O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya-fayllar.org
Abssess va flegmonalar Abssess to‘qima va a’zolarning chegarali o‘tkir yiringli yallig‘-
lanishidir. Flegmona – tarqalgan o‘tkir yiringli yallig‘lanish hisoblanadi.
Ko‘proq teri ostidagi yog‘ to‘qimasida rivojlanadi, to‘qimalarni yemirish
xususiyatiga ega.
Ikkala kasallik o‘rtasidagi farq shundan iboratki, birinchi holda
yiringli yallig‘lanish chegaralangan, ikkinchi holda esa tarqalgan bo‘ladi.
Abssesslarda flyuktuatsiya (to‘lqinlanish) belgisi musbat, flegmonalarda
bu belgi umuman aniqlanmaydi, aniqlansa ham, kuchsiz bo‘ladi. Qolgan
klinik belgilarning hammasi ikkala kasallikda ham qariyb bir xildir.
Flegmonada yiringli yallig‘lanish tarqalganligi sababli umumiy klinik
ko‘rsatkichlari bir oz kuchliroq namoyon bo‘lishi mumkin.
Flegmona va abssesslarni davolash asosan jarrohlik yo‘li bilan,
yiringli o‘choqlarni ochish orqali bajariladi. Yiringlar ochilgandan keyin
esa jarohatlarni mahalliy davolashning umumiy qoidasiga rioya qilgan
holda, ya’ni shu a’zolarga dam berish, yiringlarning oqishiga sharoit
tug‘dirish, mexanik antiseptika yo‘li bilan davolash va antiseptiklarni
qo‘llash orqali bajariladi. Suyuqlik ajratib chiqarayotgan jarohatlarga tuzli
gipertonik eritmalar (10 % xlorid natriy eritmasi) bilan salfetkalar, jarohat
qurishi (digedratatsiya) vaqtida esa Vishnevskiy malhami bilan bog‘lamlar
qo‘llaniladi.
Sepsis – yiringli kasalliklar chaqiruvchi mikroblarning to‘g‘ridan-
to‘g‘ri qon aylanish doirasiga tomirlar orqali tarqalishi bo‘lib, organizm
uchun o‘ta xavfli xastalik hisoblanadi. Sepsisni chaqiruvchi bakteriyalar
streptokokk, stafilokokk, ichak tayoqchalari va ba’zida anaerob mikroblar
ham bo‘lishi mumkin.
Sepsisning klinik belgilariga yuqori harorat (39–40
0
), tomir
urishining tezlashishi, qon bosimining pasayishi, bosh og‘rishi, muskul va
suyaklarning og‘rishi, et uvishishi va sovuq ter ajralishi kiradi.
Septik shok sepsis kasaligining og‘ir asorati bo‘lib, tananing barcha
muhim a’zolari faoliyatining chuqur buzilishiga olib keladi. Klinik
belgilariga o‘tkir yurak-tomir yetishmovchiligining nafasning yuzaki va
tezlashishi kabi o‘zgarishlar bilan bir vaqtda bo‘lishi kiradi. Bemorlarning
yuzlari ko‘kimtir kulrang ko‘rinishda bo‘ladi, teri qoplamlarini muzdek
yopishqoq ter qoplaydi, qon bosimi 90–70 mm simob ustuniga teng-
lashadi, ahvoli og‘irlashgan sari qon bosimining pasayishi kuzatiladi. Qo‘l
va oyoqlar muzlaydi, keyinchalik tomir urishi sezilmay qoladi.
Sepsis va septik shok bilan og‘rigan bemorlarni zudlik bilan shi-
foxonaga yotqizish zarur. Bemorlarni shitda gorizontal holatda olib borish
tavsiya etiladi.
120