O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   161
Moliya huquqi

transport 
vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash 
amalga kiritilgan. 
Sug‘urtachilar O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yurituvchi 
transport vositalari egalari – jismoniy shaxslar va mulkchilikning barcha 
shakllaridagi yuridik shaxslar hisoblanadi. 
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy 
sug‘urtalash bo‘yicha transport vositasi birligidan bir yilda bir marta 
undirib olinadigan sug‘urta summasi hajmidan sug‘urta mukofotlari 
tariflari miqdori transport vositalarining alohida turlari bo‘yicha hamda 
jismoniy va yuridik shaxslar bo‘yicha alohida sug‘urta summasiga 
nisbatan foizlarda (qonunchilikda belgilangan eng kam ish haqining ellik 
barobari miqdorida) belgilab qo‘yilgan. Masalan, yengil avtomobillar 
bo‘yicha u: yuridik shaxslar bo‘yicha – 1,5 foiz, jismoniy shaxslar 
bo‘yicha – 1 foiz; yuk avtomobillari bo‘yicha muvofiq ravishda: – 2 va 
1,5 foizni tashkil etadi va h.k.
Yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash uchun 
sug‘urta summalarining chegara miqdorlari quyidagicha: 


213
– mulkka yetkazilgan zararni qoplash uchun (har bitta zarar bo‘yicha) 
– eng kam ish haqining 20 barobari miqdorida; 
– o‘lim bilan tugagan zararni qoplash uchun (har bir jabrlanuvchi 
bo‘yicha) – eng kam ish haqining 30 barobari miqdorida. 
Sug‘urta mukofotlari har yili: yuridik shaxslar bo‘yicha – 1-iyulga 
qadar, jismoniy shaxslar bo‘yicha – 1-sentabrga qadar to‘lanadi. Sug‘urta 
mukofotlarini to‘lashning ushbu muddatlari o‘tganida kiritilmagan 
summa boqimonda hisoblanadi va har bir kechiktirilgan kun uchun 
boqimonda summasining 0,1 foizi miqdorida penya hisoblab yoziladi va 
undirib olinadi. 
Sug‘urtaning mazkur turi bo‘yicha sug‘urta mukofotlari to‘lanishini 
nazorat qilish Davlat yo‘l harakat xavfsizligi xizmati, Davlat qishloq 
xo‘jalik texnika nazorati organlari, shuningdek, qonunchilikka muvofiq 
ravishda sug‘urtaning ushbu turini amalga oshiruvchi sug‘urtachilar 
zimmasiga yuklatiladi. 
Harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatni o‘tovchilar, oddiy 
askarlar va boshliqlar tarkibini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish 
maqsadida 1994- yili xizmatni o‘tash (yig‘inlar) davrida o‘lish, 
shikastlanish (kontuziya), kasal bo‘lish hollarida 
harbiy xizmatchilar va 
harbiy majburiyatni o‘tovchilar, oddiy askarlar va boshliqlar tarkibini 
davlat tomonidan majburiy sug‘urtalash 
amalga kiritilgan. 
Cug‘urtaning mazkur turi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, 
Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Favqulodda 
vaziyatlar vazirligiga budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga amalga 
oshiriladi. Ularning o‘zi sug‘urtachilar tomonidan belgilangan.
2003-yil boshiga qadar vakolatli sug‘urtachi «Kafolat» Davlat-
aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi bo‘lgan edi, 2003-yil 1-yanvardan 
boshlab bu funksiyalar «O‘zbekinvest» Milliy kompaniyasi zimmasiga 
yuklatildi. Vakolatli sug‘urtachi har bir kelgusi yil boshlanguniga qadar 
sug‘urtachilar bilan zarur bo‘lgan sug‘urta shartnomalari tuzilishini 
ta’minlaydi. 
Sug‘urta summasi quyidagi sug‘urta hodisalari ro‘y bergan vaqtda 
to‘lanadi: 
a) sug‘urta qilingan shaxs xizmatni o‘tash (yig‘in) davrida yoki 
xizmat (yig‘in)dan bo‘shatilganidan keyin bir yil o‘tguniga qadar o‘lgan, 
xizmatni o‘tash (yig‘in) davrida jarohatlangan (kontuziya), kasal bo‘lgan 
holda uning merosxo‘rlariga (meros huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma 
bo‘yicha) – respublikada belgilangan eng kam ish haqining 7 barobari 
miqdorida; 


214
b) sug‘urta qilingan shaxsning xizmatni o‘tash (yig‘in) davri bilan 
bog‘liq holda olgan nogironligi aniqlangan taqdirda xizmat (yig‘in)dan 
bo‘shatilganidan keyin bir yil o‘tguniga qadar: «a» bandda nazarda 
tutilgan to‘lovlar miqdoridan I guruh nogironiga – 75 foiz, II guruh 
nogironiga – 50 foiz, III guruh nogironiga – 30 foiz miqdorida; 
d) sug‘urta qilingan shaxs xizmatni o‘tash (yig‘in) davri bilan bog‘liq 
holda jarohat olgan bo‘lsa, «a» bandda nazarda tutilgan to‘lovlar 
miqdoridan og‘ir jarohat olganga – 20 foiz, yengil jarohatlanganga – 10 
foiz miqdorida. 
Sug‘urta mukofoti tarifi 2003-yil 1-yanvardan boshlab bir yilda bir 
marotaba sug‘urta qilingan shaxsga eng kam ish haqining 20 foizi 
miqdorida belgilangan. 
Soliq organlari xodimlarini davlat tomonidan majburiy sug‘urtalash 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respub-
likasi soliq organlari xodimlarini davlat majburiy sug‘urtasi bo‘yicha 
sug‘urta summalari va sug‘urta tariflari miqdorlari to‘g‘risida» 1994-yil 
10-dekabrdagi qarorida nazarda tutilgan. 
Sug‘urtaning mazkur turi bo‘yicha sug‘urta summasi to‘lov kunida 
qonunchilik bilan belgilangan eng kam ish haqining 80 barobari 
miqdorini tashkil etadi va respublika budjeti hisobidan amalga oshiriladi. 
Sug‘urta mukofoti Davlat soliq qo‘mitasi (sug‘urtalovchi) tomonidan 
vakolatli sug‘urtachiga soliq organining sug‘urta qilinishi kerak bo‘lgan 
har bir xodimiga to‘lov vaqtida amalda bo‘lgan eng kam ish haqining 20 
foizi miqdorida to‘lanadi. Soliq organlari xodimlarini davlat majburiy 
sug‘urtasini amalga oshirish uchun vakolatli sug‘urtalovchi 2003-yil 1- 
yanvardan boshlab «O‘zbekinvest» eksport-import sug‘urta Milliy 
kompaniyasi hisoblanadi. 
Amaldagi qonunchilikda majburiy sug‘urtaning boshqa turlari ham 
nazarda tutilgan. Masalan, 2000-yil 1-yanvardan boshlab rivojlanib 
borayotgan bozor munosabatlari sharoitlarida qurilish ishlari pudrat 
shartnomasi bo‘yicha tomonlarning manfaatlarini himoyalash, qurilish 
xatarlari va sug‘urta hodisalari natijasida vujudga keladigan, yetkazilgan 
zararning qoplanishini ta’minlash maqsadida davlat mablag‘lari va 
hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobidan obyektlarni qurish vaqtida 
qurilish xatarlarini majburiy sug‘urtalash amalga kiritilgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin