211
sabatlarni tartibga solishda hokimiyat ko‘rsatmalar usulidan foydalanadi.
Mazkur shart-sharoitlarni hisobga olgan holda, respublikamizning
amaldagi qonunchiligi bilan belgilangan va moliya huquqi me’yorlari
bilan tartibga solinadigan majburiy sug‘urtaning asosiy turlarini ko‘rib
chiqamiz.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda
havo, temir yo‘l, ichki
suvlar va umumiy foydalaniladigan avtomobil transporti yo‘lovchilarini
majburiy shaxsiy sug‘urtalash
nazarda tutilgan.
Majburiy sug‘urta
mazkur turining maqsadi havo, temir yo‘l,
ichki
suvlar va avtomobil transporti yo‘lovchilarini safar (samolyotda uchish)
vaqtida yoki aeroport, vokzal, stansiya, pristanda bo‘lgan
vaqtda baxtsiz
hodisalardan himoyalashni ta’minlashdan iboratdir.
Majburiy sug‘urta qilinmaydigan yo‘lovchilar:
– shahar atrofidagi temir yo‘l, ichki suvlar va avtomobil transporti
yo‘lovchilari;
– shahar yo‘nalishlaridagi avtomobil transporti yo‘lovchilari;
– bir viloyat doirasidagi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 50
km
gacha bo‘lgan masofadagi avtomobil transporti yo‘lovchilari.
Samolyot, poyezd, avtobus, kema va parom,
sollarda umumiy
foydalaniladigan yo‘nalishlarda (shahar ichi va shahar atrofi yo‘nalishlari
bunga kirmaydi) yo‘lovchilarni tashuvchi transport tashkilotlarida bilet
sotib olgan jismoniy shaxslar (yo‘lovchilar) – sug‘urtachilar, tegishli
litsenziyaga ega bo‘lgan sug‘urta tashkilotlari esa – sug‘urta qiluvchilar
hisoblanadi.
Sug‘urta hodisalariga sug‘urta muddati davomida yuz bergan baxtsiz
hodisa natijasida hamda baxtsiz hodisa to‘g‘risidagi dalolatnoma,
shikastlanish, zaharlanish yoki o‘lim to‘g‘risida davolash-profilaktika
muassasasi tomonidan tasdiqlangan ma’lumotnoma kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi transport vositalariga
chiptalar sotib olgan
havo, temir yo‘l, ichki suvlar va umumiy foydalaniladigan avtomobil
transporti yo‘lovchilarini majburiy shaxsiy sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta
summasi bir yo‘lovchiga eng kam ish haqining 40 barobari miqdorida
belgilangan bo‘lib, to‘lov miqdori – eng kam ish haqi summasidan 0,2
foizdir.
Erkin ayirboshlanadigan xorijiy valutaga chipta sotib olinayotgan
vaqtda sug‘urta summasi 20000 dollarni, sug‘urta mukofoti miqdori – 2
dollarni yoki bu summaning boshqa chet el valutasidagi ekvivalentini
tashkil etadi.
212
Sug‘urta mukofoti bilet narxiga kiritiladi. Havo, temir yo‘l, ichki
suvlar va umumiy foydalaniladigan avtomobil transportidan bepul
foydalanish huquqiga ega bo‘lgan yo‘lovchilar amaldagi qonunchilikka
muvofiq ravishda haq yoki sug‘urta to‘lovini to‘lamasdan majburiy
sug‘urta qilinadi.
Yo‘lovchilar biletlarni sotib olganlaridan keyin boshlang‘ich jo‘nash
punkti hududi (aeroport, vokzal, stansiya, pristan)da bo‘lgan vaqtidan
boshlab transport vositasi jadval bo‘yicha jo‘nab ketguniga qadar bir
soatdan ortiq bo‘lmagan vaqt qolganida sug‘urta qilingan hisoblanadi.
Yo‘lovchi aeroport, vokzal, pristan so‘nggi jo‘nash punkti hududidan
chiqib ketganidan keyin sug‘urta muddati tugaydi.
Sug‘urta qilingan yo‘lovchi transportdagi
baxtsiz hodisa natijasida
shikastlangan yoki umumiy mehnat qobiliyatini yo‘qotgan bo‘lsa, unga
turar joyidagi sug‘urta inspeksiyasi (sug‘urta organi) tomonidan sug‘urta
summasi to‘lanadi.
Sug‘urta to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha nizolar sug‘urta organlari
tomonidan bir oylik muddatda ko‘rib chiqiladi. Sug‘urtachining talablari
qondirilmagan holda, u sudga murojaat qilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi hududida transport vositalarini ishlatish
natijasida zarar yetkazilgan jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy
manfaatlarini himoyalash uchun 1995-yil 1-yanvardan boshlab
Dostları ilə paylaş: