O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   161
Moliya huquqi

moliyaviy-huquqiy qobiliyatni
qonunda nazarda tutilgan moliyaviy huquq va majburiyatlarga ega bo‘lish 
qobiliyatini egallasalar, moliyaviy-huquqiy munosabatlar subyektlari 
bo‘ladilar. Lekin moliya huquqi subyektlari aniq moliyaviy-huquqiy 
munosabatlarda qatnashib, mazkur huquqiy munosabatlarning qatnash-


40
chisi bo‘lishi uchun buning o‘zi yetarli emas. Buning uchun yana bir shart 
mavjud bo‘lishi, ya’ni moliya huquqi subyektlarining 
moliyaviy yuridik 
salohiyati
moliyaviy huquq va majburiyatlarni mustaqil ravishda olish va 
amalga oshirish hamda noqonuniy harakatlar uchun javobgar bo‘lish 
qobiliyati talab qilinadi. Shunday qilib, moliya huquqi subyekti aniq 
moliyaviy-huquqiy munosabatlar qatnashchisi bo‘lishi uchun u 
moliyaviy-huquqiy subyektlikka 
ega bo‘lishi, ya’ni yuridik salohiyatga 
ega bo‘lishi kerak.
Amaliyotda ko‘pincha moliyaviy-huquqiy layoqat va yuridik 
salohiyatini aniq ajratish imkoniyati yo‘q, chunki ko‘p hollarda ular 
yagona moliyaviy- huquqiy maqom elementlari hisoblanadi. Masalan, bu 
davlat moliyaviy faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga tegishli bo‘lib, 
ular uchun huquqiy layoqat va yuridik salohiyat bir vaqtda, ya’ni ularning 
vakolati paydo bo‘lganidan boshlab to yuridik mustahkamlanguniga qadar 
mavjud bo‘ladi. Vakolatda ularning moliyaviy-huquqiy qobiliyati 
ifodalanadi. Ayni vaqtda unda ushbu organlarning moliyaviy-huquqiy 
munosabatlarda ishtirok etish bo‘yicha vakolatlari ham, ya’ni ularning 
yuridik salohiyati belgilanadi.
Ayrim hollarda huquqiy layoqat bilan yuridik salohiyat o‘rtasida juda 
aniq chegarani kuzatish ham mumkin, bu, xususan, ko‘pincha moliya 
huquqi subyektlari va moliyaviy-huquqiy munosabatlar qatnashchilari 
sifatidagi jismoniy shaxslarning moliyaviy-huquqiy maqomi uchun xos 
bo‘lgan xususiyatdir. Agar ularning moliyaviy-huquqiy qobiliyati 
tug‘ilgan vaqtdan boshlab yuzaga kelsa, yuridik salohiyati muayyan 
yoshga yetganida vujudga keladi.
Moliya huquqida an’anaviy ravishda moliya huquqi subyektlarining 
uchta asosiy guruhi ajratiladi:
a) ijtimoiy-hududiy tuzilmalar; 
b) jamoa subyektlari; 
d) individual subyektlar. 
Moliya huquqi subyektlari sifatidagi 
ijtimoiy-hududiy tuzilmalarga 
butun O‘zbekiston Respublikasi va uning ma’muriy-hududiy birliklari – 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar kiradi. 
Ushbu o‘rinda ular moliyaviy-huquqiy qobiliyat egalari hisoblanadi. 
Ammo aniq moliyaviy-huquqiy munosabatlarda ular bevosita ishtirok 
etmaydi. Moliya huquqi boshqa subyektlaridan, xususan, ushbu ikkala 
yuridik sifatlarni o‘zida uyg‘unlashtirgan fuqarolardan farqli ravishda, 
moliyaviy yuridik salohiyat ularning qonunchilik va ijroiya hokimiyatini 


41
namoyon etuvchi organlari ulushiga to‘g‘ri keladi. Umuman davlat va 
ko‘rsatilgan ma’muriy-hududiy birliklar moliya huquqi subyektlari 
sifatida ko‘proq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Budjet tizimi 
to‘g‘risida»gi va «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi qonunlarda 
mustahkamlangan budjet huquqiy munosabatlari sohasidagi vakolatlarini 
amalga oshirishda namoyon bo‘ladi. Shu tariqa aynan shu subyektlarga 
davlat va mahalliy budjet uchun huquq mustahkamlab berilgan 
(O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 100, 122-moddalari), shu 
munosabat bilan ular u yoki bu ijtimoiy-hududiy tuzilmani iqtisodiy va 
ijtimoiy rivojlantirish uchun tegishli budjet daromadlarini olish, 
taqsimlash va ulardan foydalanish bo‘yicha vakolatlarning butun bir 
majmuiga egadir. 
Ko‘rib chiqilayotgan ijtimoiy-hududiy tuzilmalar bir qancha boshqa 
huquqiy munosabatlarda ham moliya huquqi subyektlari bo‘ladi. 
Masalan, davlat maqsadli jamg‘armalari (Respublika yo‘l jamg‘armasi, 
Aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi jamg‘arma va boshq.) 
hamda valuta jamg‘armalari kabilarni shakllantirish va ulardan 
foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarda.
Ayrim huquqiy munosabatlarda moliya huquqi subyekti bo‘lib faqat 
davlatning o‘zi qatnashishi mumkin, bu ko‘pincha O‘zbekiston Respub-
likasining moliyaviy faoliyat sohasida o‘zining mustaqil huquqlarini 
amalga oshirishida yuz beradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi 
o‘zining mustaqil moliya va pul-kredit tizimiga (O‘zbekiston Respub-
likasi Konstitutsiyasining 122-moddasi), soliqlarni belgilash, davlat 
budjetini qabul qilish (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-
moddasi, 8–9-bandlar) huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi umuman 
bojxona va valuta ishlarini qonun yo‘li bilan tartibga solish, yagona soliq 
va bank tizimlarini belgilash bo‘yicha o‘z vakolatlariga nisbatan ham 
moliya huquqi subyekti deb tan olinishi kerak (O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 123–124-moddalari, 78-modda 7-bandi). 
Davlat davlat krediti sohasida ham moliya huquqi subyekti sifatida 
qatnashadi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 743-
moddasi mazmuni bilan belgilanadi, u davlat qarzi shartnomasi bo‘yicha 
qarzdor sifatida – davlat, qarz beruvchi sifatida esa, fuqaro yoki yuridik 
shaxs qatnashishini belgilaydi. Davlat qarzi shartnomasi bo‘yicha javob-
garlik davlat zimmasidadir. U o‘zining fuqarolik-huquqiy majburiyatlari 
bo‘yicha o‘z tasarrufidagi mablag‘lari bilan javob beradi. 


42
Garchi davlat qarzlari ixtiyoriy bo‘lsa-da, misol uchun, Respublika 
ichki obligatsiyalarini chiqarish to‘g‘risidagi qaror Respublika Vazirlar 
Mahkamasi nomidan qabul qilinadi, unda obligatsiyalar emitenti, ularni 
chiqarish shartlari va joylashtirish tartibi bir tomonlama davlat-hokimiyat 
tartibida belgilanadi (Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risidagi 
qonun, 1993-yil, 2-sentabr, 5-modda). Shunday qilib, davlat qarzi 
bo‘yicha munosabatlarda moliya huquqi subyekti sifatida ishtirok etadi-
gan davlatsiz fuqarolik huquqining tegishli normasi amalga oshirilishi 
mumkin emas.
Davlat moliyaviy faoliyati sohasida tegishli vakolatlarga ega bo‘lgan 
ma’muriy-hududiy birliklarning o‘zi (Qoraqapog‘iston Respublikasi, 
viloyatlar, Toshkent shahri) ham moliya huquqi subyektlari bo‘lishi 
mumkin. Xususan, Soliq kodeksining 7-moddasi Qoraqapog‘iston 
Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining 
o‘z hududida mahalliy soliq va yig‘imlarning ayrim turlarini kiritish, 
shuningdek, ularning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan belgilangan chegara miqdorlaridan kelib chiqqan holda, ushbu 
soliqlar bo‘yicha aniq stavkalarni nazarda tutish huquqini mustahkamlab 
beradi.
Moliya huquqi subyektlari sifatidagi ijtimoiy-hududiy tuzilmalar 
qatoriga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish hududiy birliklari – 
qishloqlar, ovullar, aholi punktlari va mahallalar ham kiradi. Moliya 
huquqi subyektlari sifatida ular, masalan, ikki yoshgacha farzandlari 
bo‘lib, ishlamaydigan onalarga ushbu maqsadlar uchun ajratilgan davlat 
budjeti mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda to‘lovlar belgilash va 
to‘lash bo‘yicha vakolatlarini amalga oshirish vaqtida qatnashadilar.
Moliya huquqining 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin