5) ro‘molli bog‘lov, to‘g‘ri burchakli teng yonli uchburchak, o‘lchami
140x150
sm.
BOG’LAMLARNING TURLARI
Bog‘lamlarni mahkamlashning juda ko‘p usullari mavjud.
1. Qimirlamaydigan bog‘lam – shikastlangan
sohaning hara-katsizligi
va tinchligini ta’minlab berishi kerak.
2. Cho‘zuvchi bog‘lam – shikastlangan sohaning cho‘zilishini ta’min-
lab berishi lozim.
3. Bosuvchi bog‘lam – tananing nosog‘ qismini bir tekisda bosib
turadigan bog‘lam.
4. Antiseptik bog‘lam – o‘zidagi moddalari bilan bakteriyalarga qarshi
ta’sir ko‘rsatishga mo‘ljallangan.
5. Himoya qiluvchi bog‘lam – jarohatning granulyatsiyalanish davrida
qo‘llanilib, nozik granulyatsiya to‘qimasini
qurib qolishdan va
jarohatlanishdan saqlash maqsadida qo‘llaniladi.
6. Okkulyuzion bog‘lam – jarohatga havo kirishiga to‘sqinlik
qiladigan bog‘lam. U ochiq pnevmotoraksda qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: