O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya-fayllar.org
O‘tkir maxsus jarrohlik infeksiyalari Bu kasalliklarga saramas, qoqshol, anaerob havoli infeksiya va
kuydirgi kiradi. Ushbu kasalliklarning boshqa kasalliklardan farqi,
bularning maxsus chaqiruvchisi bo‘lib, ular ta’sirida to‘qimalarda mahalliy
o‘zgarishlar yuz beradi.
Qoqshol (stolbnyak) – o‘tkir infeksion kasallik, uni maxsus anaerob
«qoqshol tayoqcha»si keltirib chiqaradi. Teri va shilliq qavatlar
shikastlanganda odam organizmiga kiradi. Qoqshol tayoqchasi hayvonlar
va odam ichaklarida yashaydi va tashqarida spora ko‘rinishida tuproqda,
kiyim-kechaklarda va istalgan joyda uzoq saqlanib, shamol bo‘lganda,
chang bilan keng tarqaladi.
Qoqshol tayoqchasi odam organizmiga tushgandan so‘ng, o‘zidan
turli xil zaharlar chiqaradi, bu zaharlar asosan nerv tolalari hamda limfa
tizimi bo‘ylab butun organizmga tarqaladi.
Yashirin davri 3–7 kundan 3 haftagacha davom etadi.
Rivojlangan qoqshol kasalligining klinik belgilari quyidagilardan
iborat: kichik qo‘zg‘atuvchilar (yorug‘lik, ovoz va b.)ga nisbatan
muskullarning klonik va tonik tirishishlari. Kasallik boshlanishida tonik
tirishish og‘iz muskullaridan boshlanadi – trizm (bemor og‘zini ocha
olmaydi). Yuzdagi mimika muskullarining tortilishi tufayli bemorlarda
«sardonik kulgi» alomatlari paydo bo‘ladi. Bo‘yin sohasidagi mus-
kullarning kuchli tirishishi tufayli bemorning bosh qismi orqa tomonga
ketib qoladi. Vaqt o‘tgan sari tirishish butun tana muskullariga (bel,
ko‘krak, qorin va oyoq) tarqaladi. Bunday holat «opistotonus» deb ataladi.
Muskullarning tirishishi bir necha sekunddan bir necha minutgacha davom
etishi mumkin. Ba’zan muskullarning uzilishi, suyaklarning sinishi va
bo‘g‘imlarning chiqishi kuzatilishi mumkin, shunga qaramasdan,
ko‘pchilik bemorlarning hushi o‘zida bo‘ladi.
Qoqshol kasalligining oldini olish choralari:
1) jarohatlarga birlamchi jarrohlik ishlovi berishni amalga oshirish;
2) tana a’zolarining ish faoliyatini qayta tiklash (shokka va kam-
qonlikka qarshi kurash);
3) maxsus profilaktika o‘tkazish, ya’ni qoqsholga qarshi zardob va
anatoksin vositalarini organizmga kiritish.
Qoqsholda birinchi yordam – bemorni zudlik bilan shitda gorizontal
holatda yaqinroqda joylashgan, reanimatsion bo‘limi bor shifoxonaga olib
borib yotqizishdan iborat.