O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


 Moliyaviy-huquqiy munosabatlar subyektlarining



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   161
Moliya huquqi

4. Moliyaviy-huquqiy munosabatlar subyektlarining 
 huquqlarini himoya qilish 
Moliyaviy-huquqiy munosabatlar subyektlarining huquqlarini 
himoya qilish. 
Moliyaviy-huquqiy normalarda mustahkamlangan 
qoidalarga rioya etish, moliya huquqi subyektlarining huquqlarini 
ta’minlanishini anglatadi. Bu borada turli ko‘rinishlardagi ishontirish 
uslublari, birinchi galda tushuntiruv ishlarini olib borish keng 
qo‘llaniladi. Natijada mazkur qoidalar subyektlar tomonidan ixtiyoriy 
ravishda bajariladi. Agar davlat va mahalliy pul jamg‘armalarini tashkil 
etish, taqsimlash va foydalanish sohasidagi o‘rnatilgan qoidalar buzilsa, 
davlat majburlov choralari qo‘llaniladi. Davlat majburlov choralari 
moliyaviy munosabatlar-ni huquqiy tartibga solish mexanizmining 
ajralmas elementi bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, davlat 
majburlov choralari moliya huquqi subyektlarining huquq va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilishda yoki tiklashda muhim o‘rin egallaydi. Bu 
barcha subyektlar turlariga – davlat, ma’muriy-hududiy tuzilmalar, 
fuqarolar, davlat va mahalliy hokimiyat organlari, korxona, muassasa, 
tashkilotlarga taalluqlidir. 
Moliyaviy-huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchi subyektlarning 
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun ikki tartib: 
ma’muriy va sud tartibi qo‘llaniladi. Moliyaviy munosabatlar sohasida 
ular o‘ziga xos xususiyatlarga ega. 1990-yillarga qadar moliya huquqi 
subyektlarining huquqlarini himoya qilishning ma’muriy tartibi keng 
qo‘llanilgan. Sud tartibi esa asosan davlat manfaatlarini himoya qilishda, 
masalan, vaqtida to‘lanmagan soliqlarni undirishda qo‘llanilgan. 
Fuqarolar o‘z huquqlarini ma’muriy tartibda himoya qilishgan. 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishib, o‘zining huquqiy 
bazasini tashkil etgandan so‘ng, sud tartibini qo‘llash doirasini 


47
kengaytirdi. Lekin hozirgi vaqtda huquqni himoya qilishning yuqorida 
aytib o‘tilgan ikki tartibi ham moliyaviy munosabatlarda qo‘llaniladi.
Moliyaviy-huquqiy munosabat subyektlarining huquqlarini ma’muriy 
tartibda himoya qilish deganda, moliyaviy-huquqiy munosabat subyek-
tining huquqini yoki qonuniy manfaatlarini buzgan davlat organi yoki 
mansabdor shaxs xatti-harakati ustidan yuqori turuvchi davlat organiga 
yoki yuqori turuvchi mansabdor shaxsga murojaat qilish tushuniladi.
Nizoni ma’muriy tartibda hal etish, uning sudga yoki xo‘jalik sudiga 
murojaat etishini istisno etmaydi.
Moliyaviy-huquqiy munosabatlar subyektlarining huquqlari va 
qonuniy manfaatlarini sud tartibida himoya qilish O‘zbekiston Respub-
likasi Konstitutsiyasida va joriy qonunlarida huquqiy jihatdan mustah-
kamlangan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-
moddasiga binoan har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali 
himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashma-
larining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish 
huquqi kafolatlanadi. Bu konstitutsiyaviy norma O‘zbekiston Respub-
likasining 1995- yil 30-avgustda qabul qilingan «Fuqarolarning huquqlari 
va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga 
shikoyat qilish to‘g‘risida»gi qonunda yanada aniqlashtirilgan. 
Moliya huquqi subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini 
himoya qilishda (tiklashda) O‘zbekiston Respublikasining prokuratura 
organlari ham katta rol o‘ynaydi. Jumladan, amaldagi qonunchilikka 
binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi 
prokurorlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri – bu inson va 
fuqarolarni ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari va erkinliklarini 
muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan qonunlarning aniq va bir xilda 
ijro etilishi ustidan, shuningdek barcha idoralar, korxonalar, muassasalar, 
tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan qonunlarning 
ijro etilishini nazorat qiladi. Demak, prokuratura organlarining asosiy 
vazifalaridan biri – moliya qonunchiligi ijro etilishi ustidan nazorat olib 
borishdir. Bunda qonun buzilishi kim tomonidan – davlat hokimiyati yoki 
boshqaruvi organlari, moliya-kredit organlari, soliq to‘lovchilar va 
boshqalar tomonidan sodir etilganligining ahamiyati yo‘q. 
Moliya qonunchiligining bajarilishi sohasidagi vazifalarni bajarish 
uchun prokuratura organlari o‘z vakolatlari doirasida tekshiruvlar 
o‘tkazishlari mumkin. Bunday tekshiruvlar moliyaviy huquqbuzarlik 
bo‘yicha kelib tushgan ariza, shikoyat va boshqa ma’lumotlar asosida olib 


48
boriladi. Agar qonunchilik buzilishi aniqlangan bo‘lsa, u holda qonun 
buzilishini bartaraf etish bo‘yicha taqdimnoma kiritilishi; qonunga zid 
bo‘lgan normativ hujjatga nisbatan, ana shu hujjatni chiqargan organga 
yoki yuqori turuvchi organga protest keltirilishi; mansabdor shaxs yoki 
fuqaro tomonidan qonunning buzilishi mazmunidan kelib chiqqan holda 
jinoiy, ma’muriy yoki intizomiy ish qo‘zg‘atilishi mumkin.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan moliya huquqi subyektlarining huquqlarini 
himoya qilish choralari, birinchidan, ularning huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini davlat organlarining noqonuniy harakatlaridan himoya 
qiladi; ikkinchidan, davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning 
moliyaviy manfaatlarini ta’minlaydi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin