Agar qo‘lga ro‘molli bog‘lam qo‘yilsa, tirsak bo‘g‘imi 90
0
ga
bukiladi. Ro‘molni jarohatlangan qo‘lning orqasiga
shunday joylashtirish
kerakki, uning asosi gavdaning o‘rta chizig‘iga to‘g‘ri kelsin, cho‘qqisi
esa jarohatlangan qo‘lning tirsagi tomon yo‘naltirilgan bo‘lsin. Bunda
ro‘molning bir uchi jarohatlangan qo‘lning bilagida yotsa, ikkinchi uchi
tana bo‘ylab pastga osilib turadi. Pastga osilib turgan ro‘molning
uchini
ko‘tarib sog‘lom yelka orqali bo‘yining orqa tomoniga o‘tkaziladi va
boshqa uchi bilan tugib bog‘lab qo‘yiladi. Ro‘molning cho‘qqisi uning
oldingi qismiga ilgak tugma bilan mahkamlanadi.
Ro‘molli bog‘lamning boshqa varianti ham bor: ro‘mol shikastlangan
qo‘lning orqasidan emas, oldidan o‘tkaziladi. Ro‘molning
bir uchi
jarohatlangan qo‘lning oldidan o‘tib bilakni o‘raydi va bo‘yinga
ko‘tariladi, ikkinchi uchi sog‘lom qo‘lning qo‘ltiq ostidan o‘tib, orqadagi
birinchi uchi bilan tutashadi. Ikkala uchi shikastlangan qo‘lning yelka
ustida tugib mahkamlanadi. Cho‘qqisi ilgak tugma bilan mahkamlanadi.
Bunday bog‘lam qo‘llanganda ro‘mol qo‘lni tanaga mahkam va zich
fiksatsiyalaydi, qo‘lning tinch holatiga yaxshiroq erishiladi.
Kichik jarohat bog‘lamlarida ro‘molni galstuk ko‘rinishida
buklash
kerak. Qo‘lni osiltirib, ro‘molning ikki uchi katta bog‘lam kabi tugib
qo‘yiladi.
Tovondagi ro‘molli bog‘lam panja bog‘lamiga monand qo‘yiladi.
Ro‘molning o‘rtasi oyoq ostiga qo‘yilib, cho‘qqisi barmoqlar orqasiga
o‘tkaziladi, uchlari to‘piq yuqorisidan bog‘lanadi, cho‘qqisi bog‘langan
uchlarning ostiga olib kelib qistiriladi. Boshga qo‘yishda ro‘molning
asosi
ensa tomonga yo‘naltirilib, cho‘qqisi peshonaga tushiriladi (yuzga ham),
har uchala uchi peshonada bog‘lanib, cho‘qqisi qayirib bog‘langan uchlar
tagiga qistirib mahkamlanadi.
Sopqonsimon bog‘lam – bunday bog‘lamlar asosan burun, dahan, ensa
va peshona sohasiga qo‘yiladi. Sopqonsimon bog‘lam deyilganda – o‘rtasi
tutashgan va ikki tomoni uzunasiga kesilgan bint yoki boshqa matodan
tayyorlangan bog‘lam tushuniladi. Ushbu bog‘lam qo‘yilganda, albatta,
uning so‘ngi qismlari bir-biri bilan bog‘lanadi.
T-shaklidagi bog‘lamlar chot va orqa
chiqarish teshigi sohasiga
qo‘yiladi. U keng doka tasmadan tashkil topib, uning bir tomoniga
gorizontal tasma (belbog‘) mahkamlanadi. Dokaning pastki uchi bir oz
uzunlikda 2 ta tasmaga ajratib qirqiladi. Gorizontal
tasma tana atrofida
aylantirib bog‘lanadi, vertikal qismi orqa tomondan pastga tushirilib, chot
qismidan o‘tib, qorinning oldingi tomonidan belbog‘ga bog‘lab qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: