209
Fuqarolik kodeksining 914-moddasiga muvofiq sug‘urta ixtiyoriy va
majburiy bo‘lishi mumkin.
Ixtiyoriy sug‘urta tomonlarning xohish-irodasi bo‘yicha amalga
oshiriladi. Bunday sug‘urta shartlari sug‘urtalovchi bilan sug‘urtachi
o‘rtasida tuziladigan shartnoma bo‘yicha belgilanadi.
Bunday
shartnomani tuzish, ijro etish va bekor qilish tartibi fuqarolik huquqi
me’yorlari bilan tartibga solinadi. Shu bilan birga, ayrim masalalar,
xususan, sug‘urtaning ixtiyoriy turlari bo‘yicha yuridik shaxslar uchun
yillik xarajatlar normativning tegishli qismiga oid masalalar moliya
huquqi me’yorlari bilan tartibga solinadi.
Sug‘urta shartnomasi
yozma ravishdagi bitim bo‘lib, unga ko‘ra
sug‘urta tashkiloti ko‘zda tutilgan sug‘urta hodisasi (voqyeasi) yuz
berganida sug‘urtalanuvchiga yoki sug‘urta pulini olishga haqli bo‘lgan
boshqa shaxsga yetkazilgan zararni qoplash yoxud sug‘urta pulini to‘lash
majburiyatini, sug‘urtalanuvchi esa belgilangan muddatda sug‘urta
to‘lovlarini (sug‘urta mukofotini) to‘lash majburiyatini oladi.
Sug‘urta shartnomasida – sug‘urtalanuvchi va uning huquqiy vorisi,
sug‘urtalovchi, sug‘urta puli va sug‘urta badalining miqdorlari,
shartnomaning amal qilish muddati, sug‘urta hodisasining tavsifi va
boshqa shartlar qayd etiladi.
Sug‘urta shartnomasida yoki qonunda nazarda tutilgan voqyeaning
yuz berganligi sug‘urta xodisasi hisoblanadi. Bunday xodisa yuz
berganida sug‘urtalovchining sug‘urtalanuvchiga, sug‘urta qilingan
shaxsga yoki boshqa uchinchi shaxslarga sug‘urta haqi to‘lash
majburiyati yuzaga keladi.
Sug‘urta shartnomasini tuzish uchun sug‘urtalanuvchi sug‘urtalov-
chiga belgilangan shaklda yozma ariza taqdim etadi yoki sug‘urta
shartnomasi tuzish niyatida ekanligi haqida mumkin bo‘lgan boshqa
usulda ma’lum qiladi.
Sug‘urta
shartnomasi, agar qonunlarda boshqacha holat nazarda
tutilmagan bo‘lsa, tomonlar shartnomada belgilangan paytdan e’tiboran
kuchga kiradi.
Sug‘urta shartnomasi tuzilganligi sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchiga
beradigan sug‘urta qoidalari ilova qilingan sug‘urta shahodatnomasi
(polisi, sertifikati) bilan tasdiqlanishi mumkin.
Sug‘urtalanuvchi vafot etgan, qonun bilan belgilangan tartibda
salohiyatsiz yoki salohiyati
cheklangan deb topilgan, sug‘urta shartno-
masi amal qilayotgan davrda sug‘urtalanuvchi yuridik shaxs huquqlarini
210
yo‘qotgan hollarda sug‘urtalanuvchining huquq va burchlari uning
merosxo‘rlari, vasiylari yoki huquqiy vorislariga o‘tadi. Sug‘urta qilingan
mol-mulk sotilganda, almashtirilganda, sovg‘a qilinganda, ijaraga
berilganda sug‘urtalanuvchining huquq va burchlari ana shu mol-mulkni
olgan shaxsga utadi.
Sug‘urta shartnomasining harakati quyidagi hollarda to‘xtatiladi:
amal qilish muddati tugaganda;
sug‘urtalovchi shartnoma bo‘yicha sug‘urtalanuvchini oldidagi
majburiyatlarini bajarib bo‘lganida;
sug‘urtalanuvchi sug‘urta badallarini shartnomada belgilangan
muddatlarda to‘lamaganlikda;
yuridik shaxs hisoblangan sug‘urtalanuvchi tugatilganda yoki
jismoniy shaxs hisoblangan sug‘urtalanuvchi vafot etganda;
sug‘urtalovchi O‘zbekiston Respublikasining
qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda tugatilganda;
sud sug‘urta shartnomasini haqikiy emas deb topish haqida qaror
qabul qilganda;
O‘zbekiston Respublikasida qonunlarida nazarda tutilgan boshqa
hollarda.
Dostları ilə paylaş: