51
Yuridik adabiyotlarda moliyaviy nazoratning boshqa ta’riflari ham
berilgan bo‘lib, ular moliyaviy nazorat huquqiy mohiyatining yuqorida
qayd etilgan o‘ziga xos xususiyatlarini ta’kidlab o‘tadi. Lekin bu ta’riflar
nihoyatda katta bo‘lib, shu boisdan ularni tushunib olish qiyin, zeroki ular
bir xil ma’noga egadir.
Moliyaviy nazoratning maxsus o‘quv adabiyotlarida berilgan
yana bir
ta’rifi ustida alohida to‘xtalib o‘tish kerak. Xususan, moliyaviy nazorat
deganda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida davlat pul
mablag‘larini tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanish bo‘yicha
harakatlarning qonuniyligi va maqsadga muvofiqligi ustidan
o‘rnatiladigan nazorat tushuniladi. Mazkur ta’rif o‘zining qisqa, lo‘ndaligi
bilan boshqa ta’riflardan ajralib turadi, ammo shu bilan birga, u o‘z
mohiyati bilan unchalik to‘g‘ri emas. Bu qonuniylik va maqsadga
muvofiqlikning o‘zaro munosabati to‘g‘risidagi masalaga tegishlidir.
Adabiyotlarda haqqoniy ravishda qayd etilganidek, maqsadga
muvofiqlik shaxsga, jamiyatga va davlatga faqat shundagina
foyda
keltirishi mumkinki, agar u qonuniylikka zid bo‘lmasa. Maqsadga
muvofiqlikka faqat qonuniylik doirasidagina yo‘l qo‘yilishi mumkin. Shu
nuqtai nazardan qonuniylik va maqsadga muvofiqlikni bir-biriga qarama-
qarshi qo‘yish emas, balki ularning birligi haqida gapirish mumkin.
Amaliyotda an’anaviy ravishda tarkib topgan yondashuv nuqtai nazaridan
maqsadga muvofiqlik haqiqatan ham jamiyat foydasi uchun qonunlardan
har qanday chetga chiqish, hattoki eng kichik chetga chiqish uchun ham
huquq bermaydi. Bu holda maqsadga muvofiqlik qonunda
unga tegishli
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yo‘li bilan mustahkamlanishi kerak.
Moliyaviy nazorat bir qancha elementlardan tarkib topgan bo‘lib,
ularning majmui murakkab bo‘lgan maqsad tizimida ifodalanadi.
Moliyaviy nazorat tizimini quyidagi elementlar yoki tuzilmaviy
darajalarga ajratish to‘g‘ridir:
davlat nazorati, auditorlik nazorati
(uni
mustaqil nazorat deb ham atashadi),
ichki nazorat
(ya’ni xo‘jalik
subyektlari, tashkilotlar va muassasalar darajasida amalga oshiriladigan
nazorat).
Dostları ilə paylaş: