O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   161
Moliya huquqi

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 
1. Davlat boji va bojxona boji tushunchalari va mohiyatini izohlang. 
2. Soliq munosabatlari subyektlarining yuridik javobgarligi deganda 
nimani tushunasiz? 
3. Umumdavlat soliqlarini undirish stavkasi va tartibini ko‘rsating. 
4. Mahalliy soliq va yig‘imlarni undirish stavkasi va tartibi qanday? 


206
7-MAVZU: SUG‘URTA. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BANK 
MUNOSABATLARINING HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHI 
1. «Sug‘urta» tushunchasi va uning funksiyalari. 
2. Sug‘urtani huquqiy boshqarish. 
3. Bank tushunchasi va bank operatsiyalari. 
4. Banklar faoliyatining huquqiy asoslari. 
1. «Sug‘urta» tushunchasi va uning funksiyalari 
«Sug‘urta» tushunchasi va uni tashkil etish. Sug‘urta 
deganda, 
keltirilishi mumkin bo‘lgan zararni maxsus tashkilotga to‘langan a’zolik 
to‘lovlari orqali qoplashni ta’minlash tushuniladi. 
Iqtisodiy ma’noda sug‘urta 
– jamiyat va uning a’zolarining nazarda 
tutilmagan ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan markazlashgan va 
markazlashmagan pul zahiralarini va moddiy mablag‘larni tashkil etish 
bo‘yicha bo‘ladigan munosabatlar tizimi hisoblanadi. 
Moddiy nuktai nazardan sug‘urta jarayonida 
tabiiy ofatlar, baxtsiz 
hodisalar hamda ma’lum bir hodisalarning sodir bo‘lishi bilan keltirilgan 
zararni qoplash uchun foydalaniladigan maxsuslashtirilgan muassasa-
larning pul (moddiy) jamg‘armalari tashkil topadi. 
Xorij olimlari Sitseron va Tit Liviy asarlarini o‘rganib chiqib, 
sug‘urtaning Qadimgi Rimda, Yunonistonda ham qo‘llanilgani to‘g‘risida 
xulosaga kelishdi. Jumladan, Qadimgi Yunonistonda Aleksandr 
Makedonskiy davrida nafaqat o‘zaro sug‘urtalar, balki shu bilan birga
aksioner sug‘urta jamiyatlari ham mavjud bo‘lgan. Rossiyada kadimgi rus 
huquqining asosiy manbalaridan biri bo‘lgan «Russkaya pravda»da (X–
XI asrlar) sug‘urta to‘g‘risida ilk marotaba gapirib o‘tilgan. Unda odam 
o‘ldirilgan vaqtda yetkazilgan zarar jamoa tomonidan qondirilishi nazarda 
tutilgan. Lekin sug‘urtaning hozirgi ko‘rinishi ilk bor XIV asrda paydo 
bo‘ldi. Aynan shu vaqtdan boshlab sug‘urta – tijorat-sug‘urta tashkilot-
larining faoliyati sifatida namoyon bo‘ldi. Bu tashkilotlarning asosiy 
maqsadi «zararlarni taqsimlash» va «sug‘urta operatsiyalaridan daromad 
olish» hisoblangan.
Rossiyada bo‘lib o‘tgan inqilobdan so‘ng 1918-yil 28-noyabrda 
RSFSR SovNarkomi tomonidan «Sug‘urta ishini tashkil etish 
to‘g‘risida»gi dekret qabul qilindi. Ushbu dekret bilan oldingi barcha 
xususiy sug‘urta jamiyatlari tugatildi, ularning barcha mol-mulki va pul 


207
mablag‘lari davlat hisobiga o‘tkazildi. Bu vaqtdan boshlab sug‘urta davlat 
monopoliyasiga aylantirildi va 1990-yillarga qadar davom etdi. Sobiq 
SSSRda sug‘urta bo‘yicha ishlarni SSSR Gosstrax organlari amalga 
oshirib kelgan. 
Hozirgi vaqtda davlat tomonidan sug‘urtaning tartibga solinishida tub 
o‘zgarishlar yuz berdi. 
Sug‘urta O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimining mustaqil 
bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi va u ikki shaklda: ijtimoiy sug‘urta va 
shaxsiy sug‘urta shaklida namoyon bo‘ladi. Bozor iqtisodiyotining 
rivojlanishi, turli mulk shakllariga asoslangan korxonalarning tashkil 
topishi jarayonida ijtimoiy sug‘urta – davlat ijtimoiy sug‘urtasiga va 
nodavlat ijtimoiy sug‘urtasiga bo‘lindi.
O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta munosabatlari, sug‘urta 
tashkilotlarining faoliyatini tashkil etish va huquqiy tartibga solish 
asoslari O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi «Sug‘urta 
faoliyati to‘g‘risida»gi qonunida o‘z ifodasini topgan. Qonunda birinchi 
marotaba 
sug‘urtaning huquqiy mazmuni 
ko‘rsatib berildi, ya’ni: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin