56
Kengash tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
tasdiqlanadi. Kengash o‘z faoliyatini Respublika nazorat organlarining
faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi to‘g‘risidagi
nizomga asosan
amalga oshiradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarda
tegishli hududiy komissiyalar tuzilgan bo‘lib, ularning tarkibi Respublika
nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi tomonidan
tasdiqlanadi.
Kengash faoliyatining maqsadi, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar,
xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tartibga solish va
muvofiqlashtirish, ularning ish faoliyatiga nazorat organlari tomonidan
asossiz ravishda aralashishga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat.
Kengashning asosiy vazifalari:
– nazorat organlarining xo‘jalik yurituvchi subyektlar ish faoliyatini
tekshirish masalalari bo‘yicha faoliyatini
muvofiqlashtirish;
– xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ish faoliyati bo‘yicha o‘tka-
ziladigan tekshiruvlarning umumiy sonini qisqartirish;
– tekshiruvlar, shuningdek, nazorat organlarining faoliyatini qayta-
rishga yo‘l qo‘yuvchi kompleks tekshiruvlarning muvofiqlashtiruvchi
rejalarini ishlab chiqish;
– tekshiruvlar o‘tkazish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi rejalarga rioya
etilgan holda nazorat organlarining faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish va
Kengash bilan kelishilmay turib, rejadan
tashqari, qarshi tekshiruv va
nazorat tartibida tekshiruvlar o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
– tekshiruvlarni qisqartirish va takomillashtirish maqsadida ularni
tashkil etish tizimini tartibga solish yuzasidan
chora-tadbirlar ishlab
chiqish.
Kengash nazorat organlari tomonidan nazoratni tartibga solish
sohasidagi qonunchilikka qat’iy rioya etishi, xo‘jalik yurituvchi subyekt-
larning nazorat organlarining noqonuniy harakatlari ustidan tushgan
arizalarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqishi, ular yuzasidan
qarorlar qabul
qilishi hamda olib borilayogan ishlarning natijalari to‘g‘risida hukumatga
muntazam ravishda axborot berib turishi shart.
Davlat moliyaviy nazorati tizimida
Dostları ilə paylaş: