40 kun qirg‘oq yaqiniga keltirilmagan, agar kasallik xavfi bo‘lsa, shu
karantin muddatida namoyon bo‘ladi.
Epidemiologiyasi: infeksiya manbaiga kemiruvchilar (kalamushlar,
yumronqoziqlar, sichqonlar va boshqalar) hamda tuya va mushuklar
kiradi. Yuqish yo‘li asosan burgalar yordamida amalga oshadi, ular
chaqqanda yuqtiriladi. Insonlar, hayvonlar va ularning o‘liklari,
najaslari
bilan kontakda bo‘lganda kasallanadi. O‘latning o‘pka shakli bilan
kasallangan bemorlar o‘ta xavfli hisoblanadilar, chunki ulardan havo-
tomchi yo‘li orqali kasallik yuqishi mumkin. Yer sharida hozirgi vaqtda
o‘lat o‘choqlari ma’lum, ular ko‘payishi va saqlanishi shu joylarning iqlim
– geografik mintaqalariga bog‘liqdir. O‘lat kasalligi
tarqatuvchisi burga
uchun qulay sharoit havo harorati 24
0
, nisbiy namligi 70 % bo‘lishi
shart.
O‘lat o‘choqlari asosan Mongol-Zabaykal zonasida, Janubiy Xitoy,
Hindixitoy va Hindiston mamlakatlarida ko‘p uchraydi. O‘rta Osiyo
tekisligida o‘lat o‘choqlari O‘rta Osiyo cho‘llarida, Qozog‘istonda, Ural
va Volga oralig‘ida joylashgan mintaqalarda uchrab turadi.
Tabiiy o‘choqlarda asosan yuqish transmissiv, kontakt va alimentar
yo‘l bilan amalga oshadi.
Transmissiv yuqish yo‘li – burgalar chaqishi orqali o‘tadi.
Kontakt
yo‘li – otib o‘ldirilgan kemiruvchilar (quyon va boshqalar)ning terisiga
ishlov berilganda yuqadi.
Alimentar – go‘shtli mahsulotlarga yetarli darajada termik ishlov
berilmaganda mahsulot orqali o‘tadi.
Patogenezi: inson organimzmiga o‘lat qo‘zg‘atuvchisining kirishiga
qarab quyidagi yo‘llarga bo‘linadi. Bular teri, shilliq qavat, nafas yo‘llari
yoki oshqozon-ichak trakti orqalidir. Kasallikning
kirish darvozasiga qarab
quyidagi klinik turlarga bo‘linadi:
– bubonli;
– teri bubonli;
– o‘pka turi;
– septik turi.
Klinikasi: yashirin davri asosan 2–3 kun davom etadi. Ko‘pgina
hollarda bubonli turi 79 %, septik turi 11 %, o‘pka turi 5 % uchraydi.
O‘lat kasalligi kutilmaganda boshlanadi. Tana harorati 39
0
C ga
ko‘tariladi, organizmning zaharlanishi (intoksikatsiya) kuchayadi. Kuchli
bosh og‘rishi, muskullar og‘rishi, ko‘ngil aynishi va qusish alomatlari
paydo bo‘ladi. Bemorning umumiy holati og‘ir, qon bosimi va tomir
urishining pasayishi kuzatiladi.
Bubon turida kasallikning 1–2 kunida limfoadenit belgilari paydo
bo‘ladi (o‘lat buboni). Kasallanish jarayoniga
bir necha yonma-yon
joylashgan limfa tugunlari atrofidagi to‘qimalarni jalb etib, bubon shakli
ko‘rinishida bo‘ladi: o‘smasimon, dumaloqsimon shaklda bo‘lib,
179
paypaslaganda og‘riqlidir. Bubon ustidagi teri qoplami to‘q qizil
ko‘kimtirsimon rangda bo‘ladi. Keyinchalik bubon yallig‘lanib ochiladi va
asta-sekin bitish jarayoniga olib keladi.
Teri bubon shaklida, teri qoplamida pustula (pufakcha) paydo bo‘lib,
ichida qizil rangli suyuqlik bo‘ladi. Kasallik avj olishi natijasida pustula
yorilib, jarohatga aylanadi va to‘q rangli strup hosil bo‘ladi.
O‘pka shaklida og‘ir
intoksikatsiya, yuqori harorat, ko‘krak qafasida
og‘riq va qon aralash yo‘tal bo‘ladi. Oldingi vaqtlarda o‘pka shakli 100 %
o‘lim bilan 2–4 kun ichida yakunlanardi. Hozirgi davrga kelib keng
ko‘lamda ishlatib kelinayotgan antibiotiklar tufayli bu kasallik shakli
o‘limga olib kelmayapti.
Dostları ilə paylaş: