O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   161
Moliya huquqi

O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
bajaradi. O‘zbekiston Respubli-
kasining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida» 
2003-yil 29-avgustdagi qonuni 7-moddasiga muvofiq u vazirliklar, davlat 
qo‘mitalari, idoralar va boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari 
faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasi davlat 
moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi organlar vakolati va funksiyalari 
tartibini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Muddati 
o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va 
budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komis-
siyasi, shuningdek Respublika pul-kredit siyosati komissiyasi tashkil 
etilgan bo‘lib, ularga davlat moliyaviy nazorati sohasida katta vakolatlar 
berilgan.
Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni 
qisqartirish va budjetga to‘
ɥɨɜɥɚɪ
intizomini mustahkamlash bo‘yicha 
Respublika komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq q
ɭɣɢɞɚɝɢɥɚɪ
uning asosiy vazifalari deb belgilangan: 
– iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida hisob-kitoblar mexanizmini 
takomillashtirish hamda barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda 
bank va moliya muassasalari tomonidan to‘lov intizomi va hisob-
kitoblarning o‘z vaqtida o‘tkazilishi, soliqlar 
ɜɚ
majburiy to‘lovlarning 


55
toto
ɥɢ
q to‘lanishi masalalari bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlari 
normalariga qat’iy rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash; 
– xo‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlari 
holatini tahlil qilish, korxonalar va tashkilotlarning muddati o‘tkazib 
yuborilgan qarzlari taqqoslanishini muntazam ravishda tashkil etish 
hamda ularni qisqartirish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni ishlab 
chiqish va ko‘rish; 
– xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan muddati o‘tkazib yubo-
rilgan debitorlik qarzlarning vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, aylanma 
mablag‘lardan oqilona foydalanish, ularning saqlanishini va o‘z vaqtida 
to‘ldirilishini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
farmonlari va Hukumat qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga 
oshirish; 
– amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq budjetga va davlat maqsadli 
fondlariga soliqlar va majburiy to‘lovlarning to‘liq undirilishini 
ta’minlash; 
– ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarning budjetdan va davlat 
maqsadli fondlaridan qarzlarini qisqartirish bo‘yicha takliflar ishlab 
chiqish va chora-tadbirlar ko‘rish.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin