O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya birinchi tibbiy yordam toshkent


TO‘SATDAN BOSHLANGAN TUG’ISH JARAYONIDA



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə120/139
tarix24.10.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#160533
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   139
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya-fayllar.org

TO‘SATDAN BOSHLANGAN TUG’ISH JARAYONIDA 
YORDAM KO‘RSATISH 
Ayollar jinsiy a’zolarining tuzilishi haqida
qisqacha tushuncha 
Tashqi va ichki jinsiy a’zolar farqlanadi. Tashqi jinsiy a’zolarga oraliq
soha, junlar bilan qoplangan katta va kichik jinsiy lablar, ularning orasida
qinoldi yorig‘i, uning yuqorisida dillig‘ (diloq, klitor), uning ostida tashqi
siydik kanali, undan pastroqda qin teshigi joylashgan bo‘ladi. Ichki jinsiy
a’zolarga qin, bachadon naylari va tuxumdon kiradi. Qin uzunligi 7–9 sm 
keladigan ichi bo‘sh naysimon muskulli organ bo‘lib, yuqori qismi
bachadon bo‘g‘ziga, pastki qismi esa jinsiy yoriqqa ochiladi.
Bachadon toq muskulli organ bo‘lib, siydik pufagi va to‘g‘ri ichak
oralig‘ida joylashagan. Bachadonning tubi, tanasi, bo‘g‘zi va bo‘yin
qismlari farqlanadi. Bachadon noksimon shaklga ega bo‘lib, devori 3
qavatdan iborat: shilliq, muskulli va seroz. Homiladorlikda bachadonning
o‘lchami va shakli o‘zgaradi. Bachadon shilliq qavati hayz ko‘rish sikliga
bog‘liq ravishda muntazam o‘zgarib turadi. Bachadon naylari uning tanasi
burchagidan boshlanib, erkin tomoni bilan qorin bo‘shlig‘iga ochiladi.
Tuxumdonlar juft jinsiy bezlar bo‘lib, bachadonning ikki tomonida
joylashgan. Ularda jinsiy hujayralar – tuxum hujayralar ishlab chiqariladi,
bundan tashqari, jinsiy a’zolarni idora etuvchi gormonlar hosil bo‘ladi.
Ayollar jinsiy a’zolarining funksiyasi 
Tashqi jinsiy a’zolar normada kichik va katta lablarning ichki
tomonlari bir-biriga tegib turganligi tufayli qin teshigini tashqi muhitdan
himoya qiladilar. Tashqi jinsiy a’zolar nerv oxirlari bilan ta’minlangan
bo‘lib, jinsiy sezgini ta’minlaydi. Bundan tashqari, ko‘p miqdorda bezlar
joylashagan bo‘lib, jinsiy aloqani yengillashtirish uchun shilimshiqsimon
ajralma (sekret)lar ishlab chiqaradi.
Jinsiy aloqa natijasida qinga tushgan urug‘ suyuqligidagi
spermatozoidlar bachadon orqali nayga o‘tib, so‘ngra tuxum hujayraning
urug‘lanishi yuz beradi. Bunda tuxum hujayra qayta bachadonga tushib
rivojlanadi. Qin bachadon bo‘g‘zi bilan birgalikda, homila yo‘lini hosil
qiladi. Yana boshqa asosiy vazifasi to‘siq (baryer), o‘zini o‘zi tozalash
qobiliyatidir.
Balog‘at yoshiga yetgan qizlarda (o‘rtacha 12 yosh) bachadonning
shilliq pardalarida bir xilda qaytalanuvchi siklik o‘zgarishlar yuz beradi,
bu esa homiladorlikning boshlanishi uchun yetarli sharoit hisoblanadi.
Bachadonning asosiy vazifalariga homila tuxumining yopishishi uchun joy
212


hosil qilish, homila va uning tashqi pardasini ta’minlash kiradi. Homila


voyaga yetgach, u bachadon muskullari qisqarishi tufayli tug‘ish kanali
orqali tashqariga itariladi va tug‘ish jarayoni yuz beradi. Bachadon
naylarida tuxum hujayralarining urug‘lanishi yuz beradi va ularning bir
maromda qisqarishi tufayli urug‘langan tuxum hujayra bachadon tomon
harakatlanadi.
Tuxumdonlarda tuxum hujayralar rivojlanadi, bundan tashqari, ayollar
organizmiga xos bo‘lgan gormonlar ishlab chiqariladi. Bu gormonlar
bachadonga, bachadon naylariga, qinga va butun ayol organizmiga ta’sir
etib, ayollar tanasining tuzilishini, ularda modda almashinuvini, ko‘krak
bezlarining rivojlanishini, sochlarning o‘sishini va boshqalarni belgilab
beradi. Balog‘at yoshiga yetgan qizlarda homiladorlikka tayyorgarlik
jarayonlari, ya’ni o‘rtacha 28 kunda 3–5 kun davom etadigan bachadondan
oz-ozdan qon kelishi – hayz ko‘rish (menstruatsiya) kuzatiladi. Bu jarayon
gipotalamo-gipofizar sistemasida, tuxumdonlarda, bachadon va butun ayol
organizmida fiziologik o‘zgarishlar yuz berishiga sabab bo‘ladi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin