O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya birinchi tibbiy yordam toshkent


EPILEPTIK VA ISTERIK TUTQANOQLARDA



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə104/139
tarix24.10.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#160533
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   139
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya-fayllar.org

EPILEPTIK VA ISTERIK TUTQANOQLARDA
HAMDA RUHIY KASALLIKLARNING O‘TKIR DAVRIDA 
BIRINCHI YORDAM KO‘RSATISH 
So‘ngi vaqtlarda turli xil asab kasalliklariga yo‘liqqan shaxslar bilan
to‘qnashishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ushbu kasalliklarning kelib
chiqish sabablarini, klinik belgilarini va bemorlarning o‘zlariga, qolaversa
atrofdagilarga shikast yetmasligi uchun birinchi yordam ko‘rsatishni bilish
katta ahamiyatga ega.
Epileptik va isterik tutqanoqlar 
Dastlabki vaqtlarda epilepsiya deganda, hush yo‘qolishi va talvasalar
bo‘lgan hamma holatlar tushunilaverilgan. Lekin keyinchalik ma’lum
bo‘lishicha, epileptik tutqanoqdan tashqari, boshqa asab kasalliklarida
ham talvasali tirishishlar bo‘lishi mumkin ekan. Shu sababli epilepsiyadan
farqli o‘laroq, «simptomatik epilepsiya» tushunchasi paydo bo‘ldi. Bu
kasallik boshqa bir kasallikning ma’lum bir belgisi hisoblanib, kelib
chiqish va rivojlanish mexanizmlari turlichadir.
Bugunga kelib tibbiyotda qo‘llaniladigan diagnostik usullarning
ko‘payishi, simptomatik epilepsiyani haqiqiy epilepsiyadan farqlash
imkonini berdi. Bunda, asosan bosh miyani tekshirish usullari (pnev-
moensefalografiya, xronopsimetriya elektroensefalografiya, kompyuter
tomografiya, nozik bioximik tekshirishlar va boshqalar) keng qo‘llaniladi.
Simtomatik epilepsiya bosh miya jarohatlari, yallig‘lanish kasalliklari,
bosh miya o‘smalarida ko‘proq uchraydi.
Epilepsiya (epilepsia – yunoncha tutqanoq yoki «yiqilish kasalligi») –
surunkali kasallik, klinik belgilari vaqti-vaqti bilan tortishish (tirishish,
akashak bo‘lish) holatlari va hushni u yoki bu darajada yo‘qotish bilan
tavsiflanib, asosan telbalik yoki aqli pastlik bu bemorlar uchun xosdir.
Kasallik bolalik yoki o‘smirlik paytidan boshlanib, aholi o‘rtasida tar-
qalish darajasi ayollar va erkaklarda bir xil – 1000 kishiga 3–6 ta to‘g‘ri
keladi.
Bu kasallikning sababi hali aniqlanmagan, ko‘pincha nasldan-naslga
o‘tishi aniqlangan bo‘lib, asosan bolalik yoki o‘smirlik yoshidan
boshlanadi. Bundan tashqari, kasallikning kelib chiqishida miyaning o‘tkir
yuqumli kasalliklar, uning turli xil shikastlanishlari, tug‘ilish vaqtida
olingan jarohatlar va homiladorlik davri asoratlari katta o‘rin tutadi.
Epileptik tutqanoqlar ko‘pincha auradan keyin boshlanadi.
Tutqanoqdan oldin hosil bo‘ladigan va bir necha sekund davom etadigan
alomatlarga aura deyiladi. U sezish, ko‘rish, eshitish, ta’m va hid bilish,
asab va harakat auralariga bo‘linadi.
185


Katta tutqanoq asosan birdan boshlanadi, ayrim hollarda esa turli xil


tutqanoq oldi alomatlari yoki auradan so‘ng boshlanadi. Bunda bemor
hushini yo‘qotib yiqiladi (jarohat olishi mumkin), birdan tonik tirishish
boshlanadi, nafas muskullarining qisqarishi tufayli bemor birdan qattiq
ovoz chiqaradi. Shundan so‘ng tananing barcha muskullari tirishadi, nafas
to‘xtaydi, bemor ko‘karadi, gohida tilini yoki lunjini tishlab olishi
mumkin, ko‘z qorachig‘i kengayadi va yorug‘likka reaksiya bermaydi.
Tonik tirishishlar holati 25–30 sekund davom etadi, so‘ngra klonik
tirishishlar bosqichi boshlanadi.
Klonik bosqich tirishish bilan nafas olishdan boshlanadi, bunda yuz
terisining rangi o‘zgaradi (ko‘karish qizarish bilan almashadi). Bosh, ko‘z
olmasi, til, qo‘l va oyoqlar muskullarining ritmik tirishishi ortib boradi.
Oradan 1,5–2 minut o‘tgach, muskullar bo‘shashishi kuzatiladi.
Tutqanoq vaqtida, agar bemor yuzi bilan pastga (ko‘lmakka, axlatga
yoki yostiqqa) qarab yiqilgan bo‘lsa, u holda bo‘g‘ilib qolishi mumkin.
Tutqanoq fazasining oxirida bemorda chuqur behushlik – komaga
o‘xshash holat kuzatiladi, chaqirishlarga va og‘riqlarga javob bermaydi.
Ko‘pincha tutqanoq vaqtida bemorlar ixtiyorsiz ravishda siydik va axlat
ajratishlari mumkin. Tutqanoqdan so‘ng bemorlarda retrograd amneziya
kuzatiladi.
Agar tutqanoq holati ketma-ket kuzatilsa va tutqanoqlar orasida
bemor hushiga kelmasa, bu epileptik holat deyiladi, ya’ni u bemor
hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin.
Kichik tutqanoq, ya’ni turli xil harakatlar va asab buzilishlarining
paydo bo‘lishi qisqa muddat ichida yo‘qoladi, bu holatlar esa tutqanoqqa
ekvivalent hisoblanadi. Bunday tutqanoqlar 2–6 sekund davom etadi.
Kichik tutqanoqning eng keng tarqalgan turi talvasasiz hushdan ketib,
o‘ziga kelishi – absansdir. Sirtdan qaraganda tutqanoq shu bilan farq-
lanadiki, bemor boshlagan ishini to‘xtatadi (shaxmat o‘ynayotgan bo‘lsa,
qo‘lida shaxmat toshi bilan qotib qoladi, yurganida yo‘l chekinayotgandek
hech sababsiz to‘xtab qoladi va h. k.)

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin