43
Moliyaviy faoliyat davlat hokimiyati yoki davlat boshqaruvini
amalga oshirish ko‘rinishida kechar ekan, ko‘rib chiqilayotgan jamoa
subyektlari doirasining o‘ziga xos xususiyati unda organlar, vakolat va
ijroiya hokimiyatining mavjudligi hisoblanadi. Vakolatli hokimiyat
organlari (Oliy Majlis, Xalq deputatlari kengashi) asosan budjet jarayoni
(budjetlarni va ularning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqish,
tasdiqlash) bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarda
moliya huquqining
jamoa subyektlari sifatida ishtirok etadi. Ammo boshqa nuqtai nazar
mavjud bo‘lib, unga asosan davlat vakolatli organlari ko‘rsatilgan
munosabatlarda moliya huquqining jamoa subyektlari sifatida emas, balki
davlat nomidan moliya huquqi subyektlari sifatida qatnashadi.
Masala bu tarzda qo‘yilganida, moliya huquqi jamoa subyektlari
sifatida boshqa davlat organlarini, xususan, ijroiya hokimiyati organlarini
ham tan olib bo‘lmaydi, ular budjet jarayoni bo‘yicha ushbu va boshqa
ko‘pgina munosabatlarda xuddi shu tarzda, o‘z nomidan emas, balki
davlat nomidan ishtirok etishadi. Mazkur holda davlat organlari (shu
jumladan vakolatli organlar)ni moliya huquqining jamoa subyektlariga
kiritish yoki kiritmaslik to‘g‘risidagi masala ular ishtirok etishi
mumkin
bo‘lgan huquqiy munosabatlarning xususiyatiga qarab emas, balki asosan
bunday subyektlar tushunchasining o‘zini belgilaydigan malaka belgi-
laridan kelib chiqqan holda hal qilinishi zarur.
Moliya huquqi jamoa subyektlarining eng ko‘p sonli guruhini ijroiya
hokimiyati davlat organlari tashkil etadi. Ular orasida umumiy vakolatga
ega bo‘lgan davlat organlari (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, davlat
hokimiyati mahalliy organlari), shuningdek, maxsus vakolatli organlar
(Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va boshq.) mavjud.
Moliya huquqi jamoa subyektlarining mustaqil guruhiga adabiyot-
larda Markaziy bankni kiritadilar va bunday yondashuv o‘zini to‘la
oqlaydi, bu uning huquqiy maqomining o‘ziga xos xususiyatlari bilan
bog‘liqdir: u ayni vaqtda maxsus vakolatga ega bo‘lgan davlat organi
hamda tijorat tashkiloti huquqlariga ega bo‘lgan yuridik shaxs ham
hisoblanadi.
Tashkilotlar (korxonalar, muassasalar)
moliya huquqining jamoa
subyektlari
sifatida, odatda, yuridik shaxs maqomiga ega. Ko‘p hollarda
tashkilotning bunday maqomi uni moliya huquqi subyekti deb tan olish
uchun asosiy belgi hisoblanadi. Masalan, respublika soliq qonunchiligi
bo‘yicha belgilangan barcha soliqlarni to‘lash bo‘yicha yuridik
44
majburiyat va huquqlar, jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan
soliqdan tashqari, ayni mana shu yuridik
shaxslarning zimmasiga
yuklanadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlanishi sharoitlarida moliya huquqining jamoa
subyektlari sifatida tashkilotlarning doirasi anchagina kengaydi. Agar
sobiq Ittifoq davlatida moliya huquqi subyektlari sifatida davlat va jamoa
xo‘jaligi – kooperativ mulkka asoslangan korxona va tashkilotlar mavjud
bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda mulkchilikning boshqa shakllaridagi ko‘p
sonli tashkilotlar, shu jumladan xususiy korxonalar ham yuzaga keldi.
Turli tashkiliy-huquqiy shakllardagi yuridik shaxslar: aksiyadorlik
jamiyatlari,
tijorat banklari, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari, ishlab
chiqarish kooperativlari,
unitar korxonalar, fermerlik xo‘jaliklari, jamoat
birlashmalari va jamg‘armalarning paydo bo‘lishi ham bu bilan bog‘liq.
Moliya huquqi barcha subyektlarining farqlanib turuvchi xususiyati
shundan iboratki, ularning moliyaviy-huquqiy subyektligi davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab yuzaga keladi.
Moliya huquqi jamoa subyektlari
sifatida ijtimoiy-madaniy,
ma’muriy-siyosiy va sud faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli davlat
organlari tomonidan tuziladigan
muassasalar
ham mavjud. Bunda ular
budjetdan ajratiladigan mablag‘larni olish va ulardan foydalanish hamda
shu munosabat bilan smeta jarayonida qatnashish bilan bog‘liq bo‘lgan
huquqiy munosabatlarda moliya huquqi subyektlari bo‘ladilar.
Moliya huquqining
Dostları ilə paylaş: