O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya birinchi tibbiy yordam toshkent



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə101/139
tarix24.10.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#160533
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   139
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya-fayllar.org

Profilaktikasi: o‘lat kasalligining boshlanish xavfi tug‘ilganda zudlik
bilan xabar beriladi. Shu zahotiyoq karantin chora-tadbirlari o‘tkaziladi.
Bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar ajratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sanitariya-qo‘riqlash qoidalariga
amal qilinadi. Karantin tadbirlari asosan suv va dengiz portlarida,
avtomagistrallarda, aeroportlarda, temir yo‘llarida o‘tkaziladi. Bunday
tadbirlarda cheklangan yoki yarim cheklangan aholi va yuklar harakatlari
to‘xtatib qo‘yiladi. Zarurat tug‘ilganda, karantin zonalarida harbiy-qo‘riq-
lash postlari tashkil etiladi. Bubon shakli bilan kasallangan bemorlarning
bir nechtasi bitta palataga, o‘pka shakli bilan kasallangan bemorlar alohida
bokslarga joylashtiriladi. Tibbiy personal o‘latga qarshi tikilgan
kiyimlarda yordam ko‘rsatadilar.
Kuydirgi zoonoz infeksiya bo‘lib, spetsifik chipqon chiqishi, limfa
tugunlari, ichki a’zolarning shikastlanishi hamda sepsis rivojlanishi bilan
tavsiflanadi.
Etiologiyasi: chaqiruvchisi katta hajmdagi batsilla bo‘lib, o‘n yil
mobaynida saqlanadi. Avtoklavda batsilla 40 minut ichida o‘ladi. Infeksiya
manbaiga uy hayvonlari kiradi. Yuqish yo‘liga kontakt, alimentar, havo-
tomchi va transmissiv yo‘llar kiradi. Yuqish omillariga asosan go‘sht, teri,
jun, suv, havo va boshqa tashqi muhit komponentlari kiradi. Qo‘zg‘atuvchi
shikastlangan teri orqali kiradi va kasallikni rivojlantirish xususiyatiga
ega. Qo‘zg‘atuvchi kirgan shikastlangan teri sohasida Sibir yarali
karbunkul (yallig‘langan o‘choq, to‘qimalari nekrozga uchragan, mahalliy
shish va qizarish) hosil bo‘ladi. Mahalliy limfoadenit alomatlari kuzatiladi.
Generalizatsiyalashgan shakllari asosan nafas yo‘llari to‘qimalarining
kasallanishiga (traxeya, bronx, alveola) olib keladi. Kasallik asta-sekin
limfa tomirlari orqali o‘pkaga va koks oralig‘iga tarqalib, to‘qimalar
buzilishiga olib keladi. Limfa tugunlari orqali kasallik osonlik bilan qon
tomirlari orqali butun tana a’zolariga tarqaladi va kasallik belgilari paydo
bo‘ladi.
Klinikasi: inkubatsion davri 2–14 kun davom etadi.
180


Qattiq qichuvchi qizg‘ish dog‘ hosil bo‘ladi. Bir sutkadan so‘ng shu


joyda og‘riq hosil bo‘lib, pufak shishib chiqadi, uning o‘rnida esa tubi
qora jarohat hosil bo‘ladi. Shu vaqtga kelib, organizmda intoksikatsiya
rivojlanadi, bemorlarda harorat ko‘tarilishi, bosh og‘rishi, ishtaha
yo‘qolishi, uyqu buzilishi kuzatiladi. Jarohatlar ko‘payib birlashadi va shu
sohada chipqon hosil bo‘ladi. Jarohat tubidan suyuqlik ajralishi to‘xtashi
bilan karbunkul sohasida qoraqo‘tir-strup hosil bo‘ladi.
Profilaktikasi: uy hayvonlari kasallanishining oldini olish va
kasallarini yo‘qotishdan iborat. Agar kasallik aniqlansa va shu hayvonlar
o‘limiga olib kelsa, ularni o‘lganidan so‘ng yoqib yuborish va alohida
ajratilgan joylarga chuqur qilib ko‘mish lozim. Kasallangan hayvonlardan
tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari yo‘q qilinadi, xomashyolar esa
dizenfeksiya qilinadi va h. k.
Tulyaremiya – o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, harorat ko‘tarilishi va
limfa tugunlarining kasallanishi bilan ifodalanadi. Birinchi marta kasallik
qo‘zg‘atuvchisi 1911 yili Kaliforniyada kasallangan yumronqoziqlarda
aniqlangan. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi aniqlangan joy nomi bilan Tulyare
deb atalgan (Bacterium tulareu). Har bir mamlakatda bu kasallik
nomlanishi har xil: AQSHda «Kiyik pashshasi bezgagi», Yaponiyada
«Quyon kasalligi». Tulyaremiyaning tabiiy o‘choqlari asosan Yer
sharining shimoliy yarmida joylashgan. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda
Tojikiston va Ozarbayjonda uchrab turadi.
Epidemiologiyasi: asosiy infeksiya manbai – kemiruvchilar va uy
hayvonlari. Kasallikning yuqish yo‘li asosan hasharotlar chaqishi, ya’ni
transmissiv va boshqa yo‘llar, kontaktli (ov qilish, teriga ishlov berish),
aspiratsion (zararlangan chang bilan nafas olish) va alimentar (zararlangan
oziq-ovqat mahsulotlari, suv) yo‘ldir. Infeksiya odamga teri yoki ko‘z
shilliq pardasi, nafas yo‘llari hamda oshqozon-ichak trakti orqali yuqishi
mumkin. Kirish joylari kasallik turlarini aniqlab beradi. Mikrob limfa
oqimi bilan chegaralangan limfa tugunlariga tushib, shu yerda
yallig‘lanish jarayonini chaqiradi va oqibatda granulema, nekroz
o‘choqlari hosil bo‘ladi (birlamchi bubon). Infeksiyaning tarqalish
darajasiga qarab ikkilamchi bubon hosil bo‘ladi. Organizmda kuchli
intoksikatsiya belgilari va ichki a’zolar shikastlanishi kuzatiladi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin