sohasida va boldirning oldingi yuzasida joylashadi.
Ko‘pgina hollarda toshmalar kaft va oyoqlarda joylashadi. 2–3 sutkasida
toshmalarda suyuqlik to‘planadi, ularning markazlari botiq bo‘lib, chetlari
pushti rangda bo‘ladi. Shilliq pardalarda esa yarachalar paydo bo‘ladi. 7–8
sutkalarda ular yiringlaydi, bemorning ahvoli og‘irlashadi, tana harorati
ko‘tariladi, alahsiraydi. 10–14 sutkalarida toshmalar quriydi va to‘q rangli
po‘stloq hosil qiladi. Shishlar kamayadi va kuchli qichish paydo bo‘ladi.
Uchinchi hafta oxirida po‘stloq ko‘chib, uning o‘rnida chandiq (cho‘tir)lar
hosil bo‘ladi. Bu kasallikning yengil shakli faqat emlangan odamlarda
uchraydi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin